O`simliklar orasida to`liq va chala parazitlar ajratiladi. Chirmovuq va shumg’iyalar to`liq
parazitlar hisoblansa, omela, pogremok, ochankalar chala parazit, ya`ni o`zi mustaqil holda
fotosintez qila oladi, ammo suv va mineral moddalarni xo`jayin o`simlikdan oladi. Parazitlar
o`ziga xos va o`ziga xos bo`lmagan guruhlarga ham ajratiladi. Birinchisi bitta xo`jayinga ega
bo`ladi. Ikkinchisi esa ko`pgina turlarni zararlashi mumkin. Odam askaridasi va shoxkuya
zamburug’lari o`ziga xos parazitlarga misol bo`lsa, iksodiy kanasi va un shudring zamburug’i
o`ziga xos bo`lmagan parazitlar hisoblanadi. Parazitlar bir, ikki va ko`p xo`jayinli bo`ladi.
Masalan, zang zamburug’i, bezgakni qo`zg’atuvchi plazmodiylar ikki xo`jayinli parazitlardir.
Antibioz hodisasi deyilganda bir organizm ajratgan zaharli moddaning ikkinchi
organizmga ta`sir etishi tushuniladi. Bunga misol qilib bakteriyalar, zamburug’lar va
aktinomitsetlarning
turli xil antibiotiklarni, gulli o`simliklarning esa gazsimon va suyuq holdagi
(kolin) antibiotik moddalarni ajratishini ko`rsatish mumkin. Bu moddalar ta`sirida o`sish
to`xtaydi. Bakteriyalarni qiradigan bunday moddalar
Dostları ilə paylaş: