A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Turning populyatsion tuzilmasi



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116
ekologiya.maruza

Turning populyatsion tuzilmasi. 
Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. 
Uning tuzilmasini esa individlarning harakatlanishi yoki ma`lum hududga bog’liqlik darajasi, 
tabiiy to`siqlarni engib o`ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi. U doimiy emas. 
Organizmning o`sishi, tug’ilish, o`lish va boshqa ko`pgina sabablarga ko`ra, ya`ni tashqi 
muhitning o`zgarishi, dushmanlar sonining o`zgarishi kabi qator omillarga bog’liq holda 
populyatsiyalar ichida o`zgarish vujudga keladi. 
Populyatsiyaning jins tuzilmasi
. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi 
guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar 
nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo`shilishi bilan, ya`ni genetik qonuniyatlarga 
bog’liq bo`lsa, ikkinchidan, ma`lum darajada tashqi muhitga ham ta`sir etishi mumkin. 
Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial o`sishi o`smir va qariyalarga nisbatan 15 
yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan ayollar hisobiga to`g’ri keladi. Populyatsiyadagi individlarning 
nobud bo`lishi, jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ega. Bu hol ko`proq sutemizuvchi hayvonlar 
uchun tegishlidir. 


Populyatsiyaning yosh tuzilmasi
. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning 
jadalligi, nobud bo`lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni 
ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab har bir populyatsiya uchun turning genetik xususiyatiga 
bog’liq bo`ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. 
O`simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi.
Fitotsenozdagi muayyan turlarning, har 
xil holatlardagi individlarning yig’indisi tsenopopulyatsiya tuproqda (yoki unnng yuzasida) o`z 
hayotchanliginya yo`qotmagan urug’lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. 
TSenopopulyatsiyaning tarkibiga ba`zan o`t o`simliklarning ikkilamchi tinim holatdagi er ostki 
organlari — ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. SHunday qilib, jamoaning turlar 
tarkibi — tsenopopulyatsiyalar yig’indisidir. Turlarning o`zi esa populyatsiyalar tizimidan 
iboratdir. Jamoada har bir turning tsenopopulyatsiyasi maydon birligiga to`g’ri keladigan soni va 
yoshlarning nisbatlari bilan farqlanishi mumkin. T. A. Rabotnov o`simliklar jamoasidagi 
o`simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin