A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
ekologiya.maruza

Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi. 
Populyatsiyalar soninint 
o`zgarishi avvalo o`z-o`zini idora etish jarayoni hisoblanib, ikki xil, ya`ni modifikatsion va 
regulyatsion boshqaruvchilarga ajratiladi. Har qanday populyatsiya ma`lum sharoitda o`rtacha 
darajadagi individlar soniga ega bo`ladi. Populyatsiyalar sonining modifikatsion o`zgarishi 
tasodifiy hodisa bo`lib, populyatsiyaning zichligi bilan bog’liq bo`lmagan turli omillar ta`sirida 
sodir bo`ladi. Populyatsiyalar sonini modifikatsiyalovchi omillarga barcha abiotik omillar, 
organizmlarning o`zaro ta`siri, ozuqaning miqdori va sifati, dushmanlarning faolligi va boshqalar 
kiradi. Regulyatsion o`zgarishlar populyatsiyaning dastlabki holatiga qaytishi hisoblanib, 
regulyatsiyalovchi omillar faqat populyatsiya sonini o`zgartirib qolmay, uning tebranishlarini 
ham kamaytiradi. Regulyatsiyalovchi kuchlar sifatida organizmlar o`rtasidagi, turlar ichidagi va 
turlararo munosabatlar katta rol’ o`ynaydi. Tabiiy sharoitda populyatsiyalar sonining o`zgarishi 
o`z-o`zidan idora etiladigan jarayondir. Inson tomonidan qulay ravishda hosil qilingan 
jamoalarda boshqaruvchi bog’lanishlar kuchsiz bo`lganligi uchun biotsenozda ayrim turlarning 
haddan tashqari ko`payib ketish xavfi kuzatiladi. 
Organizmlar sonining o`zgarishini aniqlashda o`zgartiruvchi va boshqaruvchi omillar 
katta amaliy ahamiyatga ega. Populyatsiyalar soni o`zgarishining uch asosiy turi ma`lum. 
Ularning birinchisi barqaror tur hisoblanib, populyatsiyalar soni biotsenozda uncha o`zgarmaydi, 
ya`ni populyatsiyaning gomeostazi holati yuz beradi: bunga yuqori yashovchanlik ko`rsatkichi 
va boshqa xususiyatlar sabab bo`ladi. Ikkinchisi fluktuatsion tur deb ataladi va bunda ma`lum 
oraliqlarda populyatsiyalar soni o`zgarishga uchraydi. Fluktuatsion turda bir necha davr fazalar 
ajratiladi. Uchinchi tur portlovchi tur, deyiladi. Bunda populyatsiya to`satdan son jihatidan 
ko`payib ketadi, uning barqoror holatga kelishi ham sekin boradi va bir necha bosqichlarni 
o`taydi. 
Populyatsiyalarning o`zgarish mexanizmi o`rmon jamoalaridagi hasharotlarda yaxshi 
o`rganilgan. Hasharotlar deyarli daraxtlarning barcha qismlari bilan oziqlanadi, lekin 
o`simliklarga xavf tug’dirmaydi. Ba`zi turlar o`troq hayot kechirgani uchun ularni tekinxo`r 
ancha zararlab turadi. Populyatsiya soni o`zgarishining ikkinchi tur ko`rinishda borishi 
ko`pchilik ksilofag (po`stloqxo`r va yog’ochxo`r) lar uchun xarakterlidir. Mo`ylovdor 
qo`ng’izlar va po`stloqxo`rlarning daraxtlarga birgalikda tushishi va yashashi xarakterlidir. Bu 
esa o`z navbatida ular o`rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, natijada populyatsiyalar son jihatidan 
o`z-o`zidan boshqarilishga olib keladi. Portlash yo`li bilan yalpi ko`payish o`rmondagi ayrnm 
hasharot turlari uchun hosdir. Zararkunandalarnnng son jihatdan o`zgarishiga ta`sir etuvchi 
omillarni aniqlash ularga nisbatan u yoki bu kurash choralarini qo`llash muddati va kurash 
me`yorini aniqlash kabi imkoniyatlarni beradi. Har qanday holatda ham populyatsiyaning 


o`ztarish mexanizmini aniqlashda har bir turning ekologik xususiyatlari, tur atrofidagi biotik 
sharoitlar va o`zgartuvchi (modifikatsiyalovchi) omillarning ta`sir etish xarakteri haqida to`liq 
ma`lumotga ega bo`lish kerak. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin