A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Tuproqning muhit sifatidagi ahamiyati



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
ekologiya.maruza

Tuproqning muhit sifatidagi ahamiyati. 
Tuproq suv, havo va turli organizmlarning 
birgalikdagi ta`siri natijasida tog’ jinslarining tabiiy holda o`zgargan tashqi qatlamidir. 
Tuproqning muhit sifatida organizm uchun ko`rsatadigan asosiy xususiyat-lariga uning tabiiy va 
kimyoviy tarkibi hamda unda moddalarning aylanib turishi, ya`ni gazlar, suv, organik va mineral 
moddalarning ionlar holida aylanishlari kabilar kiradi. Shu bilan birga tuproqda yashovchi 
o`simlik va hayvon turlari uning tabiiy-kimyoviy xususiyatlarining o`zgarishiga ham sababchi 
bo`ladi. 
Turli mualliflarning har xil tipdagi tuproqlarda olib borgan tekshirishlari natijasida ularda 
uchraydigan organizmlarning biomassasi har bir gektar uchun kg hisobida quyidagicha miqdorda 
ekan: 
Bakteriyalar 
1000—7000 
Mikroskopik zamburug’lar 
200—1000 
Suvo`tlari 
10—300 
Sodda hayvonlar
5—10 
Bo`g’imoyoqlilar
1000 
Yomg’ir chuvalchanglari
350—1000 
Son jihatidan oladigan bo`lsak, o`rtacha 1 m
2
tuproq yuzasida 100 mlrd.dan ortiq sodda 
hayvonlar, millionlab kolovratkalar, o`n millionlab nematodlar, o`n va yuz minglab hasharotlar 
va boshqa umurtqasiz hayvonlar uchraydi. Tuproqda yashovchi organizmlar uchun ayniqsa 
uning chuqurligi, tuproq zarrachalarining o`lchami kabilar katta ekologik ahamiyatga ega. 
Bulardan tashqari albatta tuproqning namligi, aeratsiyasi, tuproq haroratining o`zgarishi kabilar 
unda yashovchi organizmlarning tarqalishida muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi muhitning 
o`zgarishi organizmlarning bir qatlamdan ikkinchi qatlamga ko`chib o`tishiga sabab bo`ladi. 
Undagi asosiy organik moddani o`simlik tashkil etadi. O`t o`simliklarning ildiz tizimlari 
tuproqda chirib gumus moddasini hosil qiladi, hayvonlar esa ularni maydalab kimyoviy 
o`zgarishga hamda ushbu organik qoldiqlarga tezda mikroorganizmlarning kelib hayot 
kechirishiga sharoit yaratib beradi. Tuproqdagi organizmlar har xil o`lchamga ega va turli muhit 
hosil qiladi. Shuning uchun tuproqda tarqalgan o`simlik va hayvonlar o`lchamiga qarab, ya`ni 
kichik o`lchamdagilar mikroflora va mikrofauna, (0,002-0,2 mm), o`rtacha kattalikdagi 
mezofauna (0,2-2,0 mm), makrofauna (2-20 mm) hamda megafauna (20-200 mm) kabi 
guruhlarga ajratiladi. Tuproq mikroflorasini tashkil etishda bakteriyalar, aktinomitsetlar, 
zamburug’lar va suvo`tlari ishtirok etadi. Xivchinlilar, yolg’on oyoqlilar, infuzoriyalar va 
boshqalar tuproq mikrofaunasi hisoblanadi. Ular tuproq zarrachalari yuzasida suv bilan to`lgan 
bo`shliqlarda yashaydi. 
Erkin kislorod bilan nafas yulib hayot kechirayotgan kolovratkalar, nematodlar, kanalar 
va boshqa ba`zi bir hasharotlar mezofauna deb qaralib, ular tuproq zarrachalari orasidagi 
bo`shliqlarda oyoqlari yordamida chuvalchangsimon harakatlanib yuradilar. enxittridlar, 
mollyuskalar, o`rgimchaklar, mokritsalar, juftoyoqlilar, qo`ng’izlar va ularning lichinkalari, ikki 
qanotlilarning lichinkalari va boshqalar hasharotlarga nisbatan kichikroq o`lchamga ega bo`lib, 
ular makrofauna guruhiga birlashtiriladi. Ularning harakatlanishi uchun tuproq ancha qarshilik 
ko`rsatadi. Shuning uchun ular tuproqni surib yoki o`ziga yo`l ochib harakatlanadi. Ular 
tanasining ko`ndalang kesimi nisbatan kichik, oson egilish va bukilish xususiyatiga ega. Tuproq 
zarrachalarni bunday hayvonlar tanasining bosimi yordamida surib qo`yishi mumkin. Bosh va 
dum qismlari, ingichkalashgan terisi cho`zilish xususiyatiga ega. 
Tuproq muhitiga moslashishda yana bir xususiyat ko`pchilik turlarning tuproqni kovlab 
harakat qilishidir. Megafauna guruhiga kiruvchi hayvonlar ancha yirik kovlovchilik xususiyatnga 
ega bo`lib, ular asosan umurtqali sut emizuvchilardan hamda yomg’ir chuvalchanglaridan iborat. 
Ularning tuzilishlarida tuproq ostida hayot kechirishga moslashgan bir necha xususiyatlarni 


ko`rish mumkin. Ko`rish organining yaxshi rivojlanmaganligi, qisqa va qalin junlar bilan 
qoplanishi, kuchli va yaxshi rivojlangan kovlovchi oyoqlar yoki tirnoqlarning bo`lishi ularning 
muhim xususiyatlaridandir. Tuproqda, yuqorida ko`rib o`tilgan ekologik guruhlardan tashqari, 
uya (in) qurib yashovchi ekologik guruhni ham ajratish mumkin. Ular tuproq muhitida 
ko`payadilar, dushmandan saqlanadilar, qishlab chiqadilar va dam oladilar. In qurib yashovchilar 
ham kovlovchi oyoqlarining yaxshi rivojlanganligi, bosh qismi ning kichik o`lchamliligi va 
boshqa moslanishlari bilan ajralib turadi. Shunday qlib tuproq tabiiy-tarixiy kelib chiqqan 
nihoyatda murakkab holdagi iqlim, o`simlik va hayvonlar hamda tuproq hosil qiluvchi ona jins 
bilan aloqa munosabatdagi jismdir. Uni tabiiy holatda saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin