KIRISH
Kishilik jamiyati jadal rivojlanib borayotgan bir davrda tabiiy muvozanatni, ya`ni
ekologik holatni
yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish dunyo miqyosiga ega bo`lgan muammo
bo`lib qolmoqda. Inson tabiatning bir bo`lagi. SHuning
uchun tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklaridan rejali va samarali foydalanish insonlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Bundan ko`rinadiki, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni
kishilar baxt-saodati uchun
xizmat qildirish muhim ilmiy va ijtimoiy - iqtisodiy muammo bo`lib, uni hal etishda, ya`ni
tabiat
bilan jamiyat orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishda inson hayoti uchun va kelajak avlod
manfaatlarini ko`zlab optimallashtirishda tabiiy fanlarning ahamiyati kattadir. Tabiiy
boyliklarning xo`jalik muomalasiga kiritish va ulardan inson ehtiyojiga ko`proq sarf qilish
kuchaygan sari ming yillar davomida barqaror bo`lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson
bilan tabiat o`rtasidagi munosabat murakkablashib, joylarda ekologik holat keskinlashib
bormoqda.
Amaliy ahamiyatga ega bo`lgan bu muammolar bilan birga respublika
doirasidagi
ekologik muammolar ham mavjud. Ekosistemalarning turg’unligi va muvozanatini ekologik
idora etish ana shular jumlasidandir. O`rmonlar, o`tloqlar va suv havzalari, dasht, cho`l va
boshqa tabiiy ekosistemalarda o`simlik va hayvon turlari ozuqa zanjirlari orasidagi munosabatlar
ob-havo sharoitini, yirtqichlar, parazit hasharotlar va kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlar
muvozanatni saqlab turadi. Demak, har qanday jamoada mutlaqo zararli va ortiqcha turlar yo`q.
Hamma turlar o`ziga xos vazifani ado etadi. ekosistemada birga yashaydigan turlar soni o`z-
o`zidan boshqariladi. Turlar bir-biriga qancha ko`p moslashgan bo`lsa, sistema o`shancha
ko`proq barqaror bo`ladi. Demak, tabiatdagi ekosistemalarning uyg’unlik, o`z-o`zini
boshqarish
jarayonlariga iloji boricha odamzod aralashuvini cheklash lozim. Keyingi muammo
bioindikatsiyalardan keng foydalanish bo`lib, u yer yuzida tarqalgan organizmlarning yashash
sharoitlari bilan chambarchas bog’langan.
Respublikada ekologik muammolar ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rejalashtirish
jarayonida uning ketidan keladigan noxushliklarni oldindan ko`rmaslik oqibatida kelib chiqdi.
Chunonchi, 60-70 yillarda suv resurslarining haddan tashqari ko`p miqdorda samarasiz
ishlatilishi qanday oqibatlarga olib kelishi o`ylab ham ko`rilmagan. Sug’oriladigan erlarda eng
yuqori miqdorda turli zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish, almashlab ekishni bo`g’ib
qo`yish, paxta yakkahokimligiga keng yo`l ochish, erlarning meliorativ sharoitiga e`tibor
bermaslik, chorvalar mahsuldorligini oshirish to`g’risida tegishli chora-tadbirlarni amalga
oshirmaslik — joylarning tabiiy ekologik muhitlariga qarab turli mahalliy
muammolarning qelib
chiqishiga sabab bo`ldi.
“Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir.
Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib, tsivilizatsiyaning hozirgi kuni va
kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoni hal qilishga bog’liqdir”
*
.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida, “Yer, yer osti
boyliklari,
suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamda boshqa tabiiy zahiralar
umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ta`kidlanishi ham bejiz emas.
«Ekologiya” fanidan tayyorlangan o`quv uslubiy majmuasi hozirgi davr
ekologiyasining asosiy
vazifalari, turli ekologik muammolar haqida to`la ma`lumot olish va ularni hal qilishda katta
ahamiyat kasb etadi.
*
И.А.Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари.-Т.: Ўзбекистон, 1997. 115-116 б.