A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
ekologiya.maruza

SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
1. Populyatsiyalar ekologiyasi fanining predmeti vazifalarini tushuntiring. 
2. Turning populyatsion tuzilmasi nima? 
3. Hayvonlarning etologik(xulqiy) hatti-harakat tuzilmasini izohlang. 
4. Populyatsiyaning yosh tarkibini tushuntiring. 
5. Populyatsiyaning jinsiy tarkibi nima? 
6. Populyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlarini tushuntiring. 
7. Populyatsiya gemostazi deganda nimani tushunasiz? 


4-MAVZU. EKOSISTEMALAR VA ULARNINING TABIATDAGI AHAMIYATI 
EKOSISTEMALARDAGI BIOGEOKIMYOVIY SIKL TUSHUNCHASI VA 
ULARNING TASHQI TA'SIRLARGA NISBATAN BARQARORLIGI. 
BIOGEOTSENOZLAR. 
 Biotsenozlar. Ekosistemalar. Biogeotsenozalar. Ekologik nisha. Biotsenozlarda 
populyatsiyalar sonining idora etilish. Energiya oqimi. Ekosistemalarning biologik 
mahsuldorligi. Agroekosistemalar. 
Sayyoradagi barcha o`simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydi. Jamoa 
deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo`lgan bir guruh tirik organizmlarning muayyan 
sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi. Bunda ular o`zaro munosabatda bo`ladilar. Muayyan 
tuproq sharoitida o`simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning 
birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o`simlik birgalikda qavm bo`lib 
yashasa fitotsenoz (o`simliklar jamoasi) deyiladi. Xuddi shu singari faqat bir necha tur 
hayvonlarning birgalikda qavm bo`lib yashashiga zootsenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi. 
Tirik organizmlarning bir-birlariga o`zaro ta`siri muhitning biotik omillari deb qaralsa, 
ularning atrofini o`rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Ha-r bir 
tur normal hayot kechirishi uchun u yakka holda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik 
organizmlar bilan birgalikda hayot kechiradi. 
Shunday qilib, biotsenoz (lotincha «bios» - hayot. «tsenoz» - umumiy) deyilganda bir xil 
muhitga moslashib olgan va bir joyning o`zida birga yashaydigan barcha organizmlar 
tushuniladi. Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo`lishi mumkin. Bunga oddiy lishaynnk 
do`ngligidan tortib to o`rmon, dasht, cho`l va shunga o`xshash yirik landshaftlarni misol qilib 
ko`rsatish mumkin. Kichik o`lchamdagi biotsenozlar (daraxt tanasi yoki bargidagi, botqoqlikdagi 
moxlardan iborat do`ngliklar, chumolilar uyasi va boshqalar) uchun mikrojamoa biotsenotik 
guruhlar kabi atamalar ishlatiladi. Er sharida turlicha yashash sharoitlari mavjud bo`lib, ular 
ma`lum darajada ajratib olingan holda turlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganishda qo`l keladi. 
Ana shunday yashash sharoitlari biotop deb ataladi. 
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni bir biotsenoz 
uchun xos bo`lgan o`simlik va hayvon turlarining umumiy soni deyarli doimiy bo`lib, har xil 
turdagi biotsenozlarda u keskin o`zgarib turadi. Nam tropik o`rmonlardagi biotsenozlar turlarga 
boy hisoblansa, qurg’oqchil va sovuq hududlardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi. Maydon 
birligiga to`g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to`yinganligi deb ataladi. U ham 
turli biotsenozlarda turlar tarkibi kabi o`zgarib turadi. Har qanday biotsenoz ma`lum tarkibdagi 
hukmronlik qiluvchi hayot shakllariga ega bo`ladi. Masalan, o`rmon biotsenozlarida fanerofitlar 
hukmronlik qilsa, o`t o`simliklardan tashkil topgan biotsenozlarda gemikiriptofitlar, arid 
(qurg’oqchil) viloyatlarda esa xamefitlar va terofitlar hukmronlik qiladi. Biotsenoz, sdatda 
fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topadi. Biotsenoz va u bilan 
bog’langan biotopning chegaralari birinchi navbatda o`simlik qoplami o`zgarishi bilan 
aniqlanadi. Shuning uchun ham biz quyida biotsenozning muhim tarkibiy qismi hisoblangan 
fitotsenoz va uning ba`zi bir xususiyatlari haqida to`xtalib o`tamiz. Fitotsenoz yoki o`simliklar 
jamoasi deyilganda Yer yuzining bir xildagi muayyan uchastkalarida qavm (guruh) bo`lib 
yashayotgan tuban va yuksak o`simliklar yig’indisi tushuniladi. Ular o`zaro bir-birlari bilan 
hamda yashash sharoitlari bilan aloqada bo`lib, natijada o`ziga xos maxsus muhitni hosil qiladi. 
Har qanday o`simlik jamoasi (fitotsenoz) ham turlar tarkibi, turlar o`rtasidagi o`zaro miqdor va 
sifat munosabatlari, qavatlik (yarus) gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot 
shakllarining xilma-xilligi, yashash joyining xarakteri va shunga o`xshash bir necha xususiyatlari 
bilan tavsiflanadi va bir-biridan farqlanadi. Fitotsenozni hosil qilishda o`simliklar orasida son 
jihatidan ko`pchilikni tashkil etuvchi yoki ko`zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur 
odatda hukmron (yoki dominant) tur deyiladi. Demak, dominantlar yoki hukmron bo`lib 
hisoblangan turlar miqdor jihatdan ko`p uchraydi va boshqa turlar orasida yaqqol ko`rinib turadi. 
Ular asosan organik massa to`plovchi hamda fitotsenozning fonini (ko`rinishini) va xarakterini 
belgilaydi. Dominant turlarga misol qilib qarag’ayzor o`rmonlaridagi oddiy qarag’ayni, 


qoraqarag’ayzorlardagi qoraqarag’ayni, O`rta Osiyo tog’larining archazorlarida o`suvchi 
archaning bir necha turlarini, sakoovulli cho`llarda esa saksovulni ko`rsatish mumkin. Jamoada 
har qanday dominant turlar biotsenozga ta`sir etavermaydi. Ular orasida edifikator turlar ajratilib, 
jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo`lib, fitotsenozning 
xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O`zbekistondagi qumli cho`llarda daraxt ko`rinishidagi 
edifikator tur oq saksovuldir. Dashtlarda chim hosil qiluvchi chalov va betagalar, o`rmonlarda 
esa oddiy qarag’ay, qoraqarag’ay, eman kabi daraxtlar edifikatorlar hisoblanadi. Ba`zi hollarda 
hayvon turlari ham edifikator hisoblanishi mumkin. Masalan, katta maydonda tarqalgan, er 
kovlovchi xususiyatga epa bo`lgan sug’urlar koloniyasi o`simliklarning o`sish sharoitiga, 
mikroiqlimga va asosan landshaft xarakteriga katta ta`sir ko`rsatadi. Dominant turlarga nisbatan 
ozroq miqdorda uchraydigan, ammo fitotsenozda ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan turlar 
subdominant (ikkinchi hukmron) turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan tashqari 
jamoa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham mavjud. Ular komponentlar deyiladi Kam 
sondagi va noyob turlar ham biotsenozning hayotida muhim rol’ o`ynaydi. Biotsenozdagi har bir 
turning rolini aniqlashda ularning mo`lligi, uchrovchanligi va hukmronlik darajasi kabi miqdor 
ko`rsatkichlar e`tiborga olinadi. Fitotsenozlarda mo`llik og’irlik, ball va o`simliklar soni bilan 
ifodalanadi. Masalan, Toshkent atrofidagi efemerli cho`llarda 1 m
2
maydonda 5000 nusxadan 
ortiq o`simlik ro`yxatga olingan bo`lib, 47 turdan iborat ekanligi aniqlangan. Og’irlik usuli 
amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning hosildorligi 
shunday usul bilan aniqlanadi. Uchrovchanlik darajasi biotsenozda turlarning tekis yoki notekis 
tarqalganligini ifodalaydi. U umumiy namuna maydonchalar sonini tur uchragan maydonchalar 
soniga nisbatan hisoblash yo`li bilan aniqlanadi. Dominantlik darajasi ayni bir tur individlar 
sonining ushbu guruhdagi umumiy soniga nisbatini bildiradi. Masalan, ma`lum maydonda 200 ta 
qush ro`yxatga olingan bo`lsa, shulardan 80 tasi sayroqi qushlarni tashkil etadi. Demak, sayryuqi 
qushlarning dominantlik darajasi 40% ga tengdir.
Biotsenozlarda bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi. Shunday qilib, 
biotsenozdagi turlarni miqdor va sifat jihatdan xarakterlash natijasida uning turlar tarkibi haqida 
ma`lum bir xulosaga kelish mumkin. Biotsenozning yuqorida ko`rsatib o`tilgan tuzilish 
birliklaridan tashqari uning funktsional tuzilish birligi, ya`ni konsortsiyalar xarakterlidir. 
Biotsenozlarning hosil bo`lishi va yashashi asosida muayyan (bironta) joydagi organizmlarning 
o`zaro munosabati, ular o`rtasidagi aloqa yotadi. B. N. Beklemishev bunday munosabatlarni 
vositali va vositasiz turlararo munosabatlarga bo`lib ko`rsatadi. Jamoada har bir turning o`zaro 
aloqasi, tashqi muhitga bo`lgan talabi va ta`siri shu turning ekologik o`rni yoki ekologik nshiasi 
deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmning tabiatda egallagan o`rni deyilganda uning 
hayot tarzi, oziqlanish usuli tushuniladi. V. N. Beklemishev tasnifotiga ko`ra bunday ekologik 
o`rin (ekonisha) to`rt toifaga bo`linadi: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin