yaratish tufayli insonning hayoti asta-sekin o`zgardi.
Odamlarning Er yuzida son jihatidan o`sishi bizning eramiz boshlariga to`g’ri keladi.
O`tgan davrlardagi tsivilizatsiya va hozirgi davr texnikasining taraqqiyoti o`z
navbatida yangi
erlarni o`zlashtirish imkonini yaratdi. G’arbdagi davlatlarda aholi soni ancha o`sdi. Er sharidagi
aholi soni XX asrning boshlaridagi ro`yxatga binoan 1 mlrd. 800 mln. edi. 1960 yilgi hisobga
ko`ra 3 mlrd.ga etdi. 1970 yilda esa 3,5 mlrd, 1989 yilda esa 4,2 mlrd.ni tashkil etdi.
Bundan
ko`rinib turibdiki, odam populyatsiyasi soni 40-50 yil davomida taxminan 2 marta o`sgan.
Hozirgi vaqtdagi o`sish sur`atida esa odam populyatsiyasining o`sishi 2000 yilda 7 mlrd. ga,
ya`ni ikki barobarga ortadi. 1971 yilda odam populyatsiyasi eksponentsial o`sish davrida edi.
endi qaysi yillarga kelib muvozanat holat qaror topadi degan savol tug’iladi. 1971 yildagi ba`zi
bir belgilar asosida yaqin orada muvozanat holatga keladi, deb taxmin qilish mumkin. 1972
yildan boshlab va undan oldin x.am G’arbiy Yevropadagi erkaklar va ayollarning potentsyaal
yashash muddati o`sgani yo`q, aksincha bir oz pasayish hollari kuzatildi.
Bunga nimalar sabab
bo`lgan ekan? Bu haqda turlicha gipotezalar ilgari surilmoqda. Ularning birortasi ham etarli
asoslarga ega emas. Ba`zan yo`l va ko`chalardagi baxtsiz hodisalarning ko`pligi (ayniqsa yoshlar
o`rtasida) deb qaralsa, bundan tashqari to`yib yokn etarli darajada ovqatlanmaslik kabilar
potentsial yashash muddatini cheklashga olib kelmoqda. Nihoyat shuni ham aytib o`tish lozimki,
ba`zi mutaxassislarning fikricha, shaharlarda havoning ifloslanishi ham o`rtacha potentsial
yashash muddatining kamayishiga olib keladi. Ba`zi bir yurak xastaliklari atmosferaning
ifloslanishi bilan bog’liq holda kelib chiqmoqda.
Ikkinchi tomondan, tibbiyot sohasidagi rak,
qon aylanishining buzilishi bilan bog’liq xastaliklar, infarkt, miokard kabilar o`rtacha potentsial
yashash muddati ko`rsatkichiga salbiy ta`sir etadi. Shunday qilib, Yevropadagi
aholining
potentsial yashash muddati yaqin orada yoki keyinchalik eng yuqori darajaga ko`tarilmaydi.
Dostları ilə paylaş: