A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


trofik, topik, forik va fabrik



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116
ekologiya.maruza

trofik, topik, forik va fabrik.
Trofik
aloqa bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida namoyon bo`ladi. Bunda o`lja 
o`lik yoki tirik holda emish bo`lishi mumkin. Masalan, buni ninachi uchun hasharotlarning 
emish bo`lishi, go`ng qo`ng’izning to`yoqli hayvonlar tezagi bilan oziqlanishi, asalarining 
asalshira bilan oziqlanishi kabi misollarda tushuntirish mumkin. 
Topik 
aloqa bir tur tomonidan ikkinchi turning yashash sharoiti o`zgartirilishida 
namoyon bo`ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o`rmondagi daraxtlar tomonidan 
shu erlarda o`suvchi o`tlar hayotiga ko`rsatiladigan ta`sirlarda bu yaqqol namoyon bo`ladi. 
Forik
aloqa bir turning tarqalishiga ikkinchi turning ta`sir etishida ko`rinadi. Ko`pgina 
hayvonlar tomonidan o`simlik urug’ va mevalarining tarqalishi bunga misoldir. Shunday 
tarqalish aktiv yoki passiv tarzda o`tishi mumkin. Bir turning o`ziga in qurishi uchun boshqa 
turning qoldiqlaridan foydalanishida 
fabrik
aloqa namoyon bo`ladi. Masalan, qushlar in qurish 
uchun daraxtlarning bargi, shoxchalarini tashib keladi, hayvonlarning jun va patlaridan 
foydalanib in quradi. 
Biotsenoz tuzilmasi. 
Biotsenoz ham xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda u tur, fazo va 
ekologik tuzilmalarga bo`lib o`rganiladi. 
Biotsenozning tur tuzilmasi
deyilganda biotsenozdagi 
turlarning xilma-xilligi, miqdori, ularning fenologik holati va hokazolar e`tiborga olinadi. Inson 


tomonidan bunyod qilingan bog’, poliz va boshqa ekinzorlarda birgalikda yashayotgan turlar 
yoki tabiiy zonalardagi (tundra, o`rmon, dasht, cho`l va boshqalar) tirik organizmlar jamoasi turli 
biotsenozlarga misol bo`ladi. Bunda biotsenozda qatnashayotgan har bir turning mo`lligi, 
uchrash darajasi, xo`jalik ahamiyati va boshqa qator masalalarga e`tibor beriladi. Son jihatdan 
ortiq va egallangan maydoni jihatidan ko`zga yaqqol tashlangan tur dominant (hukmron) tur 
hisoblanadi. Ammo barcha dominant turlar ham jamoada muhit hosil qilavermaydi. Qaysi tur 
etakchi bo`lsa va boshqa turlar uning ta`sirida yashasa bunday tur e

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin