o`z holicha boshqa shaxslarga berish ta`qiqlanadi. Er davlat va jamoat ehtiyojlari uchun zarur
bo`lib qolganda davlat tomonidan olinishi mumkin.
Yer sharining 149 mln. km
2
quruqlik maydoni turli er turkumlariga bo`linadi (2-jadval). Er
"tabiat va jamiyat" majmuasida suv va havo kabi qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning asosiy
vositasi hisoblanadi. Yer sharida quruqlikning inson foydalanadigan qismi 82 mln.km
2
(65%).
Shu jumladan: faol foydalanadigan quruqlikda qurilgan joylar, shudgor va yo`llar 22,3 mln. km
2
(15%)ga teng keladi. quruqlikda kam harajat bilan o`zlashtirish mumkin bo`lgan erlar zahirasi 9
mln.km
2
' (6%)ni tashkil etsa, o`zlashtirish qiyin va ko`p mablag’ sarflanadigan erlar (cho`llar,
botqoq, baland tik-tog’ cho`llari) 35,7 mln.km
2
(24%)ni egallaydi. Hozirgi kunda inson ta`sirida
ishdan chiqqan erlar (tuproq emirilishi, sho`r bosish, botqoqlashish) maydoni 4,5 mln.km
2
(3%)dan ortib ketdi. Inson bir butun tabiatga turlicha ta`sir ko`rsatmoqda. Masalan, barcha
xo`jalik-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv - 3,8 mln.km
3
ni tashkil etsa, shu jumladan
sug’orish uchun 3 mln.km
3
ni, sanoat-maishiy oqavalar bilan ifloslangan suv hajmi 6,5 ming km
3
dan ortib ketdi. Er yuzasida Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikalar katta er fondiga ega.
Er fondi nima? Davlat chegaralariga qadar bo`lgan hamma erlar. Davlat er fondi qishloq
xo`jalik maqsadlarida foydalanish uchun jamoa xo`jaligi va boshqa xo`jaliklarga berib qo`yilgan
qishloq xo`jalik erlaridan, aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq
aholi joylarining erlaridan), sanoat. transport, kurort, qo`riqxonalarning erlaridan va boshqa har
xil erlardan (davlat o`rmon fondlari erlaridan, davlat suv fondlarp erlaridan) iborat.
O`zbekistonning umumiy er fondi 1997 ma`lumoti bo`yicha 44,45 mln. gektar, shundan
salkam 32 mln. gektari qishloq xo`jaligiga karashli erlar. Respublikaning er fondi foydalanish
bo`yicha xplma-xil. Mamlakat umumiy er fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda
foydalaniladi. Qishloq xo`jaligi erlari ichida katta salmoq (83,5%)ni o`tloqlar va yaylovlar
egallaydi. Undan keyin haydalgan erlar (14,9%), ko`p yillik ekinlar - bog’lar va tokzorlar
(1,4%). qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan va boshqa turdagi erlarni ulushi Respublika jami
er fondining 37,3% ga teng.
Dostları ilə paylaş: