4-MAVZU. EKOSISTEMALAR VA ULARNINING TABIATDAGI AHAMIYATI
EKOSISTEMALARDAGI BIOGEOKIMYOVIY SIKL TUSHUNCHASI VA
ULARNING TASHQI TA'SIRLARGA NISBATAN BARQARORLIGI.
BIOGEOTSENOZLAR.
Biotsenozlar. Ekosistemalar. Biogeotsenozalar. Ekologik nisha. Biotsenozlarda
populyatsiyalar sonining idora etilish. Energiya oqimi. Ekosistemalarning biologik
mahsuldorligi. Agroekosistemalar.
Sayyoradagi barcha o`simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydi. Jamoa
deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo`lgan bir guruh tirik organizmlarning muayyan
sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi. Bunda ular o`zaro munosabatda bo`ladilar. Muayyan
tuproq sharoitida o`simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning
birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o`simlik birgalikda qavm bo`lib
yashasa fitotsenoz (o`simliklar jamoasi) deyiladi. Xuddi shu singari faqat bir necha tur
hayvonlarning birgalikda qavm bo`lib yashashiga zootsenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi.
Tirik organizmlarning bir-birlariga o`zaro ta`siri muhitning biotik
omillari deb qaralsa,
ularning atrofini o`rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Ha-r bir
tur normal hayot kechirishi uchun u yakka holda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik
organizmlar bilan birgalikda hayot kechiradi.
Shunday qilib, biotsenoz (lotincha «bios» - hayot. «tsenoz» - umumiy) deyilganda bir xil
muhitga moslashib olgan va bir joyning o`zida birga yashaydigan barcha organizmlar
tushuniladi. Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo`lishi mumkin. Bunga oddiy lishaynnk
do`ngligidan tortib to o`rmon, dasht, cho`l va shunga o`xshash yirik landshaftlarni misol qilib
ko`rsatish mumkin. Kichik o`lchamdagi biotsenozlar (daraxt tanasi yoki bargidagi, botqoqlikdagi
moxlardan iborat do`ngliklar, chumolilar uyasi va boshqalar) uchun mikrojamoa biotsenotik
guruhlar kabi atamalar ishlatiladi. Er sharida turlicha yashash sharoitlari mavjud bo`lib, ular
ma`lum darajada ajratib olingan holda turlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganishda qo`l keladi.
Ana shunday yashash sharoitlari biotop deb ataladi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni
bir biotsenoz
uchun xos bo`lgan o`simlik va hayvon turlarining umumiy soni deyarli doimiy bo`lib, har xil
turdagi biotsenozlarda u keskin o`zgarib turadi. Nam tropik o`rmonlardagi biotsenozlar turlarga
boy hisoblansa, qurg’oqchil va sovuq hududlardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi. Maydon
birligiga to`g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to`yinganligi deb ataladi. U ham
turli biotsenozlarda turlar tarkibi kabi o`zgarib turadi. Har qanday biotsenoz ma`lum tarkibdagi
hukmronlik qiluvchi hayot shakllariga ega bo`ladi. Masalan, o`rmon biotsenozlarida fanerofitlar
hukmronlik qilsa, o`t o`simliklardan tashkil topgan biotsenozlarda gemikiriptofitlar, arid
(qurg’oqchil) viloyatlarda esa xamefitlar va terofitlar hukmronlik qiladi. Biotsenoz, sdatda
fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topadi. Biotsenoz va
u bilan
bog’langan biotopning chegaralari birinchi navbatda o`simlik qoplami o`zgarishi bilan
aniqlanadi. Shuning uchun ham biz quyida biotsenozning muhim tarkibiy qismi hisoblangan
fitotsenoz va uning ba`zi bir xususiyatlari haqida to`xtalib o`tamiz. Fitotsenoz yoki o`simliklar
jamoasi deyilganda Yer yuzining bir xildagi muayyan uchastkalarida qavm (guruh) bo`lib
yashayotgan tuban va yuksak o`simliklar yig’indisi tushuniladi. Ular o`zaro bir-birlari bilan
hamda yashash sharoitlari bilan aloqada bo`lib, natijada o`ziga xos maxsus muhitni hosil qiladi.
Har qanday o`simlik jamoasi (fitotsenoz) ham turlar tarkibi, turlar o`rtasidagi o`zaro miqdor va
sifat munosabatlari, qavatlik (yarus) gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot
shakllarining
xilma-xilligi, yashash joyining xarakteri va shunga o`xshash bir necha xususiyatlari
bilan tavsiflanadi va bir-biridan farqlanadi. Fitotsenozni hosil qilishda o`simliklar orasida son
jihatidan ko`pchilikni tashkil etuvchi yoki ko`zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur
odatda hukmron (yoki dominant) tur deyiladi. Demak, dominantlar yoki hukmron bo`lib
hisoblangan turlar miqdor jihatdan ko`p uchraydi va boshqa turlar orasida yaqqol ko`rinib turadi.
Ular asosan organik massa to`plovchi hamda fitotsenozning fonini (ko`rinishini) va xarakterini
belgilaydi. Dominant turlarga misol qilib qarag’ayzor o`rmonlaridagi oddiy qarag’ayni,
qoraqarag’ayzorlardagi qoraqarag’ayni, O`rta Osiyo tog’larining archazorlarida o`suvchi
archaning bir necha turlarini, sakoovulli cho`llarda esa saksovulni ko`rsatish mumkin. Jamoada
har qanday dominant turlar biotsenozga ta`sir etavermaydi. Ular orasida
edifikator turlar ajratilib,
jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo`lib, fitotsenozning
xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O`zbekistondagi qumli cho`llarda daraxt ko`rinishidagi
edifikator tur oq saksovuldir. Dashtlarda chim hosil qiluvchi chalov va betagalar, o`rmonlarda
esa oddiy qarag’ay, qoraqarag’ay, eman kabi daraxtlar edifikatorlar hisoblanadi. Ba`zi hollarda
hayvon turlari ham edifikator hisoblanishi mumkin. Masalan, katta maydonda tarqalgan, er
kovlovchi xususiyatga epa bo`lgan sug’urlar koloniyasi o`simliklarning o`sish sharoitiga,
mikroiqlimga va asosan landshaft xarakteriga katta ta`sir ko`rsatadi. Dominant turlarga nisbatan
ozroq miqdorda uchraydigan, ammo fitotsenozda ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan turlar
subdominant (ikkinchi hukmron) turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan tashqari
jamoa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham mavjud. Ular
komponentlar deyiladi Kam
sondagi va noyob turlar ham biotsenozning hayotida muhim rol’ o`ynaydi. Biotsenozdagi har bir
turning rolini aniqlashda ularning mo`lligi, uchrovchanligi va hukmronlik darajasi kabi miqdor
ko`rsatkichlar e`tiborga olinadi. Fitotsenozlarda mo`llik og’irlik, ball va o`simliklar soni bilan
ifodalanadi. Masalan, Toshkent atrofidagi efemerli cho`llarda 1 m
2
maydonda 5000 nusxadan
ortiq o`simlik ro`yxatga olingan bo`lib, 47 turdan iborat ekanligi aniqlangan. Og’irlik usuli
amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning hosildorligi
shunday usul bilan aniqlanadi. Uchrovchanlik darajasi biotsenozda turlarning tekis yoki notekis
tarqalganligini ifodalaydi. U umumiy namuna maydonchalar sonini tur
uchragan maydonchalar
soniga nisbatan hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Dominantlik darajasi ayni bir tur individlar
sonining ushbu guruhdagi umumiy soniga nisbatini bildiradi. Masalan, ma`lum maydonda 200 ta
qush ro`yxatga olingan bo`lsa, shulardan 80 tasi sayroqi qushlarni tashkil etadi. Demak, sayryuqi
qushlarning dominantlik darajasi 40% ga tengdir.
Biotsenozlarda bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi. Shunday qilib,
biotsenozdagi turlarni miqdor va sifat jihatdan xarakterlash natijasida uning turlar tarkibi haqida
ma`lum bir xulosaga kelish mumkin. Biotsenozning yuqorida ko`rsatib o`tilgan tuzilish
birliklaridan tashqari uning funktsional tuzilish birligi, ya`ni konsortsiyalar xarakterlidir.
Biotsenozlarning hosil bo`lishi va yashashi asosida muayyan (bironta) joydagi organizmlarning
o`zaro munosabati, ular o`rtasidagi aloqa yotadi. B. N. Beklemishev
bunday munosabatlarni
vositali va vositasiz turlararo munosabatlarga bo`lib ko`rsatadi. Jamoada har bir turning o`zaro
aloqasi, tashqi muhitga bo`lgan talabi va ta`siri shu turning ekologik o`rni yoki ekologik nshiasi
deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmning tabiatda egallagan o`rni deyilganda uning
hayot tarzi, oziqlanish usuli tushuniladi. V. N. Beklemishev tasnifotiga ko`ra bunday ekologik
o`rin (ekonisha) to`rt toifaga bo`linadi:
Dostları ilə paylaş: