A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
ekologiya.maruza

Biotik omillar. 
Biotik munosabatlar yoki biotik omillar deyilganda barcha tirik
organizmlarning yashash jarayonida o`zaro bir-biriga nisbatan ma`lum munosabatda bo`lishi 
yoki ta`sir ko`rsatishi tushuniladi. Bu organizmlar o`z hayot jarayonlari davomida normal 
yashash, hayot kechirish, urchish, tarqalish uchun tashqi muhit bilan ham ma`lum munosabatda 
bo`ladi. Natijada organizm o`sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi va hayotining so`nggi bosqichida 
halok bo`ladi. Shunday qilib, biotik omillar quyidagi hollarda: 1) o`simliklarning o`simliklarga; 
2)o`simliklarning hayvonlarga; 3)hayvonlarning o`simliklarga; 4) hayvonlarning hayvonlarga; 5) 
mikroorganizmlarning o`simlik va hayvonlarga; 6) o`simlik, hayvon va mikroorganizmlarning 
o`zaro bir-biriga ta`sirida yaqqol namoyon bo`ladi. Bu xildagi ta`sirlar bilan birma-bir tanishib 
chiqamiz. 
O`simliklarning o`simliklarga ta`siri deyilganda bir turning ikkinchi turga ta`siri yoki bir 
turga kiruvchi individlarning, populyatsiyalarning bir-biriga ko`rsatgan ta`siri tushuniladi. 
Bunday ta`sir natijasida ular o`sadi, rivojlanadi, urug’meva (yoki spora) hosil qilib, kengroq 
tarqaladi. Demak, avvalo har bir o`simlik yashash ucho`n kurashadi. Bunday kurash jarayonida 
o`simliklar hayotida parazitlik (tekinxo`rlik), simbiozlik (o`zaro hamkorlik), neytrallik kabi 
munosabatlar vujudga keladi. 
O`simliklarning hayvonlarga ta`siri ba`zi zaharli o`simliklar va hasharotxo`r o`simliklar 
misolida yaqqol namoyon bo`ladi. Tarkibida zaharli moddalar mavjud bo`lgan o`simliklar 
(zaharli ayiqtovon, kampirchopon, qirqbo`g’im, kakra, bangidevona, mingdevona va hokazolar) 
hamda 500 ga yaqin o`simliklar (rosyanka, aldrovanda, venerin pashshatutari, nepentes, 
puzirchatka, sapratseniya)ning hayvonlar bilad oziqlanishi fanga ma`lum. Bunday o`simliklar 
hasharotxo`r o`simliklar deb ataladi. Ular asosan botqoqli erlarda o`suvchi o`simliklardir. 
Botqoqli erlarda azotli moddalar juda kam bo`lganligi uchun hasharotxo`r o`simliklar shu 
moddalarga bo`lgan ehtiyojini ana shu erlarda yashovchi hasharotlar bilan oziqlanish orqali 
qondiradi. Albatta buning uchun hasharotxo`r o`simliklar uzoq evolyutsiya davomida maxsus 
moslanishlarga (hasharotlarni tutib hazm qiluvchi) egadirlar. Ularning tuklaridan fermentlar 
(suyuqlik) ajraladi va bu suyuqliklar hasharotlarni parchalab, hazm bo`lishiga imkon beradi. 
SHuningdek, ayrim hayvonlar (kanalar, termitlar, pashshalar, arilar va hokazo) uchun o`simlikn 
lar ijara (in qurish) uchun ham muhim rol’ o`ynaydi. Hayvonlarning o`simliklarga ta`siri odatda 
quyidagi hollarda namoyon bo`ladi. Masalan, ko`pgina xayvonlar o`simliklar bilan oziqlanganda 
(tuproq nematodlari, mikrofitofaglar, makrofitofaglar) o`simliklarning spora, urug’ va 
mevalarining tarqalishiga ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi zararkunandalarning o`simliklar hayotiga salbiy 
ta`sir ko`rsatishi ko`pchilikka ma`lum. Masalan, karam kapalagi, g’o`za qurti, meva, sabzavot 
ekinlari, o`rmon daraxtlari, donli ekinlar zararkunandalari bunga yaqqol misoldir. 
Hayvonlarning hayvonlarga ta`sirini yirtqich va o`lja o`rtasidagi munosabatda aniq 
ko`rish mumkin. Shu o`rinda o`ljaning dushmandan himoyalanishiga intilishlarini aytish joizdir. 
Bunday himoya aktiv yoki passiv ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Mikroorganizmlarning 
o`simlik va hayvonlarga ta`siri ba`zi kasallik tug’diruvchi mikroblarning (patogen bakteriyalar, 
viruslar va parazit zamburug’lar) o`simlik va hayvonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishida 
ko`rinadi. O`simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o`zaro ta`siri avvalo ularning tuproqda 
birgalikda yashashida seziladi. Natijada ular o`zaro murakkab munosabatlarda bo`ladilar. 
Bunday munosabat ozuqa zanjiridagi biotik munosabatlarda yaqqol ko`rinadi. 
Tirik organizmlar birgalikda yashar ekan ularning o`zaro turlicha biotik aloqalarda 


bo`lishi ham tabiiydir. Bunday aloqalar natijasiga ko`ra u yoki bu organizm uchun ularning 
foydali yoki zararli ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agarda aloqalar ikki organizmdan 
biriga foydali bo`lsa qo`shuv belgisi bilan, aksincha, zararli bo`lsa ayiruv belgisi bilan, har ikki 
organizm uchun befarq bo`lsa nol’ bilan belgilanib biotik aloqalarni quyidagicha turkumlash 
mumkin: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin