Mavzu: sutemizuvchilar darsning maqsadi



Yüklə 9,38 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü9,38 Kb.
#194134
Gulshaxnoz. Tabiiy fan


DARS ISHLANMA. 3-SINF
MAVZU: SUTEMIZUVCHILAR
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy. Mavzu bo‘yicha umumiy ma’lumotlar qabul qilish, yuksak tuzilgan sutemizuvchi hayvonlar haqida dastlabki tushunchalarni olish, ularni turlarga ajratish;

  2. Tarbiyaviy. O‘quvchilarni hayvonlarni asrab avaylashga o‘rgatish, bizga foydali tomonlarini tushuntirish, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish uyg‘otish;

  3. Rivojlantiruvchi. Mavzu yuzasidan qiziqishlar ko‘payib o‘quvchilar mustaqil o‘rganish darajasini rivojlantirish;

Dars turi: Yangi bilimlar, ma’lumotlar beruvchi
Darsda foydalanilgan metodlar: “Aqliy hujum’’, ‘’Savol-javob’’, ‘’Mosini top’’.
Foydalanilgan jihozlar: Darslik, fan daftari, elektron doska, mavzuga oid rangli rasmlar va ko‘rgazmalar
DARSNING BORISHI
Dars olti bosqichda olib borildi:

  1. Tashkiliy qism.

Dastlab davomat olinib, o‘quvchilar darsga tayyorligi tekshirildi.

  1. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilar uyga vazifani bajarganligi tekshirildi. Takrorlash uchun’’Savol-javob’’ metodi qo‘llanildi. O‘quvchilar mavzuni qanday o‘zlashtirganlik darajasi belgilanib, uyga vazifa uchun tegishli ballar qo‘yildi.

  1. Yangi mavzu bayoni.

S
utemizuvchilar – bular о‘zining bolalarini sut bilan boqadigan hayvonlar. Ularni Yer sharining istalgan burchagida uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda olimlarga sutemizuvchilarning 6 mingdan ortiq turi maʼlum. Shulardan kiyik, ayiq, sher, sichqon, maymun va boshqa hayvonlar quruqlikdagi, kit, delfin, kosatkalar esa suvdagi sutemizuvchilar hisoblanadi. Biz odamlar ham sutemizuvchilarga kiramiz.
Aksariyat sutemizuvchilarning bolalari tirik, ya’ni yashab ketishga qodir holda tug‘iladilar. Аmmo ayrim sutemizuvchilar, masalan, о‘rdakburun bundan mustasno. О‘rdakburun qushlar yoki reptiliyalar kabi tuxum qо‘yadi. Uning burni о‘rdaknikiga о‘xshasa-da, ammo qushlarniki kabi qattiq emas, yumshoq va teri bilan qoplangan.



Aksariyat yirtqichlarning kо‘zlari oldinda joylashgan bо‘lib, bu ularga o‘ljasigacha qancha masofa borligini aniq baholashga yordam beradi. О‘txо‘rlarda, aksincha, kо‘zlari boshining ikki yon tomonida joylashgan. Bunday tarzda kо‘rish ularga atrofda nimalar sodir bо‘layotganini va yaqinlashayotgan yirtqichni payqash imkonini beradi.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darsning ushbu bosqichida o‘quvchilarning dars davomida olgan ma’lumotlari umumlashtiriladi va navbat bilan yodga olinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun’’Mosini top’’ metodidan foydalanildi. Bunda berilgan hayvonlar haqidagi ma’lumot va ularning funksiyalari birlashtirildi.

  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.

Dars ajoyib va hammaga tushunarli bo‘ldi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishildi. Faol qatnashganlarga kundalik. Comga baholari qo‘yildi.

  1. Uyga vazifa berish.

O‘quvchilarga mavzuni o‘zlashtirib kelish va o‘zi qiziqqan sutemizuvchi hayvon haqida ma’lumot to‘plash topshiriq qilib berildi.
Yüklə 9,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin