rivojlanganligi, tsitoplazmaning yuqori kontsentratsiyaga chidamliligi, yuqori osmotik bosim
hosil qilishi, ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida tashqariga chiqarib yuborish kabi
moslanish xususiyatlari xosdir. Qumli tuproqlarda
psammofitlar
deb atalgan o`simliklarning
ekologik guruhi tarqalgan. Psammofit o`simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki
odatda
reduktsiyalashgan, meva va urug’lari qumda o`rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va
sharsimon ko`rinishda bo`ladi. Tuproqning ma`lum kimyoviy elementlarga boyligini
ko`rsatuvchi o`simliklar
indikator
turlar deyiladi. Masalan, plauts
alyuminiyga boy tuproqlarda,
astragal selenli, itqo`noq ruxli, shuvoq, oddiy qarag’ay va makkajo`xorilar oltinga boy bo`lgan
tuproqlarda o`sadi.
Tuproqda bakteriyalar, zamburug’lardan tashqari sodda hayvonlar, chuvalchanglar va
bo`g’im oyoqlilar keng tarqalgan. Masalan, ishlov beriladigan tuproqlarda gektariga taxminan
350 kg yomg’ir chuvalchanglari to`g’ri keladi. Yuqori agrotexnika qoidalariga amal qilingan
erlarda esa ularning miqdori bir tonnagacha boradi. Ularning bir yil davomida
ovqat hazm qilish
tizimidan o`tkazgan tuprog’i gektariga 12 tonnadan 100 tonnagacha yoki 7 mm qalinlikdagi
tuproqni tashkil etadi. Tuproq zarrachalarining donadorligi ham hayvonlar uchun ekologik
ahamiyatga ega. Ba`zi hayvonlar tuproqni kovlab hayot kechiradi. Hasharotlarning lichinkalari
toshloqli tuproqlarda yashay olmaydi. Kovlash xususiyatiga zga bo`lgan pardaqanotlilar
tuxumlarini er ostki bo`shliqlarga, ko`pchilik chigirtkalar ham tuxumini g’ovak tuproqqa
qo`yishga moslashgan. Dengizdagi qumlarda turbellariyalar, halqali chuvalchanglar va
qisqichbaqasimonlarning bir necha turkumlari tarqalgan. Ular tanasining shakli cho`zinchoq va
qum zarrachalari orasini oson yorib o`tadi. Ko`pchilik dengiz qirg’og’ida
yashovchi hayvonlar
suvning ko`tarilib va pasayib turishiga moslashgan holda ma`lum o`lchamdagi qumlar ostida
yashaydilar. Tuproq ostida yashovchi hayvonlar uchun yorug’likning ahamiyati uncha katta
emas. Tuproqning chuqur qatlamlarida harorat ham o`zgarmaydi. Kislorodning miqdori esa
kamayib, SO
2
ortib boradi. Tuproq namligi o`simliklar uchungina ahamiyatga ega emas,
balki
hayvonlar orasida ham tuproq qurg’oqchiligiga chidamsiz turlar uchratiladi. Ularga yomg’ir
chuvalchanglari va termitlarni ko`rsatish mumkin. Qumli tuproqlarda yashovchi hayvonlar
qumning ostiga tezda kirib ketish xususiyatiga ega bo`ladi. Psammofil hayvonlarninr panjalarida
har xil o`simtalar, tuklar yoki muguz pardalar bo`lib, ularning yuzasini oshiradi. SHu bilan birga
tuproq
qatlamida harakat qilishga, uya qurishga ham yordam beradi. Ilonlar, kaltakesaklar, ba`zi
hasharotlar qum ostida anchagina masofalarga ko`chib yurishi mumkin.
Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham bir oz to`xtalib o`tadigan bo`lsak,
quyidagilarni ta`kidlash zarur bo`ladi. Erdan oqilona foydalanmaslik oqibatida tuproqning
ekologik holati ancha buzilgan. Ayniqsa, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan erlarda tuproqning
holati nochordir. Masalan, respublikamizning qishloq xo`jaligi sohasida 70 xilga yaqin turli
kimyoviy moddalar ishlatib kelindi. 1989 yilda har gektar erga solingan kimyoviy dorilar 19,5 kg
(ayrim viloyatlarda hatto 40—45 kg)ni tashkil etdi. Yiliga har gektar erga 400-500
kilogrammgacha mineral o`g’it solindi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, fosfor o`g’iti bilan
birgalikda
tuproqqa ftor, uran, toriy,og’ir metall tuzlari ham o`tgan. Ammo tuproqni bunday
kimyoviy dorilardan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat kooperatorlar,
ijarachilar, xo`jalik rahbarlari va umuman dehqonlarimizning haligacha yuqori dehqonchilik
madaniyatiga ega emasliklari ahvolni yanada og’irlashtirmoqda. Zararkunanda va hasharotlarga
sepiladigan dorilarning atigi 1 foizigina foydali ta`sir ko`rsatadi, qolgan 99 foizi tuproq, suv,
o`simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib ketadi. Natijada tuproqdagi
foydali
jonivorlar ko`plab qiriladi, insonlar salomatligiga katta putur etadi. Ana shunday vaziyat yuz
berganda yana
tabiatni, jumladan, tuproqni muhofaza qilish dolzarb muammolar qatoridan joy
oladi.
Dostları ilə paylaş: