maydonlarida bir xil bo’lsa, bunday yuzani kristall tuzilishi jihatidan idealga
yaqin deb qarash mumkin. Umuman, idealga yaqin yuzalar hosil qilish uchun
dastlab quyidagi usullardan foydalaniladi:
a) kristallarni tabiiy o’stirish. Ammo bu usul juda kam qo’llaniladi.
b) kristallarni yuqori vakuum sharoitida kerakli yo’nalish bo’yicha sindirish.
v) kristallarni kerakli yo’nalish bo’ylab kesish. Bu usulda yuza juda qattiq
deformastiyaga uchraydi va yuzaga har xil chetki atomlar kelib o’tirishi mumkin;
shuning uchun ularni silliqlash va tozalash uchun maxsus usullar ishlatiladi.
g) maxsus tayyorlangan asoslar yuzida epitaksial plyonkalar hosil qilish.
Epitaksial plyonkalar juda yuqori vakuum sharoitida (R
10
-8
Pa) katta
aniqlik bilan hosil qilinadi. Bunday plyonkalarning kimyoviy tozaligi, kristall
tuzilishi, yuzasining silliqligi yuqori darajada bo’lganligi uchun ular keyingi
paytda mikroelektronikada keng qo’llanilmoqda.
Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga juda yaqin joylashgan (1 – 5 Å) bo’lib,
ular ma’lum bir kuch bilan tutilib turadi. Umuman qattiq jism vujudga kelishida
atomlarning valent elektronlari asosiy rolni o’ynaydi. Bitta atom valent
elektronining boshqa atom valent elektroni bilan qanday munosabatda bo’lishiga
qarab har xil bog’lanishlar mavjud bo’ladi. Bunday bog’lanishlarni qattiq jism
uchun 4 ta turga ajratish mumkin: ionli bog’lanishlar; metall bog’lanishlar;
Dostları ilə paylaş: |