A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116
ekologiya.maruza

Jahonning er fondi 
.
Sug’oriladigan erlar sal kam 4,3 mln. gektardan iborat, shundan 1,6 mln.ga dengiz sathidan 
400-500 metrgacha bo`lgan balandlikdagi cho`l zonasida, qolgan qismi sur qo`ng’ir tuproq 
mintaqadir. Sug’oriladigan erlar Farg’ona vodiysi, Zarafshon, CHirchik, Ohangaron, 
Qashqadaryo, Surxon, Sherobod vodiylarida. Amudaryoning quyi qismlarida katta maydonlarni 
egallaydi. Jami sug’oriladigan maydonning qariyb 3 mln. gektari ekinzor. Lalmikor erlar 
maydoni 767 ming. ga dan ziyod. ekin ekish uchun etarli darajada namlik to`planadigan erlardan 
foydalaniladi. Lalmikor yerlar Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Jizzax viloyatlarida 
joylashgan. Cho`l yaylovlari O`zbekistonda eng katta maydon 22,8 mln. ga ni tashkil etadi
shundan 10 mln. ga sur qo`ng’ir tuproqli, qariyb 13 mln. ga qumli erlar va qumli tuproqlar. 
qolgan qismi o`tloq-taqir tuproqlar va taqir hamda sho`rhoklardan iborat. Cho`l-yaylov 
joylardagi sug’orishga yaroqli yalpi maydon qariyb 12 mln. ga. qishloq xo`jaligida 
foydalanilmaydigan erlarning katta maydonlari Ustyurt platosi, Qizilqum cho`llari, Boysuntog’, 
Bobotog’, Turkiston va Janubiy-g’arbiy Tyanshan tog’lari joylashgan hududlarga to`g’ri keladi. 
SHuning 66,6%i yoki 11103 mln. gektar yer faqat Qoraqalpog’iston Respublikasiga to`g’ri 
keladi. 
Shunday qilib Respublika qishloq xo`jaligi egallagan 15% er maydon, 95% dan ortiq 
o`simlik mahsulotini beradi.Hozirgi vaqtda er resurslarini holati faqat iqtisodga ta`sir etmasdan
u ekologik sharoitga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. 
Yer resursi tabiatni asosiy boyligi - birligigina bo`lib qolmasdan, u davlatning iqtisodiy 
o`sishiga ham ta`sir ko`rsatadi. Keyingi 35-40 yillar ichida sug’oriladigan er maydoni 1,5 
barobarga kengaytirildi. Ayniqsa, 1970-1985 yillarda sug’oriladigan erlar 2,8 dan to 4,0 mln. 
gektarga yoki 43% ga ortdi. Yangi sug’oriladigan yerlar asosan Qashqadaryo-Surxondaryo, 
Samarqand-Jizzax, Qoraqalpog’iston-Xorazm regionlariga to`g’ri keladi. 


Professorlar e.Nabiev va A.Qayumovlarning hisobicha (2000 yil) Respublikada 
haydaladigan va sug’oriladigan erlarning aholi jon boshiga hisoblangan ko`rsatkichlari yildan-
yilga kamaymoqda. 1987-1997 yillarda aholi jon boshiga to`g’ri keluvchi erlarning hajmi 
16,5%ga, sug’oriladigan erlarning hajmi esa 9,0%ga qisqardi. Erning chirindi tarkibi yildan-
yilga yomonlashmoqda (chirindi salmog’i 30-50%ga kamaydi). Bugungi kunda chirindi bilan 
ta`minlanganlik darajasi past bo`lgan tuproqlar sug’oriladigan erlarning salkam 40%ini 
egallaydi. Yangi erlarni ochilishi va o`zlashtirilishi u yerlarning sifatiga va meliorativ holatiga 
ta`sir ko`rsatadi. Sug’oriladigan erlarning eng manfiy tomoni bu - sho`rlanishdir.
Insonning ta`siri ayniqsa sug’oriladigan yerlarga kuchli bo`lib hisoblanadi. Inson 
dehqonchilik faoliyatida erga nisbatan to`g’ri munosabatda bo`lsa, tuproqning holati va biologik 
xususiyati yaxshilanadi, hosildorlik ortadi. Aks holda buning teskarisi yuz beradi. Ko`pincha biz 
insonning tuproqqa nisbatan ijobiy ta`siri emas, balki salbiy ta`sirining guvohi bo`lamiz. 
Natijada tuproq holati buziladi, ya`ni u sho`rlanadi, eroziyaga uchraydi, tuproq tuzilishi, sifati 
buziladi, o`t bosadi va boshqa salbiy hollar yuz beradi. Masalan, O`zbekistonning tog’ va tog’ 
oldi rayonlaridagi tuproqlarning 50% i eroziyaga uchragan; sug’oriladigan zonada esa 600 ming 
gektar yer suv va shamol eroziyasiga uchragan, 1,3 mln. gektar er sho`rlangandir, ya`ni bu 
respublikadagi sug’oriladigan yerlarning deyarli 50% i yaroqsiz holga kelgan demakdir. 
SHunday ekan, tuproqni muhofaza qilish ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu sohada 
birinchi navbatdagi vazifa tuproq eroziyasining oldini olish va tuproqning sho`rini yuvishdan 
iboratdir. Buning uchun qator tadbirlar, chunonchi, tashkiliy xo`jalik tadbirlarini, agrotexnik 
tadbirlarni, gidrotexnik, irrigatsiya, o`rmon meliorativ tadbirlarni, tuproqning ifloslanishini 
oldini olish va boshqalarni amalga oshirish zarur. Masalan, shamol eroziyasiga qarshi kurashda 
ihotazorlar tashkil etish va daraxtlar ekish, almashlab ekishni to`g’ri yo`lga qo`yish, tuproqni 
agrotexnika talablari darajasida chuqur haydash, tuproqqa tabiiy o`g’itlar berish, ko`chma 
qumlarni mustahkamlash, tuproqning qayta sho`rlanishiga yo`l qo`ymaslik (zovur, drenajlar 
tashkil etish orqali) sho`rlangan erlarni muntazam ravishda yuvib turish, sug’orish me`yoriga 
amal qilish, sug’orish madaniyatini ko`tarish va boshqa qator ilg’or usullarni ishlab chiqish va 
uni hayotga tatbiq etish zarur. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin