A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


- jadval Biotik aloqalarning turlari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
ekologiya.maruza

2- jadval
Biotik aloqalarning turlari 
Biotik aloqalarning 
A organizmga ta`sir 
B organizmga ta`sir 
turlari 
natijasi 
natijasi 
Muto`alizm 


Kommensalizm 


Yirtqichlik 

— 
Parazitizm 

— 
Neytralizm 


Antibioz 

— 
Raqobat 
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, organizmlar o`rtasidagi aloqalar har ikki organizm uchun 
foyda keltirsa 
mutualistik 
munosabatlar kelib chiqadi. Har ikki organizm uchun foydali 
hisoblangan bunday o`zaro munosabatlar simbiotik munosabatlar deb qaraladi. Bunday aloqa 
turlariga lishayniklar tanasidagi suvo`tlar bilan zamburug’larni, dukkakli o`simliklar ildizida 
yashovchi tugunak bakteriyalarni, gulli o`simliklar bilan zamburug’ gifalarining birgalikdagi 
hayoti kabilarni misol qilib ko`rsatish mumkin. 
Hayvonot olamida esa mollyuska chig’anog’i ichiga kirib yashovchi qisqichbaqa bilan 
aktiniyni, chumolilar iniga kirib yashovchi ba`zi qo`ng’izlarni, chumolilar bilan o`simlik 
bitlarini, timsoh bilan troxilus deb atalgan qush kabilar o`rtasidagi aloqalarni misol sifatida 
keltirib o`tish mumkin. Hayvonlar bilan o`simliklar o`rtasida mutualistik aloqaga hayvonlarning 
o`simliklarni changlatishda ishtirok etishi va meva hamda urug’larni tarqatishi kabilar kiradi. 
Organizmlardan biri qandaydir foyda ko`rib bu hol ikkinchi organizm uchun uncha zarar 
keltirmasa 
kommensalizm
turidagi aloqa kelib chiqadi. O`simliklarning epifit hayot kechirishi, 
yirik sut emizuvchi hayvonlar tomonidan maxsus ilashuvchi o`simtalarga ega bo`lgan meva va 
urug’larning tarqalishi, akulalar terisiga yopishib olib undan qolgan ozuqa qoldiqlari bilan 
oziqlanib hayot kechiruvchi prilipala balig’i, xuddi shuningdek baliqlar terisiga yopishib 
yashovchi gidroid poliplar va ko`pchilik hayvon turlari o`rtasidagi munosabatlar 
kommensalizmning ko`rinishlaridir. Organizmlar o`rtasida keng tarqalgan biotik 
munosabatlarning muhim turi yirtqichlik hisoblanadi. Bunda bir tur ikkinchi bir turni yo`q qiladi, 
ya`ni eb qo`yadi. Yirtqichlik faqat hayvonlar o`rtasida kuzatilib qolmay, balki o`simliklarda ham 
sodir bo`ladi. Bu hasharotxo`r o`simliklardan nepentes, aldrovanda, rosyanka va boshqalarning 
hasharotlarga bo`lgav munosabatida yaqqol ko`rinadi. Shuningdek, ayrim zamburug’larning 
sodda hayvonlar va nematodlarga bo`lgan munosabatlarida namoyon bo`ladi. 
Bir tur (parazit) ikkinchi organizmdagi (xo`jayin) ozuqa moddalar yoki uning to`qimalari 
hisobiga hayot kechiradi. Parazitning tashqi muhit bilan bo`lgan aloqasi asosan xo`jayin orqali 
amalga oshadi. Parazit tur xo`jayin organizmning maxsus muhitida yashaydi. Shuning uchun 
ham u, bir tomondan, ekologik foydali bo`lsa, ikkinchi tomondan, taraqqiyot davrini o`tkazishda 
qiyinchilik tug’diradi. Parazitlar uchun qulaylik uning doimo mo`l ozuqa bilan 
ta`minlanganligidadir. Bu o`z navbatida tez o`sishga va ko`payishga sabab bo`ladi. Bundan 
tashqari parazit tur tashqi muhitning har qanday noqulay ta`sirlaridan himoyalanadi. Tashqariga 
chiqish taraqqiyotning ma`lum bir bosqichiga to`g’ri keladi. Unda ham maxsus moslanishlarga 
ega bo`ladi. Parazit uchun ekologik noqulaylik sifatida yashash joyning cheklanganligi, kislorod 
bilan ta`minlanishning murakkabligi, bir xo`jayindan ikkinchisiga tarqalishning qiyinligi hamda 
xo`jayin organizmning parazitdan himoyalanuvchi javob reaktsiyalarini berishi kabilarni sanab 
o`tish mumkin. 


O`simliklar orasida to`liq va chala parazitlar ajratiladi. Chirmovuq va shumg’iyalar to`liq 
parazitlar hisoblansa, omela, pogremok, ochankalar chala parazit, ya`ni o`zi mustaqil holda 
fotosintez qila oladi, ammo suv va mineral moddalarni xo`jayin o`simlikdan oladi. Parazitlar 
o`ziga xos va o`ziga xos bo`lmagan guruhlarga ham ajratiladi. Birinchisi bitta xo`jayinga ega 
bo`ladi. Ikkinchisi esa ko`pgina turlarni zararlashi mumkin. Odam askaridasi va shoxkuya 
zamburug’lari o`ziga xos parazitlarga misol bo`lsa, iksodiy kanasi va un shudring zamburug’i 
o`ziga xos bo`lmagan parazitlar hisoblanadi. Parazitlar bir, ikki va ko`p xo`jayinli bo`ladi. 
Masalan, zang zamburug’i, bezgakni qo`zg’atuvchi plazmodiylar ikki xo`jayinli parazitlardir. 
Antibioz hodisasi deyilganda bir organizm ajratgan zaharli moddaning ikkinchi 
organizmga ta`sir etishi tushuniladi. Bunga misol qilib bakteriyalar, zamburug’lar va 
aktinomitsetlarning turli xil antibiotiklarni, gulli o`simliklarning esa gazsimon va suyuq holdagi 
(kolin) antibiotik moddalarni ajratishini ko`rsatish mumkin. Bu moddalar ta`sirida o`sish 
to`xtaydi. Bakteriyalarni qiradigan bunday moddalar 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin