2. KRISTALLARDAGI ATOMLARNING BOG’LANISh
TURLARI
Tayanch so’zlar:
Valent elektronlar, kimyoviy bog’lanish, fizikaviy bog’lanish, domenlar, atom,
molekula, kristall panjara, tugunlararo atom, atom yadrosi, elektron, neytron,
proton.
2.1. Kristall tuzilish.
Yuzalar ma’lum bir usullar bilan kimyoviy toza va yuqori darajada
silliqlangan holga keltirilmasa, bu yuzalardan olingan ma’lumotlar noto’g’ri
talqin qilinishi mumkin. "Yuzani tayyorlash" deganda quyidagi 3 ta kattalikni
imkoni boricha ideal holatga yaqinlashtirish tushuniladi.
Bunda qattiq jism yuzasidagi har qanday chetki aralashmalarni yo’qotishga
harakat qilinadi; lekin bizga ma’lumki, adsorbstiya hisobiga yoki qattiq jism
tarkibida ozgina miqdorda bo’lsa ham aralashmalarning mavjudligi tufayli chetki
(begona) element atomlaridan tamoman qutilib bo’lmaydi. Agar chetki
atomlarning konstentrastiyasi qattiq jism xossalari va xususiyatlariga ta’siri
sezilmaydigan darajada kichik bo’lsa, bunday yuzalar kimyoviy jihatdan ideal hol
ga yaqinroq deb qabul qilinadi. Umuman yuzada aktiv element atomlarning
miqdori 0,1% dan katta bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir.
Har qanday yuza o’ta yuqori darajada silliqlangan bo’lsa ham ma’lum bir
notekisliklarga ega bo’ladi. Bu notekisliklar terrasalar, pog’onalar, vakant (bo’sh)
joylar, chetki atomlar va boshqalarning yuzada mavjudligi tufayli vujudga keladi.
Yuzalarni silliqlash uchun turli xil usullar qo’llaniladi. Agar bu notekisliklarning
kattaligi 5 – 6 Å dan katta bo’lmasa, bu yuza ideal holga yaqin qilib silliqlangan
deb tushuniladi.
Relaksastiya va rekonstrukstiya hisobiga yuza qatlamlarining kristall tuzilishi
hajmnikidan farqqiladi. Umuman olganda, yuzaning kristall panjarasini va bu
panjara parametrlarini hajmniki bilan bir xil qilish ideal toza jismlar uchun deyarli
mumkin emas. Yuzada kristall tuzilishi saqlansava uyuzaning barcha
Dostları ilə paylaş: