Hududiy majmuali ekologik muammolar.
Bu toifadagi ekologik muammolar ma`lum
tabiiy kompleksga tegishli bo`lib, resurslarda oqilona foydalanmaslik natijasi tarkib topadi. Bu
toifadagi bir necha sabablar va omillar ishtirok etganligi tufayli muammolar majmualigi bilan
ajralib turadi. Ba`zan yirik hududlarda faqat bir omil ta`sirida ushbu muammo rivojlanishi
mumkin. Orol dengizi va Orolbo`yi vohalarida grunt suvlari sathini ko`tarilib ketishi natijasida
melirotiv-gidroekologik vaziyatni yomonlashuvi, ariq mintaqada cho`llashish va boshqa hududiy
majmuali muammolar eng dolzarb, o`zgaruvchan, oqibati salbiy hodisalarni keng tarqalishiga
olib kelayotganligi bilan tavsiflanadi.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq va hududiy majmuali ekologik muammolar
murakkabligi, ko`p omilligi, serqirraligi va ko`p vaqtdan beri shakllanib kelayotganligi hamda
ularning barchasini bir-birlari bilan bog’liq. O`zaro aloqada, ta`sirida bo`lganliklari sababli
ularni echimi ham o`ta murakkabligi, chalkashligi bilan xarakterlanadi. Bu borada eng dolzarb,
eng dinamik, ustivor, bosh muammolar guruhi aniqlanishi va ular bilan to`g’ridan-to`g’ri
(bevosita) xamda bevosita va aloqada bo`lgan (1 darajali uzaro ta`sir va aloqa) muammolar
ajratilishi maqsadga muvofiq. Ular muammolar guruhlari orasida boshlovchi (xarakatga
keltiruvchi) funktsiyasini bajarayotganliklari tufayli umumiy ma`lum tezlikda (faollikda)
xarakatga keladilar. SHuni e`tiborga olib umumiy echim strategiyasini tanlashda boshlovchi yoki
harakatga keltiruvchi bosh faol muammolar aniqlanib echim taktikasi asoslanishi maqsadga
muvofiq.
O`zbekistonda bosh ekologik muammolar sifatida bizningcha, suv, ep, atmosfera havosini
ifloslanishi va o`simliklar degratsiyasini ko`rsatish mumkin, chunki barcha muammolar
tizimlaridan yo`nalgan faraziy aloqa va ta`sir yo`nalishlari shu bosh muammolarga kelib
taqaladi. Ular orasida suv va ep muammolari eng ustivor bosh muammolar bo`lishi mumkin.
Respublika hududining arid sharoitida suvga bo`lgan talabi (O`zbekistonda suv tanqisligi 70-
yillardan boshlab sezila boshlangan va bu jarayon bundan buyon ham jiddiylashib boradi) katta,
lekin u chegaralangan, har qanday talab belgilangan limitdan ortmaslik kerak yoki suvni iktisod
kilinishi xisobga yangi talabni qondirish mumkin. Mazkur suv tanqisligi sharoitida mavjud suv
resurslarini antropogen ifloslanishi muammoni yanada jiddiylashtirmoqda, bunda daryolarning
o`rta va quyi oqimlarida axolini ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlashni iloji bo`lmayapti,
shuningdek sug’orma erlarga daryolarning sho`r suvlari bilan ortiqcha tuz kelib to`planmoqda.
Bunda vohalarda grunt suvlari sathini ko`tarilishi natijasida gidromeliorativ va gidroekologik
vaziyatlari tang muammolari, sun`iy ko`llarni vujudga kelgani, kanallardan suvni gruntga
shimilib o`tishi (u 30-35% ni tashkil qiladi), sug’orish texnikasining etarli darajada samarador
emasligi (40-45% suv tuproqka shimilishga sarf bo`ladi) va boshqa jarayonlar suv muammosini
keskinlashtirmoqda. Ep usti suvlarining ifloslanishi ep osti suvlarini sifatini buzilishiga ta`sir
etmoqda.
Suv muammolarining echimi borasida bosh tadbir, bizningcha, avvalo suvdan oqilona
foydalanishni yo`lga qo`yish, buni birinchi navbatda sug’orma dehqonchilikda qullanishi talay
suv hajmini iqtisod qilishga imkon beradi. Sug’orish me`yorini gidromodul’ rayon
ko`rsatkichlariga qadar kamaytirish bilan 20-30% suvni tejash mumkin. Mavjud sug’orish
texnalogiyasini joriy etish bilan yana 30-40% suv hajmini iqtisod qilishga erishiladi. egat oralab
sug’orishni zamonaviy sug’orish texnologiyasi - yomg’irlatib, tuproq ostidan tomchilatib, diskret
usullarini qo`llash katta samara berishligi avvaldan fanga ma`lum, chet ellarda amalda keng
qo`llanilmoqda. Sug’orish me`yorini biologik me`yorga qadar kamaytirish bilan sug’orish
suvlarini gruntga bekorga shimilib o`tadigan qismini cheklash imkoniyati vujudga keladi. Bu
bilan grunt suvlarini vujudga keltiradigan sug’orish suv hajmi keskin kamayadi va shu bilan
birga qaytgan suvlar miqdori ham o`z navbatida bosqichma-bosqich kamaya boradi. 50-
yillarning oxirlarigacha respublikada qaytgan suvlar deyarli bo`lmagan, chunki ekinlarni
sug’orish me`yor asosida olib borilgan.
Suvni sanoat, transport, qurilish, baliq xo`jaligi, maishiy-kommunal xizmatlarida ham
yangi texnologiyani qo`llash, suvdan foydalanishni barcha sohalarda me`yorlash, suvdan
foydalanishning pullik yo`liga o`tish, ayniqsa ifloslantirilganligi uchun katga hajmda jarima
to`lashni joriy etish muammoni echimini tezlashtiradi. Bu borada mutaxassislar ishtirokida
o`lkada suvdan foydalanishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini har tomonlama
hamda chuqur ishlab, resurslardan foydalanuvchilar va olimlar, mutaxassislar o`rtasida
muhokama qilib, ishlangan ilmiy kontseptsiya ishlab chiqilishi maqsadga muvofik. U ko`p yilga
mo`ljallangan bo`lishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilib borishi lozim. Erdan foydalanish,
ayniqsa sug’oriladigan erlardan samarali foydalanishni amalga oshirish eng avvalo erlarning
meliorativ holatini tubdan yaxshilash bilan erishish mumkin. Bu borada tuproqlarni
sho`rsizlantirish melioratsiyasini amalga oshirish bilan vohalarning yarmidan ko`p qismidagi
sho`r erlarni ahvolini sifat jihatdan butunlay o`zgartirishga erishish asosiy masala bo`lishi kerak.
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR
1. ekologik muammo deganda nimani tushunasiz?
2. O`bekistonda qanday ekologik muammolar mavjud? Suv resersini ifloslantiruvchi manbalarga
nimalar kiradi?
3. Atmosfera havosi qanday omillar ta`sirida ifloslanbi bormokda?
4. O`zbekistonning o`simlik va hayvonot dunyosi nima kambag’allashib bormoqda? Tuproq
unumdorligining pasayib borishiga sabab nima?
5. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish
zarur?
Dostları ilə paylaş: |