1960 yilda tashkil etilgan Nurota chala cho`l stantsiyasi ham o`zining faoliyatini
O`zbekistondagi chala cho`l zonalarida yaylovlarni yaxshilashga, qimmatli em-xashak
o`simliklari orasidan qurg’oqchilikka chidamli turlarni tanlashga hamda ularning ekologo-
biologik xususiyatlarini o`rganishga qaratdi. Hozirgi vaqtda laboratoriyada cho`ldagi em-xashak
o`simliklarining hayot jarayonlari mahsuldorlikka bog’liq holda o`rganilmoqda. SHuningdek,
sun`iy ekosistemalar sharoitida suv va issiqlik stressi (qo`zg’alish) ta`sirida xloroplastlarning
to`planishi va fitoximik faolligi, xlorofill-oqsil birikmasi, nuklein kislotalarning almashinuvi va
boshqalar o`simlikning o`sishi davomida tadqiq etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: