va silliqlaydi. Korroziya natijasida turli rel’ef shakllarga ega bo`lgan qoya, jar, toshlarni
ko`rishimiz mumkin. Bundan jarayonlarni suv ostida ham uchratish mumkin. SHamol eroziyasi
oqibatida qumlar ko`chib, yangi qum rel`ef shakllari vujudga keladi va qo`shni
hududlarga
surilib, bostirib borishi mumknn. Bunday jarayonlarni Markaziy Xitoy, AQSH, Shimoliy
Afrika, Avstraliya va O`rta Osiyoda kuzatishimiz mumkin. Ko`chma qumlarning o`zlashtirilgan
qadimgi vohalarga bostirib kirganligi tariximizdan ma`lum. Quyi Zarafshon, Qarshi cho`li, quyi
Amudaryolarning qadimgi sug’orilgan erlari hozirgi vaqtda ham qum ostida. erozion
jarayonlarni oldini olish; sug’oriladigan, lalmi va yaylov erlarda eroziyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlar majmuasi hozirgi kunda ham qo`llanib kelinmoqda.
Shunday qilib, erozion jarayonlarni rivojlanishining asosiy sabablari faqatgina joyning
tabiiy sharoiti rel’efi, iqlimi. o`simligi va tuproqning xususiyati bo`lib
qolmasdan, insonni tog’lik
va tekislik hududlaridan noto`g’ri foydalanish oqibatidir (yaylovlardan noto`g’ri foydalanish,
o`rmonlardan rejasiz foydalanish, o`rmon yong’inlari, kasalliklar va boshqalar, tog’
yonbag’irlarida va tekisliklarda suv va shamol eroziyasiga uchragan erlarni noto`g’ri ishlash).
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Dostları ilə paylaş: