A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   116
ekologiya.maruza

 
ABIOTIK OMILLAR 
Iqlim omillari 
Y o r u g’ l i k
. Yer yuzidagi tirik organizmlarning hayotida muhim rol’ o`ynovchi 
omillardan biri yorug’lik bo`lib, u ayniqsa yashil o`simliklar uchun zarurdir. Yorug’lik 
o`simlikning fiziologik funktsiyasiga, ichki va tashqi tuzilishiga, o`sish va rivojlanish tezligiga 
normal (optimal), kuchli (maksimal) va kuchsiz (minimum) ta`sir ko`rsatadi. eng muhimi, 
yorug’lik ta`sirida deyarli barcha suv o`tlar, yuksak sporali o`simliklar va ochiq hamda yopiq 
urug’li o`simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo`ladi. 
Fotosintez jarayoni natijasida quyoshdan yutilayotgan yorug’lik energiyasi bog’langan 
kimyoviy energiyaga aylanadi. O`simliklarni yorug’likka bo`lgan munosabatiga ko`ra uch 
guruhga ajratish mumkin: 
1.
Yorug’sevar (geliofit) o`simliklar. Ular yorug’lik etarli bo`lgandagina normal o`sishi va 
rivojlanishi mumkin. Bunday o`simliklarga dasht, cho`l zonalaridagi o`simliklar, 
o`tloqzorlardagi qo`ng’irboshdoshlar va boshqa ba`zi turlar, o`rmon o`simliklar jamoasining 
birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bo`yli daraxtlar, O`rta Osiyo sharoitidagi qisqa 
vegetatsiya qiluvchi ko`p yillik o`t o`simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va 
boshqalar kiradi. 
2.
Soyasevar (stsiofitlar) o`simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan joylarda o`suvchi 
o`simliklardir. Bularga o`simliklar qoplamining pastki qatlamlarida o`suvchi turlar, moxlar, 
plaunlar, paporotniklar, yong’oqzorlar ostida o`suvchi yovvoyi xina, tog’gunafsha kabilarni 
ko`rsatish mumkin. Yorug’sevar va soyasevar o`simliklar morfologik, anatomik va fiziologik 
xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi. 
3.
Soyaga chidamli yoki fakul’tativ geliofit o`simliklar. Ularning ko`pchiligi yorug’sevar 
hisoblansada, yorug’lik uncha etarli bo`lmagan taqdirda ham, ortiqcha yorug’likda ham normal 
o`sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo`ng’irbosh, oq so`xta qulupnay, arg’uvon, shumrut, 
qoraqarag’ay va boshqalarni kiritish mumkin. 
Turli geografik zonalarda kun bilan tunning almashinishi xarakteri bir xil emas. ekvator 
atrofida kun va tunning farqi sezilmaydi. Ammo o`rtacha (mo``tadil) va sovuq iqlimli zonalarda 
yoz faslida kun uzun, tun qisqa, qishda esa aksincha bo`ladi. Bu esa o`z navbatida 
organizmlarning uzun va qisqa kunga (fotoperiodga) moslanishnga olib keladi. SHimol 
o`simliklaridan bug’doy, javdar, ismaloq, sebarga, mingyaproq, sachratqi, gulsapsar kabilar uzun 
kunda, marjumak (grechixa), qashqargul, tariq, kungaboqar, mavrak, tamaki, zig’ir va boshqalar 
qisqa kunda normal rivojlanadi. 
