ko`rish mumkin. Ko`rish organining yaxshi rivojlanmaganligi, qisqa va qalin junlar bilan
qoplanishi, kuchli va yaxshi rivojlangan kovlovchi oyoqlar yoki tirnoqlarning bo`lishi
ularning
muhim xususiyatlaridandir. Tuproqda, yuqorida ko`rib o`tilgan ekologik guruhlardan tashqari,
uya (in) qurib yashovchi ekologik guruhni ham ajratish mumkin. Ular tuproq muhitida
ko`payadilar, dushmandan saqlanadilar, qishlab chiqadilar va dam oladilar. In qurib yashovchilar
ham kovlovchi oyoqlarining yaxshi
rivojlanganligi, bosh qismi ning kichik o`lchamliligi va
boshqa moslanishlari bilan ajralib turadi. Shunday qlib tuproq tabiiy-tarixiy kelib chiqqan
nihoyatda murakkab holdagi iqlim, o`simlik va hayvonlar hamda tuproq hosil qiluvchi ona jins
bilan aloqa munosabatdagi jismdir. Uni tabiiy holatda saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: