orasida ildiz, barglarning to`qimalari bilan
oziqlanuvchi yoki gullari, mevalari, ildizdan ajralib
chiqadigan moddalar bilan oziqlanuvchi turlar bo`lishi mumkin. Har bir
ekonisha turlar tarkibi
xilma-xil bo`lgan organizmlar guruhini birlashtiradi. Masalan, ildiz bilan oziqlanuvchilarga
nematodlar, ba`zi bir qo`ng’izlarning lichinkalari kirsa, o`simlik shirasini so`ruvchi ekonishaga
esa o`simlik bitlari va qandalalar kiradi. YUqoridagi ekonishalar ham o`z navbatida mayda
birliklarga bo`linib ketishi mumkin.
Dashtlardagi biotsenozlarda ko`pchilik hayvonlar o`t o`simliklar bilan oziqlanadi. Bular
tuyoqlilar (otlar, qo`ylar, antilopalar, sayg’oqlar), kemiruvchilar, sug’urlar, yumronqoziqlar va
ko`pchilik sichqonsimonlardir. Ularning hammasi o`txo`r hayvonlar bo`lsada, doimo o`t
o`simliklar qoplamining turli qismlarini iste`mol qiladi. Masalan, to`yoqlilar bo`yi baland
to`yimli o`tlarni tanlab oladi, shu erning o`zida yashovchi sug’urlar tuyoqlilar iste`mol qilmagan
o`tlar bilan oziqlanadi. Yumronqoziq kabi bir oz kichikroq hayvonlar esa o`to`simliklar qoplami
ancha ezilgan
va tuyoqlilar, sug’urlardan qolgan o`tlarni yig’adi. Shunday qilib, jamoadagi
ushbu uch guruhdagi o`txo`r hayvonlar o`rtasida o`t o`simliklar biomassasidan foydalanish
tartibi va chegarasi kelishib olingan desak bo`ladi. Bu erda bir ekonisha ikkinchisini to`ldiradi,
natijada biomassadan to`liq foydalanish kuzatiladi. Tabiatda ba`zan turlarning bir ekonishadan
ikkinchisiga ko`chib o`tishi kuzatiladi. Bu hodisa biogeotsenozdagi sharoitning o`zgarishi bilan
bog’liq bo`lib, moslanish xarakteriga egadir.
Dostları ilə paylaş: