1. Ekologik tizim tushunchasi


Organizmlar orasidagi munosabatlar turlari



Yüklə 45,8 Kb.
səhifə2/4
tarix13.07.2023
ölçüsü45,8 Kb.
#136482
1   2   3   4
3- amaliyot

Organizmlar orasidagi munosabatlar turlari
Beklemishev V.N. klassifikatsiyasiga koʻra oʻzaro bevosita va bilvosita bogʻlangan organizmlar orasidagi munosabatlar toʻrt tipga boʻlinadi:
1.Trofik bogʻlanishlar bir tur ikkinchi tur bilan oziqlansa (bu tirik yoki oʻlik organizmlar qoldigʻi boʻlishi mumkin), hayoti davomida shu yoʻl bilan tayyorlangan mahsulotlardan oziqlanishda foydalaniladi. Masalan: ninachilar har xil hasharotlar bilan ovqatlanadi, asalarilar oʻsimliklarning gullaridan nektar oladi, (ular oʻsimliklar bilan bevosita munosabatda boʻladi), chunki oʻsimliklar asalarilarga ovqat tayyorlab beradi.
2.Topik bogʻlanishlar — bir organizm hayoti boshqa bir organizmning yashash sharoitidan kelib chiqadigan fizikaviy va kimyoviy oʻzgarishlarga sababchi boʻladi, Masalan: oʻsimliklar boshqa organizmlarga ularning hayot muhitni oʻzgartish orqali taʼsir koʻrsatadi.
Oʻsimliklar jamoasi yer yuzida issiqlikning taqsimlanishi va mikroiqlim shakllanishida muhim roʻl oʻynaydi.
Topik va trofik bogʻlanishlar biotsenoz hayotida katta roʻl oʻynaydi va biotsenoz hayotining asosini tashkil qiladi. Har xil organizmlar orasidagi bogʻlanishlar mana shu topik va trofik bogʻlanishlar orqali amalga oshadi va organizmlarning jamoada bogʻlanishiga sabab boʻladi.
3. Forik bogʻlanishlar — bir turning tarqalishida boshqa bir turning qatnashuvidir. Bunda asosiy roʻlni hayvonlar oʻynaydi. Hayvonlar yordamida oʻsimliklarning urugʻlari, sporalari va changlari tarqaladi.
Hayvonlar oʻsimliklar urugʻlarini passiv va aktiv yoʻllar orqali tarqatishi mumkin. Passiv yoʻl orqali tarqalishiga misol qilib hayvonlarning toʻsatdan oʻsimliklarga tegib ketishi va ularning urugʻlarini oʻziga yopishtirib olib beixtiyor tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan tukchali urugʻlarning oʻzoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi boʻladi.
Aktiv yoʻl bilan tarqatish — bu oʻsimlik urugʻlari va mevalarning hayvonlar tomonidan eyilishi, hazm boʻlmagan urugʻlarning chiqarishidir.
4.Fabrik bogʻlanishlarda bir tur baʼzan oʻz faoliyatlarida boshqa turlar qoldiqlarini ishlatadi. Masalan, qushlar oʻziga uya qurganda daraxtlarning mayinroq shoxchalarini, sut emizuvchilarning junini, oʻtlarni va barglarni ishlatadi.
Tinch yoki lentik suv havzasida 3 zonani ajratish mumkin:
1. Litoral zona — suvning chuqur boʻlmagan yorugʻlik suv tubigacha yetib boradigan qismi. Bu yerda yuksak oʻsimliklar va baʼzi bir suv oʻtlari uchraydi.
2. Limnik zona - suvga kam yirugʻlik tushadigan qism. Bu yerda biomassa toʻplanmaydi va uning tub qatlami kompentsiya gorizonti deb ataladi.
3. Profundal zona – bu joyga yorugʻlik tushmaydi.



Yüklə 45,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin