A. Navoiy o’zbek adabiy tilining asoschilaridan biri



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə4/4
tarix25.11.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#70588
1   2   3   4

«E» fonemasi. Bu fonema qadimgi turk tilidagi til oldi «ә»sining torayishi natijasida vujudga kelgan, qadimgi turk tilidagi kәldi, sәkiz, әr kabi so’zlarning hammasi birinchi bo’g’indagi ә, 15-asrda «e»ga aylanganini ko’ramiz, ә turkiy so’zlarning affikslarida saqlangan bo’lsa ham, turkiy so’zlar uchun fonemaning kuchli pozitsiyasi o’zak, ya`ni birinchi bo’g’in hisoblanganligi uchun, a tovushning varianti deb hisoblash kerak.

«A» - fonemasi. Tojik tilidan o’zbekchaga yor, bozor, qamar, samar kabi tojik va arab so’zlaridan o’tib, turkiy so’zlardagi «ә» fonemasi «e»ga aylangandan keyin turkiy so’zlardagi hamda tojik va arab so’zlaridagi a dan hosil bo’lgan, «o» bilan «u»ga qarama-qarshi turuvchi tovushdir.

O-e va y-u fonemalari. Bu fonemalarning 15-asr o’zbek adabiy tilida mavjudligi shubhasizdir. Chunki Navoiy ot(olov)dan өt (o’tmoq dan buyruq)ni farqlaydi.

O-e va y-u fonemalari. Bu fonemalarning 15-asr o’zbek adabiy tilida mavjudligi shubhasizdir. Chunki Navoiy ot(olov)dan өt (o’tmoq dan buyruq)ni farqlaydi.

Konsonantizm Navoiy tilida 25 ta undosh fonema bor: b, p, f, v, m, t, d, s, n, r, l, sh, j, j, ch, l, g, q, g’, ng, i, x, h, (ع).

Navoiy tilidagi qaror, sangar kabi so’zlar oxiridagi r hozirgi zamon o’zbek tilida dissimilyatsiyaga uchrab, i ga aylangan: qoray, sarg’ay.

Navoiy tilida ham singarmonizm qonunlari mavjud. Navoiy «Xamsa» sining Abdujamil nusxasi bizni singarmonizmning har uchala qonuni, ya`ni unlilardagi tanglay uyg’unligi, lab uyg’unligi, hamda undoshlardagi jaranglilik va jarangsizlik uyg’unligi bor, degan xulosaga olib keladi.

Bundan tashqari Navoiy tilning morfologik xususiyatlari haqida ham gapirib o’tadi. Navoiy tilidagi so’zlarni xuddi hozirgi zamon o’zbek tilidagi kabi dastlab ikki katta morfologik guruhga, ya`ni mustaqil va yordamchi so’zlarga, so’ngra mustaqil so’zlarni o’z navbatida ot, sifat, olmosh, son, fe`l, ravish turkumlariga, yordamchi so’zlarni esa ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalarga bo’lish mumkin.

1) Atoqlilik va turdoshlik

2) Kishilik va nokishilik

3) Holat

4) Ko’plik

5) Egalik

6) Kelishik

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. –Т.: «Фан», 1984.
  • 2. Дониёров Х., Йўлдошев Б. Адабий тил ва бадиий стил. – Тошкент: «Фан», 1988.
  • 3. Каримов С., Санақулов У. Ўзбек тилшунослиги масалалари. – Самарқанд, 2001.
  • 4. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи – Тошкент: «Ўзбекистон» 2002. 

E’tiboringiz uchun rahmat !


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin