A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
ekologiya.maruza

Suv muhitidagi hayot. 
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar uchun suv, tuproq, havo 
asosiy hayot muhiti bo`lib hisoblanadi. SHulardan suv muhit sifatida ko`pchilik organizmlar 
uchun xizmat qiladi. ekologiyada suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar deb ataladi. 
Suv qatlamida tarqalgan organizmlar plankton ekologik guruhga birlashib, tubida yashovchilar 
esa bentos ekologik guruhni tashkil etadi. 


Suv o`ziga xos xususiyatlarga ega. Okeanlardagi hayotni belgilovchi omillarning eng 
muhimi suvning bosimidir. Chuqurlik ortishi bilan bosim ham ortib boradi. Bosimga keng 
doirada moslashgan evribat turlar (dengiz tipratikonlari, mollyuskalar, krevetkalar, 
qisqichbaqalar) ma`lum. Gidrobiontlar uchun suvdagi erkin kislorodning miqdori katta 
ahamiyatga ega. Chuchuk suvda 0°S da 10,2 m s
3
/l, 30°S da 5,5 sm
3
/l, xuddi shu hajmdagi 
dengiz suvlarida 8,0 va 4,5 sm
3
/l O
2
bo`-ladi. Ma`lumotlar ko`rsatib turibdiki, haroratning 
ko`tarilishi bilan kislorodning miqdori kamayar ekan, bu o`z navbatida iliq suvlarda yashovchi 
organizmlar uchun nafas olishda uning tanqisligi vujudga kelishini bildiradi. 
Okeanlardagi organizmlar uchun suvning sho`rlanish darajasi ham katta ahamiyatga ega. 
Dunyo okeanlarining o`rtacha sho`rlanish darajasi 35% ni tashkil etadi. Dengiz suvida yashovchi 
hayvonlar sho`rlangan suvga moslashgan bo`lib, ular odatda gipotonik yoki gomeostatik 
xususiyatga, ya`ni doimiy osmotik bosimni tanalarida saqlab qolish uchun dengiz suvidan ichib 
turadi, yoki suvdagi tuzlarning miqdoridan qat`i nazar, tanasi doimiy osmotik bosimga ega 
bo`ladi. Shunday qilib ba`zi hayvonlar ortiqcha suv yoki tuzlarni vakuolalar, jabralar yoki 
buyraklar yordamida chiqarib turadi yoki xitin, muguz qavatlari kabi himoya vositalariga ega 
bo`ladi. Dengiz suvlarida ohaktosh tuzlarining bo`lishi maxsus turlar uchun muhim ahamiyatga 
ega. Uning miqdori dengiz suvlarida 3,6% ni tashkil etadi. Ohaktosh marjon riflari, mollyuskalar 
chig’anog’i va diatom suvo`tlari sovutlari (pantsirlari)ning tuzilishida ishtirok etadi. Ko`pchilik 
poykiloosmotik turlar tanasida tuz miqdori ortib ketgan vaqtda anabioz (tinim) holatiga o`tadi 
(kovakichlilar, infuzoriyalar, kolovratkalar, ba`zi qisqichbaqasimonlar va boshqalar). 
Dunyo okeanlarida suvning harorati ham organizmlar uchun muhim omil hisoblanadi. 
Zonal harorat tartibi barcha okeanlar uchun xarakterlidir. Tropik zonalardagi yillik haroratning 
amplitudasi 2°S- atrofida bo`lsa, o`rtacha iqlimli zonalarda 6—10°Sga boradi. SHuning uchun 
tropik va qutbdagi suvlarda stenoterm turlar uchraydi. Suvning harorati chuqurlik ortishi bilan 
pasayadi. Lekin ma`lum chuqurlikdan boshlab harorat o`zgarmas bo`lib qoladi. Qutb atrofidagi 
okeanlarda past haroratda muz qatlami hosil bo`ladi. Bunday sharoitda yashovchi organizmlar 
pagofillar deyiladi va ularning hayoti muz ustida o`tadi (tyulenlar, oq ayiq va boshqalar). 
Okeanning tubiga qarab yorug’likning kuchi va tarkibi ham o`zgarib boradi. Suv odatda ko`p 
miqdorda qizil nurlarni yutib qoladi, ko`k binafsha nurlarni esa yaxshi o`tkazadi. SHuning uchun 
ham yashil va qo`ng’ir suvo`tlari sayozroq joylarda uchrab, qizil suvo`tlari 200 m gacha bo`lgan 
chuqurliklarda tarqalgan. Hayvonlarning ranglari ham chuqurlikka bog’liq ravishda o`zgarib 
boradi. Oqish rangli hayvonlar yuza qatlamlarda uchrasa, g’ira-shira zonalarda qizil rangli 
hayvonlar keng tarqalgan. Okeanning chuqur qatlamlarida yashovchi organizmlarda 
biolyuminestsentsiya hodisasi kuzatiladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin