A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116
ekologiya.maruza

Mezofitlar- 
o`rtacha namlik sharoitida yashovchi o`simliklar hisoblanadi. Bu ekologik 
guruhga ko`pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o`simliklar kiradi. Mezofit o`simliklarning ildiz 
tizimi odatda yaxshi rivojlangan, barglari ko`pincha yirik, yassi, yumshoq, etsiz, to`qimalari 
o`rtacha rivojlangan bo`ladi. Bargining eti ikki xil to`qimaga ajralgan. Barglar ko`pincha tuksiz, 
og’izchalari odatda bargning ostki tomonida joylashgan. Suv sarfi og’izchalar orqali 
boshqariladi., Hujayra shirasining osmotik bosimi 2-10

2,5-10

ga. 
Kserofitlar
qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan o`simliklardir. Ular dasht, cho`l 
va chala cho`l zonalarida keng tarqalgan. Kserofitlar o`z navbatida ikki guruhga ajraladi: 
sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar qurg’oqchilikka chidamli, ko`p yillik, dag’al, ko`pincha 
barglari reduktsiyalashgan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan, qalin kutikula qavatiga ega 
va yaxshi rivojlangan mexanik to`qima bo`ladi. Ularga sak-sovullar, yantoq, chalov, shuvoq, 
betaga va boshqalar kiradi. O`rta Osiyoning qumli cho`llarida o`suvchi turlar o`z tanasidagi 
umumiy suv miqdorini 50% gacha kamaytirishi mumkin. Bu xususiyat tsitoplazmaning kolloid 
kimyoviy xossalariga bog’liq ravishda tushuntiriladi. Hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori 
—4-10
6
— 6-10
5
Pa. Ildiz tizimi xilma-xil, er ustki organlari er ostki organlariga nisbatan bir 
necha marta kichik (masalan,yantoqda 30 : 1), poyalari yog’ochlashgan. Suvni nihoyatda tejab 
sarflaydi hamda ba`zi bir turlar yozgi tinim davrini o`tkazgan holda noqulay sharoitga 
moslashgan. Suk-kulentlar — tanasi sersuv, etli, ko`p yillik o`simliklardir. Ular bargida yoki 
poyasida suvni jamg’arishi mumkin. Har ikki holatda ham ularda quyidagi moslanish belgilarini 
ko`rish mumkin: barg va poyalari odatda tuksiz, epiderma, kutikula va mum qavatlari qalin, ildiz 
tizimi tuprog’ining yuzasida joylashadi, osmotik bosimi past (3-10
5
—8-Yu
5
Pa), suvni nihoyatda 
tejab sarflaydi, o`ziga xos modda almashinish tipiga ega, bargning et qismi ikki xil to`qimaga 
ajralgan va suv jamg’aruvchi parenxima hujayralar bilan o`ralgan. Ba`zi bir kaktuslar tanasida 1-
3 tonnagacha suv saqlashi mumkin. 


Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim rol’ o`ynaydi. Umuman hayvonlar 
suvga bo`lgan talabini uch xil yo`l bilan qondiradi: 1. Bevosita suv ichish orqali. 2. O`simliklar 
bilan ovqatlanish orqali. 3. Metabolizm hodisasi, ya`ni tanasidagi moylar, oqsillar va karbon 
suvlarining parchalanishi orqali. 
Suvni bug’lantirish esa asosan nafas olish, terlash va siydik yo`li orqali bajariladi. Issiq 
kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni haddan tashqari ko`p sarflashlari mumkin. Masalan, kishilar 
yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni terlash orqali sarflashi mumkin. Antilopalar, 
yo`lbarslar, jayronlar, fillar, sherlar, gienalar har kuni suv izlab uzoq masofali yo`l bosadilar. 
Ular.uchun ovqat tarkibidagi suv etarli bo`lmaydi. Ba`zi hayvonlar esa shu ozuqa tarkibidagi suv 
bilan qonoatlanishga moslashgan. Bunday moslanishlar ham odatda uch xil bo`ladi: yurish-turish 
harakati orqali, morfologik va fiziologik moslanish. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin