A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
ekologiya.maruza

gomoyoterm
hayvonlar deyiladi. Tashqi muhitning ta`siriga ko`ra tana haroratini o`zgartiruvchi hayvonlar 
yoki boshqacha aytganda, doimiy qat`iy tana haroratiga ega bo`lmagan hayvonlar 
poykiloterm
hayvonlar deyiladi. Oraliq guruhga kiruvchi hayvonlar esa 
geterotermlar
deyiladi. Bu guruhga 
kiruvchi hayvonlarning tanasi aktiv harakatda bo`lganda gomoyterm hisoblanadi. Uyquga ketgan 
vaqtda esa ularning tana harorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati yo`qoladi. 
Bunday hayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikanlar, ko`rshapalaklar, kolibrilar, olmaxonlar 
hamda shunga o`xshash boshqalar kiradi. 
O`simliklarda boradigan hayotiy jarayonlar haroratning minimal, optimal va maksimal 
ko`rsatkichlariga bog’liq. Masalan, fotosintez jarayoni harorat har 10°S ko`tarilganda ikki marta 
ortadi. Optimal harorat esa 30—35°S atrofida bo`ladi. Xuddi shuningdek, nafas olish ham 
o`zgaradi. Harorat o`simlikning ildiz orqali oziqlatsishiga ta`sir etadi. O`simlikning barcha 
rivojlanish bosqichlari ham ma`lum darajadagi harorat omili bilan bog’liqdir. YUqorida 
ta`kidlanganidek, barcha o`simliklarni haroratga bo`lgan munosabatiga ko`ra ikkita ekologik 
guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta`sirida yaxshi o`sib rivojlanadigan termofil 
o`simliklar va past harorat ta`sirida yashovchi psixrofil o`simliklar. Har ikki guruhga mansub 
o`simlik turlari o`ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o`simliklar hujayrasi 
issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir 
moylariga ega bo`lishi, o`zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim 
davrini o`tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o`simliklar sovuq sharoitni 
har xil holatlarda (ya`ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo-morfologik moslanish orqali 
o`tkazadi. Bunday, moslanishlarga poyasining er bag’irlab o`sishi, novdaning yotiq yo`nalishi, 
tuplanish bo`g’imi va ildiz bo`ynining er ostida joylanishi, xazonrezgilik, po`kak I qavatning 
yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo`lish kabilarni ko`rsatish mumkin. Shunday 
qilib 
o`simliklarni past haroratga bo`lgan munosabati yoki maslanishiga ko`ra uch guruhga bo`lish 
mumkin: 
1.Salqinga chidamsiz o`simliklar
. Tropik zonada o`suvchi barcha o`simliklarni shu 
guruhga kiritish mumkin. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin