A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


O`zbekiston hayvonlarini o`rganish va ekologiya



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
ekologiya.maruza

O`zbekiston hayvonlarini o`rganish va ekologiya. 
D. N. Kashkarovnnng dastlabki 
ishlari O`rta Osiyoning kemiruvchilarini o`rganishga qaratilgan edi. Olim ularning biologiyasi, 
sistematikasi va zarariga e`tibor berish bilan birga hayvonlar ekologiyasi bo`yicha ham ish olib 
bordi. 1928 yilda D. N. Kashkarov AQSH ga bordi, chunki bu vaqtda AQSHda ekologiya fani 
birmuncha rivojlangan edi. U 7 oy mobaynida yirik ekologlarning ishlari bilan tanishib chiqdi, 
jumladan, Adams, Shelvord, Chepman, Grinell, elli, Teylor, Forxis va boshqalarning ishlarini 
o`rgandi. U 12 ta universitet, muzey, qo`riqxonalar bilan tanishadi. D. N. Kashkarovning 
Leningrad universitetiga ketishi munosabati bilan O`zbekistonda ekologik yo`nalish uning 
davomchilari V. A. Selevin, T. 3. Zohidov, I. I. Kolesnikov ishlarida rivojlandi. Keyingi 
yillardagi zoologiya tadqiqotlari O`zbekiston FAning Zoologiya va parazitologiya instituti 
faoliyati bilan bog’liqdir. Institut 1950 yilda biologiya fanlari bo`limi tarkibida tashkil etilgan. 
Uning asosiy tadqiqot yo`nalishlari O`zbekiston hayvonot olamining umumiy qonuniyatlarini 
o`rganishga qaratilgan. 1950 yildan boshlab institutda hayvonlar ekologiyasida ro`y beradigan 
ayrim jarayonlar va qonuniyatlar o`rganila boshlandi. Ayniqsa, insoniyat ta`sirida hayvonlarning 
tarqalishi hamda tarkibiy o`zgarishlari, shuningdek parazit bo`g’imoyoqlilar, gel’mint va oddiy 
organizmlar hayot davri va invaziya yo`llarini o`rganishda batafsil tadqiqotlar o`tkazildi. 
Institutning muhim amaliy tadqiqotlariga hayvonot olamini qo`riqlash va undan oqilona 
foidalanish tadbirlari asoslarini tayyorlash, qishloq xo`jalik hayvonlari invazion kasalliklarining 
oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari olib borishlar kiradi. 
O`zbekiston FAning akademiklari T. 3. Zohidov, A. M. Muhammadiev, muxbir 
a`zolaridan V. V. Yaxontov, M. A. Sultonov, R. O. Olimjonov kabilar O`zbekirtonda zoologiya 
tadqiqotlarining rivojlanishida o`z hissalarini qo`shganlar. Ular o`zlari hamda shogirdlari bilan 
birgalikda yirik monografiyalar yaratdilar. Jumladan, M. A. Sultonovning «O`zbekiston 
qushlarining gel’mentlari» (1963), V. V. Yaxontovning «Hasharotlar ekologiyasi» (1963), T. 3. 
Zohidovning «Qizilqum cho`lining biotsenozlari» (1971) kabi asarlarini ko`rsatib o`tish 
mumkin. Keyingi yillarda institut olimlari «Hayvonot olamini qo`riqlash va undan ratsional 
foydalanish» ilmiy asoslarini ishlash dasturiga oid tadqiqotlarga kirishdilar. Bundan maqsad 
kuzatuv tadqiqotlari (monitoring) axborot yig’indisini tahlil qilish va tartibga solish, genofondni 
saqlash hamda imkoniyatlarni o`rganish, hayvonot olamini qo`riqlashdan iboratdir. Asosiy 
yo`nalish jumhuriyatda ekologik kuzatishlar nazariyasini tizimlashtkrishda keng miqyosda 
komp’yuter texnikasidan foydalanishdan iborat, bu esa o`z navbatida yuqori darajada nazariy va 
amaliy natijalarga erishishni hamda tabiatni qo`riqlash sa-maradorligini oshirishni ta`minlaydi. 
SHu maqsadda institut tarkibida ekologik kuzatish (monitoring) laboratoriyasi tashkil etilib, 
bunda yuqorida ko`rsatilgan muammoga oid muhim tadqiqotlar o`tkaziladi, parazitologiya va 
gel’mintologiya sohasida chuqur izlanishlar davom ettiriladi, ular taksonomik tekshiruvlarni 
ta`minlaydi. Biologik takrorlanishlar, ekologik xususiyatlar hamda hayvonlar ekto va endo-
parazitlariga qarshi integral kurash choralari o`rganiladi. 
Institutdagi ilmiy ishlar asosan undagi bir qancha yo`nalishdagi laboratoriyalarda olib 
borildi. Hasharotlar yoki entomologiya laboratoriyasi 1950 yilda tashkil etilgan. Unga taniqli 
olimlardan A. N. Lujetskiy (1950—1953 yillar), O`zFA muxbir a`zolari R. O. Olimjonov 
(1954—1957 yillar), V. V. YAxontov (1958—1970 yillar), biologiya fanlari nomzodi O. 
G.Davletshina (1971-1983 yillar) va N. E. Ergashevlar (1981-1985 yillar) rahbarlik qilganlar. 
Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: O`zbekistonda uchraydigan 
zararli va foydali bo`g’imoyoqlilarni saqlash, ulardan foydalanish yo`llari, o`simliklarni 


zararkunandalardan himoya qilishda fiziologik-biokimyoviy, toksikologik omillarga asoslangan 
holda ilmiy ish olib borish. Laboratoriyaning o`simliklarni himoya qilish muammosi atrof-
muhitni ifloslantirmaslik masalalari bilan uzviy bog’langandir.. Atrof-muhitning kimyoviy 
moddalardan zaharlanmasligi uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: 1. Qishloq xo`jaligida 
zararkunandalarga bardoshli navlarni tanlash; 2. O`simliklarni himoya qilishda tabiiy 
kushandalardan keng foydalanish; 3. Har xil tabiiy sharoitda kushanda bilan zarar kunanda va 
ular o`rtasidagi bog’lanishni o`rganish; 4. O`simliklarni himoya qilishda kam, zararlaydigan 
kimyoviy, mikrobiologik moddalardan va boshqarib turuvchi moddalardan foydalanish. 
Ternologiya bo`limi laboratoriyasida X. S. Solihboev, G. I. Ishuninlar Turkiston 
tog’larining ov hayvonlarini o`rgandilar. 60-yillardan boshlab X. S. Solihboev rahbarligida ilmiy 
ijodxona oldiga issiq iqlimda yashovchi hayvonlarning hayotini o`rganish tavsiya etiladi. 
Natijada « O`zbekiston janubidagi umurtqali hayvonlarning ekologiyasi va xo`jalik ahamiyati» 
degan asar yaratildi. Bunda sutemizuvchi hayvonlar ekologiyasiga va xo`jalikda ahamiyatga ega 
bo`lgan turlariga alohida e`tibor berildi. Qarshi cho`lini o`rganish natijasida D. Kashkarov, A. 
Zokirov, A. Petrovalar birgalikda «Qarshi cho`lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi»ni 
yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan 
foydalanish yo`llari ishlab chiqilgan. 
1963-1966 yillarda Nurota tog’ining hayvonot dunyosini o`rganish vazifasi qo`yildi. 
Olimlar oldida Qizilqum hayvonot dunyosining Nurota tog’ining hayvonot dunyosiga ta`sirini 
o`rganish muammosi turardi. Natijada H. S. Solihboev, O. P. Bogdanov, T. A. Palenko, S. T. 
Gubaydulina, G. I. Ishunin, D. Yu. Kashkarov, N. Zokirovlar ilmiy ishlari natijasida «Nurota 
tog’i umurtqali hayvonlari ekologiyasi» (1970) nomli asar yaratildi. «Farg’ona vodiysining 
umurtqali hayvonlari» degan asarda vodiyda yashovchi umurtqali hayvonlar zoologiyasi, 
ekologiyasi, ularning tarqalishi, hayot tarzi, ko`payishi, ovqatlanishi, xo`jalikdagi ahamiyati 
keltirilgan. 1966 
yilda T. Zohidov va O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, biologiya 
fanlari nomzodi G. S.Sultonovlar tashabbusi bilan sut emizuvchilarni o`rganish ilmiy ijodxonasi 
tashkil qilindi. 1981-1985 yillarda ilmiy ijodxona oldiga O`zbekistonda ovlanadigan kamyob 
hayvonlar ekosistemasini o`rganish vazifasi qo`yildi. Bo`limga V. I. Tarennikov rahbarlik qildi. 
Ushbu besh yillikda sut emizuvchi noyob hayvonlar sonining kamayish sabablarini aniqlash, 
ularning eski areallarini tiklash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo`llarini 
ishlab chiqish vazifasi turar edi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin