omili ham muhim ahamiyatga ega. Suvsiz hayot yo`q, desak yanglishmaymiz. Tabiatda suv turli
xil shaklda, chunonchi, yomg’ir, qor, tuman, qirov, shudring, muz kabi ko`rinishlarda mavjud
bo`lib, ularning barchasi namlik tushunchasini ifodalaydi. Shunday bo`lsa-da, biz namlik so`zi
o`rniga suv degaa iborani ishlatish ma`qul deb hisoblaymiz. O`simlik tanasidagi moddalarning
50-98% ini suv tashkil etadi. Hujayralarda boradigan barcha biokimyoviy reaktsiyalar suv
ishtirokida bo`ladi. Suvda yashaydigan organizmlar uchun suv muhit bo`lib ham hisoblanadi. Er
yuzida yog’ingarchilik ko`p tushadigan joylarda sutkalik yog’ingarchilik eng ko`p miqdortsa
1000 mm ga borsa (Charapundji), Sinay cho`lida esa atigi 10-15 mm ga teng. Peruan va Asuan
cho`llarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Namlikning etishmasligi quruqlikdagi hayotning eng
muhim xususiyatlaridan biridir. Kserofil o`simlik va hayvonlar qurg’oqchil muhitdagi ekologik
guruhni tashkil etadi. O`rtacha namlik sharoitida mezofil, ortiqcha namlikda esa gidrofil
organizmlar yashaydi. Barcha o`simliklar suv bilan ta`minlanishi yoki namlik sharoitiga
moslanishiga ko`ra
5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar,
mezofitlar, kserofitlar.
Gidatofitlar
— hayoti doimo suvda o`tuvchi bu guruhga asosan suvo`tlar kiradi.
Gidrofitlar esa tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan
o`simliklardir. Bu guruhga suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg (sagittariya), suv ayiqtovoni,
o`qbarg va boshqa suvda o`suvchi gulli o`simliklar kiradi. Ular yashash sharoitiga ko`ra suzib
yuruvchi yuza-sinyng katta bo`lishi, vegetativ organlarining shilimshiq parda bilan qoplanishi,
mexanik to`qimaning kuchsiz rivojlanganligi, hujayraning havo bo`shliqlariga ega bo`lishi,
qoplag’ich to`qimaning yaxshi rivojlanmaganligi, suv qatlamida yashaydigan turlarda
og’izchalarning bo`lmasligi yoki ularning suzuvchi barglarning faqat ustki tomonidagina
bo`lishi, barg et qismining ustunsimon va bulutsimon to`qimalarga ajralmasligi, ildiz tizimining
kuchsiz taraqqiy etganligi kabi qator moslanishlarga ega bo`ladi.
Gigrofitlar
— tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo`lgan sharoitda yashovchi
o`simliklardir. Ular daryo va ko`l bo`ylari, botqoqliklarda, sernam o`rmonlar va tog’li rayonlarda
ko`p uchratiladi. Gigrofitlar ham ortiqcha namlik sharoitiga moslashgan gidrofitlar kabi
xususiyatlarga ega bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: