A. Navoiy o’zbek adabiy tilining asoschilaridan biri



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə3/4
tarix25.11.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#70588
1   2   3   4

 Navoiy ikki tilni – o’zbek va fors (tojik) tillarini qiyoslar ekan, birining ahamiyatini kamaytirib yoki rad etib, ikkinchisining ahamiyatini bo’rttirib ko’rsatmaydi, bu sohada hech qanday mubolag’aga yo’l qo’ymaydi, aksincha, ularning har birini o’z holicha olib qaraydi. Boy materiallarga asoslangan holda o’zbek tilining fors tili bilan teng huquqligi va go’zalligini, ayrim hollarda esa bu tomonlarning ustunligini isbotlab ko’rsatadi. 

  • Navoiy o’zbek tilida 100 ta fe`lni yuzaga kelishi sabablarini ko’rsatadi va ularning tahlilini beradi. Bunday fe`llarning ko’plari fors tilida uchramasligini qayd etadi, u qator fe`llardagi sinonimlarni misol keltiradi. Navoiy asarlari tilini singormonizmsiz shevalarga asoslangan deb qaraydi. E.D.Polivanov esa uning asarlari O’rta Osiyo tilida yozilganligini qayd etadi
  • Alisher Navoiy aniq bir dialektga asoslanib ish ko’rmagan. U o’zbek dialekt va shevalarida ko’p va keng qo’llanuvchilik xarakterli xususiyatlarni tanlab olib, o’zbek adabiy tilini taraqqiy ettirish uchun qizg’in kurash olib bordi. Navoiy asarlarida qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi va qisman qipchoq shevalari xususiyati mavjuddir

15-asr o’zbek adabiy tilida ham bo’g’in hosil qilish unli tovushlar hisoblangan. Bo’g’in unli bilan boshlanishi, ya`ni to’siqsiz bo’lishi yoki undosh bilan boshlanib, to’siqli bo’lishi mumkin. Bo’g’in boshida ikki undosh qator kelmaydi, ya`ni bo’g’in faqat bir undosh bilan to’siladi. Yana bo’g’in unli bilan tugashi, ya`ni ochiq bo’lishi, yoxud undosh bilan tugashi, ya`ni yopiq bo’lishi mumkin.

Vokalizm Navoiy tilida uning o’zining «Muhokamat ul-lug’atayn»dagi ma`lumotiga ko’ra, to’qqiz unli fonema mavjuddir.

i-i, e-a, y-u, ө-o va e.

«I» fonemasi. Ma`lumki, hozirgi o’zbek adabiy tilidagi «i» fonemasi qadimgi turk tilida va hozirgi jilovchi hamda singormanizmli yilovchi o’zbek shevalarida ikki mustaqil «i» va «i» fonemalaridan iborat. Navoiy i tovushi borligi haqida gapirmaydi. Demak, qadimgi turk tilidagi i-i fonemalari o’zbek adabiy tilida 15-asrdayoq birlashib bir I fonemasiga aylana boshlagan.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin