Reja: 1.Ekologik tizimlar tuzilishini o`rganish.
2.. Samarqand sahridagi o`lkashunoslik muzeyiga sayohat
1. Ekologik tizim tushunchasi Yashash sharoiti oʻxshash va oʻzaro munosabati natijasida bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi har xil turga mansub boʻlgan birgalikda yashovchi organizmlar yigʻindisiga ekologik tizim deyiladi. Oʻrmon, choʻl, oʻtloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol boʻla oladi. Maʼlumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan; bunday uzviy bogʻlanishlar biotsenozlarni tashkil etadi. Biotsenoz-biogeotsenozning bir qismidir. Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan.
Biosenoz tuzilishi va tarkibi. «Biosenoz» atamasini 1877-yili nemis zoolog olimi Miyobus fanga kiritgan. Miyobus biosenozni quyidagicha taʼriflaydi, yaʼni:
1). Biosenozga maʼlum joyda uchraydigan mikro va makroskopik formalar, oʻsimlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi;
2). Biosenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bogʻlangan va bir-birlariga qaramdir;
3). Biosenoz tashqi muhit omillari taʼsiri ostida boʻladi;
4). Biosenoz vaqt boʻyicha doim turgʻun va bir xil holatda boʻladigan guruhlardan iborat boʻladi;
5). Biosenozni hosil ailuvchi vakillar oʻz joylarida, biosenoz ichida koʻpayish xususiyatlariga egadir. Hozirgi vaqtda Miyobus koʻrsatib oʻtgan biosenozning shu belgilari oʻzining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan. Fransuz ekologi R.Dajo fikricha biosenoz — bu tirik organizmlar guruhlari boʻlib, ular maʼlum turlar tarkibiga va ular bir-birlariga bogʻliq holda aniq makonni egallaydi. Biosenoz quruqlikda bir xil yashash joyi, muhiti hududini egallasa, suv muhitidagi biosenozlar suv havzalarining qismlari boʻyicha boʻlinadi, har qanday biosenoz va biotop (biologik organizmlar yashaydiganjoy) bilan dialektik birlik, yuqori darajada tuzilgan biogeosenozni hosil qiladi. Biogeosenoz turli katta-kichiklarda boʻladi va koʻp xil murakkabligi bilan farqlanadi. Masalan, oʻrmon, tundra, dasht, choʻl biogeosenozlari bir-birlaridan keskin farqlanadi. Biogeosenoz — bu biosenozlar va muhit omillarining yigʻindisi emas, balki tabiatning bir butunligi, sifat jihatdan moslashgan, oʻz holicha rivojlanuvchi va taʼsir qilish qonunlariga ega boʻlgan murakkab birlikdir.
Biosenoz oʻz navbatida quyidagi komponentlarga boʻlinadi: fitosenoz — oʻsimliklar, zoosenoz — hayvonlar, mikrosenoz — mikroorganizmlar guruhlari. Biosenoz va uning komponentlarini bir-biridan ajratib boʻlmaydi, ularni har xil tur hamda darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak. Hozirgi vaqtda sunʼiy, ikkilamchi agrobiogeosenozlar yoki agrosenozlar hosil boʻlgan, ular qishloq xoʻjaligining asosi boʻlib, oʻzlarining tarkibi, tuzilishi, muhit omillarining taʼsiri, oʻzgarishi va mahsuldorligi bilan tabiiy biosenozlardan tubdan farq qiladi. Tabiiy birliklar koʻpincha chegaralari aniq boʻlmasdan bir-birlariga qoʻshilib ketadi. Lekin shunga qaramasdan tabiatda har bir biologik guruhlar, biosenozning chegarasi bor, bu obektiv va real haqiqatdir. Biosenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur oʻrtasidagi koʻp biotik munosabatlar — ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz ichidagi hayotiy oʻrnini aniqlaydi.
"Biotsenoz" atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda, maʼlum territoriya uchastkalarni belgilash maqsadida ham ishlatiladi. Masalan, bugʻdoy dalasi biotsenozi, oʻtloq biotsenozi, oʻrmon biotsenozi, va hokazolar. Bunda, birga yashashga moslashgan oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar kompleksi hisobga olinadi.
Biotsenoz egallab turgan muhit biotop deb ataladi, biotop — biotsenozning yashash muhitidir (bu lotincha soʻz boʻlib, "bios" —hayot, "topos" — yashash joyi demakdir).
Yer yuzidagi biotsenozlar koʻp yarusli boʻlib, ular har xil balandliklarda, vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, oʻrmonlarda daraxtning ildizi va tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin:
1. Daraxtlar.
2. Butasimon oʻsimliklar va yosh daraxtlar.
3. Oʻtsimon oʻsimliklar va butachalar.
4. Moxlar.
Biotsenozdagi organizmlar bir—birlari bilan bogʻliq boʻladi. Bu bogʻlanishlar jamoadagi yashash sharoitini va ularning ovqatlanish yoʻllarini belgilaydi.