Populyatsiyaning gomeostazi. Populyatsiyaning son jihatdan bir me`yorda saqlanib
turilishi gomeostaz (grekcha «gomeo» - o`xshash, statis - holat) deyiladi. Populyatsiyaning
ushbu xususiyati asosida har bir individning, populyatsiyaning boshqa a`zolari ortishi yoki
kamayib ketishiga nisbagan fiziologik xususiyatlar (o`sishi, xulq-atvorining o`zgarishi) yotadi.
Populyatsiya gomeostazining mexanizmlari turning ekologik xususiyatlari, uning
harakatchanligi, yirtqich va parazitlar hamda omillarning ta`bir etish darajasiga bog’liq bo`ladi.
Populyatsiyaning zichligini boshqarish o`simliklarda hududni hisobga olgan holda vegetativ
quvvatni oshirishda namoyon bo`lsa, hayvonlarda esa ozuqa zahiralari cheklangan holatda ro`y
beradi. Ko`pchilik turlar populyatsiyasining o`sishini sekinlashtiruvchi mexanizmlardan biri
individlarning o`zaro kimyoviy ta`sir etishidir. Populyatsiyani son jihatidan cheklashning
ikkinchi ko`rinishi zichlik ortishi bilan fiziologik va xulqiy holatlarning o`zgarishidir. Bu o`z
navbatida yalpi ko`-chib ketish instinktlarini keltirib chiqaradi. Natijada o`troq hayot
kechirayotgan populyatsiyaning ko`pchilik qismi ushbu hududdan chiqib ketishga majbur
bo`ladi. Hayvonlardagi hudud bilan bog’liq xatti-harakatlar instinktlar tizimi sifatida kelib
chiqqan bo`lib, u populyatsiyaning ayni bir maydonda son jihatidan o`si-shini boshqarishning
samarali mexanizmlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Populyatsiya zichligining ortishi individning
tug’ilish va o`lish miqdorining pasayishya yoki ortishi kabi fiziologik o`zgarishlar bilan birga
borishi mumkin. Sutemizuvchi hayvonlardagi stress (qo`zg’alish) holati ham dastlab odamlar
uchun qo`llanilib, keyinchalik u hayvonlar uchun taalluqli ekanligi aniqlandi. Stress tashqi
muhitning har qanday salbiy ta`siriga javob tariqasida hamda populyatsiyatsing o`rtacha
zichligining o`zgarishidan kelib chiqadi.