A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
ekologiya.maruza

 
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR 
6.
Yerdan foydalanuvchilarga qanday majburiyat yuklanadi? 
7.
Yer sharida quruqlikning inson foydalanadigan qismi qancha? Yer fondi nima? 
8.
O`zbekistonda yer fondining qancha gektari dehqonchilikda qanday foydalaniladi? 
9.
O`zbekistonda sug’oriladigan erlarning necha foizi sho`rlangan? 
10.
Insonni tuproq qoplamiga ijobiy va salbiy ta`siriga misollar keltiring. Suv eroziyasi 
necha xil bo`ladi? O`zbekistonda ko`chma qumlar qaerlarda uchraydi? 
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlar guruhi nimalardan iborat? Tuproq boniteti nima? 
 
 
15-MAVZU. EKOLOGIK EKSPERTIZA UNING MAKSADI MAZMUNI VA 
VAZIFALARI 
O`zbekistan Respublikasi Davlat ekologik ekspertizasi 1980 yilda Gidrometeorologiya 
va atrof-muhit ifloslanishini nazorat qilish qo`mitasining Atrof-muhitni nazorat qilish Markazi 
negizida tashkil topgan va u atmosfera havosini ifloslanish darajasini oldini olish masalalari bilan 
chegara-langan edi. Atrof-muhitga xo`jalik faoliyati ta`sirini baholashni o`z ichiga olgan 
Davlat ekologik ekspertizasining to`liq rivojlanishi, O`zbekistan Respublikasi Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo`mitasi tashkil etilishi bilan boshlandi. 1992 yilning dekabrida 
O`zbekistan Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to`grisida»gi Qonuni kabul qilinishi 
bilan Davlat ekologik ekspertizasi xo`jalik faoliyati amalga oshirish bo`yicha qaror qabul 
qilinishidan avval atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo`yicha majburiy chora sifatida huqukiy 
maqomni oldi. Unda Davlat ekologik ekspertizasi maqsadi va ob`ektlari belgilangan. Shu 
davrdan boshlab xo`jalik faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta`sirini kamaytirish bilan bogliq 
bo`lgan yangi progressiv yondashuv, ya`ni uning atrof- muhitga ta`sirini baholash jarayoni 
boshlandi. Rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish to`g’risida qaror kabul kilingunga 
kadar, ushbu faoliyatning ekologik omillarni oldindan hisobga olgan holda atrof-muhitta salbiy 
ta`sirini kamayti-rishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan «Transchegaraviy kontekstda atrof-
muhitga ta`sirni baholash to`g’risida»gi Konventsiyaning qabul qilinishini ham shu davrga to`g’ri 
keladi. Keyinchalik, ob`ektlar Davlat ekologik ekspertizasida o`tkazish va atrof tabi-iy muhitga 
ta`sirini baholash boshqaruv hujjati va ko`llanmasi ishlab chiqildi, O`zbekistan Respubli-kasining 
«Ekologik ekspertiza to`g’risida»gi (2000 yil) Qonuni qabul qilindi va O`zbekistan Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasinining 2001 yil 31 dekabr-dagi 491-sonli qarori bilan «O`zbekistan Respubli-
kasida davlat ekologik ekspertizasi to`g’risida»gi Nizom tasdiqlandi. Qonunchilik asosida, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tabiatni muhofaza qilish 
ko`mitalari huzurida o`zida mahsus ekspertlar guruhini jamlagan Davlat ekologik eks-
pertizasining yagona tizimi yaratildi. Davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazilishi lozim 
bo`lgan ob`ektlar qonun bilan aniqlangan bo`lib, unga asosan faoliyat turlarining atrof-
muhitga ta`sir darajasiga ko`ra 4 ta toifalarga bo`lingan: yuqori, o`rta, past va mahalliy 
ta`sir. YUqori va o`rtacha havfli toifalarga mansub ob`ektlar O`zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi Bosh davlat ekologik ekspertizasida, past va muayyan 
havfli toifalarga mansub ob`ektlar — mintaqaviy ekspert guruhlari tomonidan ko`rib chiqiladi. 
Atrof tabiiy muhit muhofazasi, tabiiy re-surslardan oqilona foydalanish masalalari tabiatdan 
foydalanishning ilmiy asoslangan iktisodiy va hukuqiy mexanizmlariga asosan respublikaning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo`nalishi bilan bog’liq holda ekologik ekspertiza 
o`zining muhimligi tusini oldi. Davlat ekologik ekspertizasi tizimining asosiy harakati, 
loyihalarni ekologik baholash tizimini, davlat ekologik ekspertizasi sifatini takomillashtirish va 
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbirlarini bajarilishi nazoratini kuchaytirish hisobiga 
atrof tabiiy muhitga ta`sir etuvchi salbiy asoratlarni yo`qotishda natijalarga erishish 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin