A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
ekologiya.maruza

produtsentlar
deb ataladi. 
Produtsentlar
assimilyatsiya 
jarayonida to`plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir. Ikkinchi guruhga 
hayvonlar kiradi. Ular o`simliklar tomonidan to`plangan organik moddani iste`mol qiluvchilar 
bo`lib hisoblanadi va 
konsumentlar 
deb ataladi. 
Zamburug’lar biotsenozda turlicha rol’ o`ynaydi. Ular orasida o`simlik va hayvonlarda 
tekinxo`r holda yashovchi va ko`pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga 
parchalovchilar bo`lib, ular 
redutsentlar 
deyiladi. Ammo shu bilan birga ko`pchilik 
zamburug’larning meva tanalari jamoadagi hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo`lishi ham 


mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi. Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar 
hisoblanib, ular organik moddalarni mineral moddalarga parchalab beradi. Demak, yuqorida 
sanab o`tilgan organizmlar guruhi o`rtasiga keskin chegara qo`yib bo`lmaydi, chunki 
konsumentlar (hayvonlar, zamburug’lar, tekin-xo`r o`simliklar) ayni vaqtda redutsentlar 
vazifasini ham bajarishi mumkin. epifitlar asosan produtsentlar hisoblansa ham oziqlanish 
vaqtida daraxt tanasi po`stlog’idagi parchalangan o`simlik qoldiqlaridan foydalanadi, ya`ni bir 
vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi. 
Energiya oqimi. 
Ekosistemalardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning 
aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o`simliklar hayot uchun zarur bo`lgan kimyoviy
moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to`playdi va Quyosh energiyasi 
kimyoviy eneraiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy 
qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini 
tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Usimlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, 
kal’tsiy, marganets kabi elementlarninr bir me`yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday 
organizmlar avtotroflar deb ataladi. O`simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi 
geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral 
tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o`simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo`lgan 
darajagacha parchalaydi. Shunday qilib biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi. 
Moddalarning bunday davriy aylanishi hayot uchun zarur sharoit bo`lib, bu uzoq evolyutsiya 
jarayonida vujudga kelgandir. Geterotroflar ya`ni hayvonlar, zamburug’lar va bakteriyalar ikki 
guruhga bo`linadi. Bulardan birinchisi iste`mol qiluvchilar, ya`ni konsumentlar ozuqa sifatida 
tirik organizmlardan foydalanib, organik moddalarni o`zgartiruvchi, qisman parchalovchi 
geterotroflardir. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o`simliklardagi organik moddalarni 
oxirigacha parchalay olmaydi. Har bir tur organik moddani muayyan darajada parchalay oladi
xolos. Bunday turlardan qolgan chiqindilar esa boshqa geterotrof organizmlarga em bo`ladi. 
Geterotroflarning ikkinchi guruhi emiruvchilar yoki redutsentlar (redutsentlar, 
zamburug’lar, bakteriya) o`lib, bular o`lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni 
parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantira oladi. Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida 
vujudga kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo`ladiki, bular boshlang’ich 
ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib turli yo`llar bilan tabiatda 
moddalarning davriy harakatini ta`miklaydi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, 
mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o`zgarishlar energiyani 
yo`qotish bilan bog’liq bo`lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. Jamoalardagi ozuqa 
zanjirlari juda murakkab bo`lib, ular aslida yashil o`simliklar tomonidan hosil qilingan 
energiyani 4-6-bo`g’in orqali o`tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish 
yo`li hisoblanib, ozuqa zanjiri deb ataladi. 
Ozuqa zanjiridagi har bir bo`g’inning o`rni trofik darajani tashkil etadi. Ozuqa zanjirlariga 
doir misollar tabiatda juda keng tarqalgan. O`txo`r hayvonlarning o`simliklarni iste`mol qilishi, 
go`ngxo`r va o`laksaxo`r hasharotlar hamda chirituvchi mikroorganizmlarning hayvonlar 
chiqindilari va o`laksalari bilan kun ko`rishlari hammaga ma`lum. Lekin tabiiy sharoitda ozuqa 
zanjirlari murakkab va ko`p bo`g’inli bo`ladi. Organizmlar orasida ham go`shtxo`r, o`txo`r va 
har xil ozuqani iste`mol qiladigan turlar oz emas. Turli ekosistemalarda energiya oqimining 
sarflanish zanjiri orqali o`tish quvvati va tarqalishi turlicha bo`ladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin