A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
ekologiya.maruza

H a r o r a t.
Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa hayot 
jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. ekvatorda harorat yil davomida 
va bir sutka davomida uncha keskin o`zgarmaydi. Ammo ekvatordan shimolga yoki janubga 
yo`nalgan sari teqislik joylarda har 100 km ga harorat 0,5°—0,6°S ga o`zgara boradi. Bunday 
o`zgarishlar Er sharining tog’li qismida ham har 100 metr balandlikka ko`tarilganda yuz beradi. 
Demak, barcha o`simlik va hayvonlarning hayot jarayonlari shu xildagi o`zgarishlar bilan 
bog’liq holda o`tadi. Ayniqsa, o`simliklarning tarqalishida bunday o`zgarishlar alohida rol’ 
o`ynaydi. Shu sababli ham Er sharining tekislik qismida uchraydigan o`simliklar va ular hosil 
qiladigan qoplam o`rganilganda bir necha iqlim zonasiga, chunonchi; Shimoliy qutb, tundra, 
o`rmon, dasht, cho`l, subtropik va tropik kabi geografik zonalarga bo`lib o`rganiladi. O`simliklar 
past yoki yuqori harorat ta`sirida yashashi va unga moslanishiga ko`ra ikkita katta ekologik 
guruhga bo`lib o`rganiladi. Bu haqda keyin batafsilroq gapiriladi. Harorat odatda Er sharining 
quruqlik qismida birmuncha tez o`zgarib turadi. Suv muhitida esa bunday o`zgarishlar, ayniqsa, 
bir sutka davomida juda sekin o`zgaradi. Umuman olganda, ko`pchilik tirik organizmlar hayoti 
O° bilan 50
s
S o`rtasida o`tadi. Harorat O° dan past yoki 50°S dan yuqori bo`lganda barcha hayot 
jarayonlari mutlaqo to`xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar 
hayotiga harorat optimum, minimum va maksimum darajada ta`sir etadi. 


Ayrim suvo`tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti O°S dan past bo`lgan harorat 
ta`sirida normal o`tadi. Ba`zi bakteriyalar va zamburug’larning sporalari hamda ba`zi umurtqasiz 
hayvonlar (kolovratka, tixoxodka va ne`matodlar (hasharotlar) tanasi suvsizlantirilgach, ularga -
190° -273°S li past harorat ta`sir ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. YOki ko`k-
yashil, diatom va yashil suv o`tlar ayrim vakillarining -73° -93°S li qaynar buloqlarda normal 
o`sishi aniqlangan. Shimoliy qutbda suvning harorati 0°Sga teng bo`lganda ham ko`pgina suv 
hayvonlari normal yashab suvo`tlar bilan ovqatlanadi. Shimol bug’usi, oq ayiq, tyulen’ va 
pingvinlar hayoti ham past haroratda normal kechadi. Shunday qilib o`simliklar hayoti uchun 
yilning eng issiq va eng sovuq oylaridagi o`rtacha haroratning umumiy miqdori, yillik 
haroratning o`rtacha miqdori muhim rol’ o`ynaydi. Bunday yillik harorat yig’indisi (miqdori) Er 
sharining turli nuqtalarida turlichadir. Masalan, Malay arxipelagida -9500°S, Toshkentda —
-5000°S, Astraxanda -4000°S, Odessada -3500°S, Sankt-Petrburgda -2000°S, YAngi Er orolida -
400°S ni tashkil etadi. Shunga ko`ra har qanday o`simlik turi (yovvoyi holdagisimi, madaniy 
holdagisimi) hamma joyda ham uchrayvermaydi. Demak, har qanday o`simlik turi o`z hayot 
jarayonini to`liq o`tib nasl qoldirishi uchun yil davomidagi foydali harorat miqdoriga muhtojdir. 
Shundagina, u normal o`sib rivojlanadi va urug’ meva hosil qilib bir yillik hayotini tugallaydi. 
Er sharining biror joyidan ikkinchi bir joyiga qandaydir madaniy o`simlikni olib kelish, 
uni o`stirib ko`rish va undan hosil olish uchun shu o`simlikning yillik foydali harorat miqdori 
necha daraja ekanligi hisobga olinishi kerak bo`ladi. O`zbekistonda o`stirilayotgan g’o`za 
o`simligi vegetatsiyasi uchun mavsum davomida 3500°S harorat zarur ekanligini hisobga 
olganda uni Moskva yoki Sankt-Peterburg viloyatlari sharoitida ekish va undan hosil olish 
mumkin emasligi ayon bo`ladi. Hayvonlar hayotida ham harorat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ko`pchilik hayvonlar o`zining doimiy tana haroratiga ega. Bunday hayvonlar 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin