Fil — quruqlikdagi eng yirik va kuchli hayvon. Bugungi kunda fillar faqat Afrikada va Hindiston mintaqasida (shuningdek Kamboja, Birma, Shri-Lanka, Tailandda) yashaydi. Griffith park zoo
FIL — quruqlikdagi eng yirik va kuchli hayvon. Bugungi kunda fillar faqat Afrikada va Hindiston mintaqasida (shuningdek Kamboja, Birma, Shri-Lanka, Tailandda) yashaydi.
GRIFFITH PARK ZOO – 1912 yili Los-Anjelesda tashkil etilgan hayvonot bog‘i. 46 gektar maydonda hayvonlar yarim tutqun holda saqlanadi. Asosiy bog‘ hamda yosh hayvonlar uchun maydonchalar ajratilgan. Asosiy bog‘da 500 turdagi 2000 ta kamyob hayvon va qushlar bor.
Karl HAGENBECK TIERPARK – Gamburgdagi xususiy hayvonot bog‘i. Bu yerda hayvonlar yarim tutqun holda saqlanadi. Hayvonotxonaga 1907 yilda Karl Xagenbek asos solgan. Bog‘ sirklarga hayvonlar yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi. Bugungi kunda hayvonotxonada taxminan 300 turdagi 2000 ta kamyob hayvon va qushlar bor. Bog‘ maydoni 27 gektarni tashkil etadi.
ANTWERPEN ZOO – Antverpen (Belgiya)dagi hayvonot bog‘i. Yevropadagi eng yirik hayvonot bog‘laridan biri. 1160 turdagi 6000 dan ortiq hayvonlardan iborat. Antverpen hayvonotxonasi omma uchun 1843 yilda ochilgan. Shahar markazidagi 10 gektar maydonda joylashgan va Qirol Zoologiya Jamiyati tomonidan boshqariladi. 1936 yili hayvonotxona Planckendael parkida 36 gektar yer sotib olgan.
NEW YORK ZOOLOGICAL PARK jahondagi eng yaxshi hayvonot bog‘laridan biri deb e’tirof etilgan. 1899 yili Bronks hududidagi 98 gektar maydonda ochilgan. 1941 yilda Bronx ZOO 1,6 gektar maydonda Afrika hayvonlari bo‘limini ochdi. 1960 yilda keng miqyosda amalga oshirilgan rekonstruksiya natijasida hayvonlar uchun ancha tabiiy yashash sharoitlari yaratildi. 1972 yili bog‘ning «Qushlar olami» deb nomlangan bo‘limi ochildi. Tashrif buyuruvchilar uchun uch kilometr uzunlikda yakka relsli osma yo‘l qurib ishga tushirildi. Bu bog‘ni va hayvonlarni vagonlarda turib tomosha qilish uchun imkoniyat yaratdi. Hayvonot bog‘i Nyu-York Zoologiya Jamiyati tomonidan boshqariladi, jamoatchilik jamg‘armalari va shahar byudjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
BROWNSVILLE ZOO – Texas shtati (AQSH)dagi hayvonot bog‘i. Jahondagi eng mukammal sudralib yuruvchilar kolleksiyasiga ega. 1971 yili 12 gektar maydonda ochilgan bog‘ shahar meriyasiga qaraydi va mahalliy zoologiya jamiyati tomonidan boshqariladi.
Hayvonotxonada taxminan 400 turdagi 1700 hayvon bor. Hayvonotxona qit’alar bo‘yicha bo‘limlarga ajratilgan. Hayvonlarning aksariyat guruhlari orolchalarga yoki handaq, devor yo to‘r bilan ajoratilgan usti ochiq maydonchalarga joylashtirilgan.
TIERPARK Berlin – Berlin (Germaniya)dagi hayvonot bog‘i. 1955 yilda Sharqiy Berlinning munitsipal hukumati tomonidan tashkil etilgan. Davlat yordamida bu yerda jahondagi eng katta kolleksiyalardan biri — 885 turdagi 5350 hayvon to‘plangan.
Hayvonot bog‘i qoshida ilmiy bo‘lim tashkil etilgan, Der zoologische Garten (Zoologiya bog‘i) va Beitrage Vogelkunde (Ornitologiya bo‘yicha) ilmiy jurnallari nashr etiladi..
SAN DIEGO ZOO — San-Diyego (Kaliforniya, SSHA)dagi jahonga mashhur hayvonot bog‘i. San-Diyego shahrining shimolidagi Balboa bog‘ida 1916 yili doktor Garri Vegefort tomonidan tashkil etilgan. Hayvonot bog‘i o‘z kolleksiyasini atigi 50 hayvondan boshlagan jdi. Bugungi kunda bu yerda 800 turdagi 3500 hayvon saqlanmoqda. Bog‘ni shahar munitsipaliteti,
Zoologiya jamiyati va Kodak firmasi qo‘llab-quvvatlaydi.
Hayvonot bog‘i — qudratli tijorat korxonasi. Bu yerda turistik infratuzilma rivojlangan — mehmonxonalar, qisqa vaqt dam olish joylari,
MOSKVA HAYVONOT BOG‘I — Rossiyadagi eng katta hayvonotxona. 1864 yilda asos solingan. 1919 yili davlat mulki deb e’lon qilingan va 1923 yilda Mossovet ixtiyoriga berilgan.
Maydoni – 20 gektar. Hozirda hayvonot bog‘ida 550 turdagi 3000 hayvon BOR.
SANKT-PETERBURG HAYVONOT BOG‘I-Sankt-Peterburgda XIX asr o‘rtalaridan boshlab saroy bog‘larida kichik hayvonotxonalar saqlangan (Letniy sadda, Sarskoye Seloda).
KIYEV DAVLAT HAYVONOT BOG‘I – davlat ahamiyatiga molik dendropark.
Ukrainaning 1992 yil 16 iyun Qonuniga muvofiq Kiyev hayvonot bog‘i davlat ahamiyatiga molik qo‘riqlanadigan tabiiy fond hisoblanadi. Vazifasi: ekologik ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar olib borish, kamyob, ekzotik va mahalliy hayvonlarning ekspozitsiyasini tashkil etish, ularning genofondini ta’minlash, yovvoyi faunani o‘rganish va ularni tutqunlikda ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.