agrotexnik, o`rmon melioratsiyasi, gidrotexnik. Agrotexnik chora-tadbirlarda almashlab ekishni to`g’ri amalga oshirish, ko`proq o`tli
o`simliklarni ekish, o`z vaqtda o`g’it solish va o`simliklar zichligini oshirish kerak.
O`rmon melioratsiyasi natijasida o`simliksiz qolgan tog’ yonbag’irlarini, tekislik-qumli yaylovlarni turli
buta, daraxtlar bilan qoplash kiradi.
Gidrotexnik chora-tadbir majmuasiga tog’ yonbag’irlarni yuvish va uyilishdan saqlash
uchun gidrotexnik qurilmalar qurish (to`g’onlar, terrasalar). Tog’li hududlarda yana oqimni
to`suvchi va to`xtatuvchi devorlar, tosh-shag’al-tuproq-yog’ochlardan foydalangan holda
qurilmalar qurish kerak. SHamol eroziyasiga qarshi kurash o`ziga xos chora-tadbirlarni qamrab
oladi. qumli, qumoq tuproqli erlarda va ko`chma qumliklarda asosan mexanik to`siqdan
foydalaniladi. eroziya natijasida tuproqning tarkibi buziladi va uning unumdorligi pasayib ketadi.
Ammo, ifloslanish tufayli tuproqning kimyoviy va biologik xususiyatlari o`zgaradi.
Tuproqning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi xo`jaligimizga katta zarar
etkazmoqda. Turli zararli moddalar havodan, suvdan kelib tuproq hosildorligini kamaytiradi,
ba`zan tuproqni butunlay ishdan chiqaradi. Olimlarning guvohlik berishicha kimyoviy zararli
moddalarning xavfi AESlarning radioaktiv chiqindilari xavfidan 9 barobar xavfliroq ekan.
Hozirgi vaqtda jahon bo`yicha ekinlarni himoya qilish uchun turli kimyoviy moddalardan
gektariga 300 gramm, g’arbiy Yevropa va AQSHda 2-3 kilogramm, Afrika va Lotin Amerikasi
mamlakatlarida 200 gramm solinayotgan bir vaqtda paxta dalalarimizda ishlatilayotgan
kimyoviy moddalarning yillik miqdori (1990 yil) gektariga 57,7 kilogrammni tashkil etgan
bo`lsa, undan foydalanish 1995 yili 1.5 barobar qisqargan. Zaharli moddalar tuproq qoplamida
yildan-yilga yig’ilib, to`planib boradi. U nafaqat tuproq qoplamini zaharlaydi, hatto insonlarda
turli kasalliklarni keltirib chiqarishga sababchi bo`ladi (sariq, oshqozon, ichak va rak
kasalliklari). Chunki, tuproqka qo`shilgan chiqindilar ichida simob, qo`rg’oshin, ftor kabi o`ta
zaharli birikmalar to`plangan bo`ladi.
Sug’oriladigan erlarni baholash ball bilan olib boriladi. Ballar tuproqni tadqiqot qilish
orqali ya`ni tuproq boniteti orkali baholanadi. "Uzgiprozem" ma`lumoti bo`yicha sug’oriladigan
erlarini sifati (bonitet) O`zbekiston bo`yicha o`rtacha 59 ball olinadi. Ballar 41 ball -
Qoraqalpog’iston Respublikasining, eng yuqorisi esa Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga
to`g’ri keladi 63 ball. Shunday qilib, qishloq xo`jaligiga yaroqli erlar xalq boyligi ekanligini
unutmasligimiz kerak. Yerdan to`g’ri foydalanish, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarnp o`tkazishda
er kadastrini o`rni boshqa. Yer kadastri erni baholashda qo`l keladi, ya`ni erning tabiiy, xo`jalik,
huquqiy holati va iqtisodiy bahosi aniq va zaruriy ma`lumotlar bilan belgilab beradi. Er kadastri
asosan erdan to`g’ri foydalanish va uni muhofaza qilishga bog’liq bo`lgan barcha tadbirlarni
amalga oshirishga xizmat qiladi. O`zbekistonda er va er resurslaridan foydalanishni tartibga
solish maqsadida 1994 yili O`zbekistoi Respublikasida "Yer to`g’risida"gi qonuni
takomillashtirtilgan variantda qabul qilingan.