Yorug’lik hayvonlar hayotida muhim rol’ o`ynaydi. Chunonchi: a) yorug’lik ko`pchilik 
hayvonlar uchun fazoda mo`ljal olishda yordam beradi. Masalan, asalarilar asalshira ko`p 
bo`lgan joyni bildirish uchun iniga qaytgach, uzoq muddat davomida gir aylanib Quyosh bilan 


ozuqa joylashishiga nisbatan ma`lum burchak hosil qilgan holda. to`xtaydi. Qushlar esa uzoq 
joylarga uchib ketayotganida Quyoshga qarab mo`ljal oladi; b) dengiz va okean suvlari tagida 
yashaydigan . jonivorlar, quruqlikda yashaydigan ba`zi qo`ng’izlar o`z tanasidan nur chiqarish 
xususiyatiga ega. Bu hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat sodda 
hayvonlardan tortib baliqlargacha xosdir. Bakteriyalar, zamburug’lar va ayrim tuban o`simliklar 
ham shunday xususiyatga egadir. Biolyuminestsentsiya hayvonlar hayotida signal vazifasini 
o`taydi. Signal tufayli ular turli hayot jarayonlari (jinsiy marosim, dushmandan himoyalanish, 
dushmanni chalg’itish, o`ljaga tashlanish kabilar)ni bajaradi: v) yorug’lik organizmlarning 
rivojlanishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Masalan, o`rmon suvsariga qish mavsumida qo`shimcha 
yorug’lik ta`sir etilganda uning homiladorligi tezlashib, muddatidan oldinroq bolalagan. Uzoq 
muddatda yorug’lik ta`sir ettirilganda hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarda jinsiy balog’atga 
etish tezlashgan; suv tagida yashaydigan karakatitsa o`zini dushmandan himoya qilish uchun 
suvni yoritib yuboradigan suyuqlik chiqaradi; suv betida yashaydigan ba`zi hayvonlar esa qora 
suyuqlik chiqarib dushmandan himoyalanadi. Ba`zi hasharotlar kunlar qistsarishi natijasida 
ko`payish jarayonini to`xtatadi, kunlar uzayishi bilan esa ko`payish qayta tiklanadi. Bushshg 
sababi shuki, uzun kun bosh miyadagi gipofiz beziga ta`sir etib ichki sekretsiya bezlari ishini 
kuchaytiradi va jinsiy bezlarga ham signal beradi. Amaliyotda kun uzunligini sun`iy ravishda 
o`zgartib o`simlik va hayvonlarning hosildorligi va naslini ko`paytirish yoki qisqartish mumkin. 
Harakatda bo`ladigan hayvonlar o`ziga joy tanlashda yoritilish darajasini ham hisobga oladi. 
Kecha - kunduz davomidagi faollik uchun ma`lum darajada yorug’lik talab etiladi. Hayvonlar 
kunduzgi, tungi va g’ira shirada faol hayot kechiruvchi turlarga ham ajratiladi. Ularning faolligi 
yilning mavsumi, iqlim sharoitlari va yorug’likning o`zgarishiga qarab o`zgarib turishi mumkin. 
Masalan, chala cho`l zonalarida yumronqoziqlar jazirama issiq kunlari ertalab va kech paytlari 
aktiv faoliyatda bo`lib, kunduzgi vaqtni uyalarida o`tkazadilar. Ular havo bulut bo`lgandagina 
kunduzi uyalaridan chiqishlari mumkin. Xuddi shuningdek, cho`ldagi qushlar ham yozning issiq 
kunlari boshqa joylarga uchib ketadilar. Ularning o`ta aktiv (maksimum) faoliyati bahor, kuz va 
qish fasllarining kunduzgi soatlariga to`g’ri keladi. 
SHunday qilib, hayvonlar ham yorug’likka bo`lgan munosabatiga ko`ra bir necha guruhga, 
chunonchi, yorug’sevar, soyasevar hayvonlarga va yorug’likning o`zgarishiga keng yoki tor 
(qisqa) doirada moslashgan guruhlarga bo`linadi. Hayvonlar yorug’lik yordamida atrofdagi 
mavjudotlarni ko`radi va yon atrofga qarab mo`ljal oladi. Turli hayvonlarning ko`rish organlari 
ularning rivojlanish pog’onasiga ko`ra turli darajada taraqqiy etgan va yashash sharoitlari bilan 
bog’liq holda rivojlangan. Masalan, ba`zi chirqildoq ilonlar infraqizil nurlarni ko`ra olganligi 
sababli o`ljasini qorong’ida ham ovlaydi. Asalarilar esa ul’trabinafsha nurlarni ajrata oladi, 
ammo infra qizil nurlarni ajrata olmaydi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin