A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
ekologiya.maruza

 
 


16-MAVZU. O’ZBEKISTONDA TARKIB TOPGAN EKOLOGIK VAZIYATLAR 
VA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH 

Ekologik muammolarning vujudga keltiruvchi manbalar. CHuchuk suv muammosi. 
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Er resurslari va ularning ekologik 
muammolari. O`zbekiston organik dunyosini muhofaza qilish muammolari. Ma`danlardan 
foydalanish oqibatida vujudga kelgan ekologik muammolar. Aholi salomatligi va ekologiya. 
ekologik muammolar echimining asosiy yo`nalishlari.
O`zbekistonda aholining xo`jalik faoliyati bilan bog’liq bo`lgan ko`plab ekologik 
muammolar tarkib topgan. Ularning funktsional holatini ilmiy keng miqyosida chuqur tahlil 
qilish bilan tabiiy muhitni ekologik muvozanatni barqarorlashtish imkoniyatlari aniqlanadi, 
nomatlub hodisalarning taraqqiy qilish yo`llarini oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqadi. 
1960-yillardan e`tiboran tabiiy resurslardan ekstensiv xarakterda keng miqyosda foydalanishning 
kuchayishi, suv va havo havzalarining ifloslanishi, boyliklarni qashshoqlanib borishi, 
yaylovlarning buzilish yo`nalishiga o`tishi va boshqa salbiy hodisalar O`zbekistonda ko`plab 
ekologik muammolarni tarkib topishiga ta`sir ko`rsatadi. Avvaliga ekologik muammolar ayrim 
resurslar (komponentlar) bilan bog’liq holda rivojlangan bo`lsa, 80-yillar boshlab hududiy 
muammolarga aylana bordi. ekologik muammolarni tarkib toptiruvchi va xarakatga keltiruvchi 
asosiy omillar havo va suvning ifloslanishi, tuproqning degradatsiyalashuvi, o`simliklarning 
mahsuldorligini keskin darajada kamayib borishi, eroziya, sho`rlanish eol qum shakllarini 
vujudga kelishi va boshqa hisoblanadi. eng muhimi aholi orasida turli kasalliklarni tarqalishi, 
yosh go`daklarning o`lim koeffitsentini ortib borishi, umuman aholi orasida o`lim miqdorning 
ortishi ekologik vaziyatning tangligini jiddiylashtiradi. Qishloq joylarda ichimlik suvi, sanoat 
shaharlari va ularning atrofida atmosfera havosi hamda suv havzalarini ifloslanishi ekologik 
vaziyatning keskinlashuviga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Daryo suvlarining sifatini buzilishi 
sug’orma erlarda tuproqda tuz to`planishi, kimyoviy ashyolar, og’ir metallar, organik 
mahsulotlarning yig’ilishiga olib keladi. Binobarin sug’orilgan erlarning meliorativ xolati 
jiddiylashadi, tuproqdagi kimyoviy ashyolar ekinlarga o`tib ularning mahsulotlarini zaharlaydi. 
Chorva mollarining sog’ligiga putur etkazadi. Bularning barchasi ekologik vaziyatlarni 
keskinlashtiradi, o`z navbatida ma`lum yo`nalishda soha yoki majmuali muammo tarkib topadi 
va shakllanish bosqichiga o`tadi. ekologik muammolarni vujudga kelishi hududning tabiiy 
sharoiti, resurslardan foydalanish xarakteri, landshaftlarning strukturali-dinamik holati, 
barqarorligi, tabiiy-antropogen hodisalarning rivojlanish imkoniyatlari va ularni oldini olish 
tadbirlarini mavjudligi kabi jarayonlar bilan bevosita bog’liq. Bu borada resurslardan 
foydalanishni boshqarish muhim amaliy ahamiyatga ega, tabiatdan foydalanishning ilmiy 
tamoyillari ishlab chiqarishga qanchalik to`g’ri tadbiq etilgan bo`lsa ekologik muvozanat 
shunchalik mustahkam barqaror bo`ladi, noxush xodisalarni tarkib topish sabablarining 
potentsial imkoniyatlari kuchli darajada jilovlangan bo`ladi. Darvoqe, tabiatdan foydalanishni 
qanchalik omilkorlik bilan boshqarilsa, geotizimlarda ichki va tashki ziddiyatlar shunchalik 
cheklangan xamda dinamik xarakatlar yo’nalishi maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Yuqorida ta`kidlangandek ekologik muammolar odatda biror tabiiy resurs yoki geotizim 
bilan bog’liq bo`ladi. Bir ba`zan ikki yoki uch turdagi resurslar bilan bog’liq bo`lgan ekologik 
muammolar ham tarkib topdi. O`zbekistonda quyidagi ustivor ekologik muammolarni 
mavjudligi barchaga ma`lum: 1) suv, 2) atmosfera havosi, 3) er, 4) o`simlik, 5) hayvonot olami, 
6) ma`dan, 7) aholi sog’ligi. ekologik muammolar ma`lum ma`noda tabiatni muhofaza kilish 
muammolariga juda yaqin turadi, farq juda kam. SHuni hisobga olib ularni bir muammo 
tarkibida tadqiqot qilish maqsadga muvofiq..
Hududiy ekologik muammolar ularning miqyosiga qarab turli kattalikdagi maydonlarni 
egallaydi. Ularning barchasi ham ustivorligi bilan ajralib turadi, lekin Orol va Orolbo`yi 
muammosi eng ustivor va oliy darajali amaliy ahamiyati bilan jahonga ma`lum. O`zbekistonda, 
shuningdek butun O`rta Osiyo va Qozog’istonning tekislik qismi uchun suv muammosi eng 
ustivorligi bilan tavsiflanadi. Suv taqchilligi ko`plab xalq xo`jaligining sohalarini rivojlantirishni 
cheklaydi, boz ustiga mavjud suv resurslarini ifloslanib borayotganligi muammoni yanada 


keskinlashishiga va tanglikni kuchayishiga ta`sir etmoqda. XX asrning 50-60 yillarida O`rta 
Osiyoda suv muammosi amalda hali kun tartibida bo`lmagan. 60-yillarning oxiridan bu 
muammo tarkib topa boshladi. 70-80 yillarda shakllanib, bu jarayon xam davom etmoqda. 
Muammoni tarkib topishga vohalardan chiqayotgan qaytgan suvlarni 31 kub km bir qismini 
Amudaryo va Sirdaryo havzalariga tashlanishi bilan bog’liq. Bu hodisa daryo suvlarining 
ifloslanishiga olib keladi. Kollektor-zovur suvlari (KZS) tarkibida suvda eriydigan tuzlar, 
mineral o`g’itlar, pestitsidlar, sanoat, kommunal-maishiy va fermalarning oqava suvlari hamda 
boshqa toifadagi organik, biogen, kimyoviy tozalanmagan suvlarni qo`shilishi tufayli Amudaryo 
Termezdan, Sirdaryo, Uchqo`rg’ondan boshlab ichimlik sifatida foydalanish uchun mutlaqo 
yaroqsiz. Boz ustiga suvning minerallanish darajasini me`yordan 2-5 baravar ortib kelganligi 
sug’orishda foydalanishni xam murakkablashtirmoqda. Darvoqe, suv resurslarini ifloslanishi 
nafaqat sug’orma dehqonchilik, shuningdek, aholining ichimlik suvi sifatida foydalanishni, 
daryo yoqalaridagi to`qayzorlar del’talardagi yaylov, pichanzorlar va boshqa tarmoqlarni 
vegetatsiya faoliyati funktsiyasi, inson hayotini murakkablashtirmoqda, turli nomaqbul 
hodisalarni rivojlanishga ta`sir etmoqda. Boshqacha aytganda, suv bilan bog’liq sanoat va 
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishlarida qurilish, transport va aholi sog’ligi sohalarida ekologik 
vaziyatlarni tang ahvolga solishmoqda. Suv muammosi murakkab, ko`p qirrali, keng miqyosdir. 
U bir qancha kichik yoki bir aspektli muammolar majmuasidan iborat. Ularning jami bir-
birlariga bilan uzviy bog’liq va taqazo etadi. Suv muammosini echimida ularni barchasiga 
alohida ahamiyat berilishi va e`tiborga olinishi darkor. 
Tirik organizm hayotida havoning musaffoligiga suvdan boshqa komponentlarni solishtirib 
bo`lmaydi. Havo qanchalik toza va beg’ubor bo`lsa inson hayoti ham shunchalik sog’lomligi va 
mustahkamligi bilan tavsiflanadi. Sanoat shaxarlari va yirik aholi punktlari avtotransport 
qatnovining gavjumligi havoni ifloslantiradi. Ishlab chiqarish xarakterga qarab havoga ko`p 
turdagi chiqindilar chiqariladi. Masalan, respublika sharoitida chiqindilarning taqsimlanishi 
quyidagicha: uglerod oksid 53%, oltinguturt angidriti 15%, azot oksidlari 4%, uglevodorodlar 
8%, qattiq moddalar 5%, yuqori darajadagi zaharli o`ziga xos moddalar 15%. Keyingi vaqtlarda 
atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilarni miqdori 1985 yildan e`tiboran kamayib borish 
yo`nalishda bo`lsa 1996 yilda bu raqam 2,1 mln.t.gacha kamayadi. Bu jarayon ma`lum 
tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq. Umumiy chiqindilar majmuasida avtotransport ulushi 
ko`pligi bilan ajralib turadi. Sanoat korxonalarida chiqadigan chiqindilarning tarqalishi shamol 
harakati tezligi va yo`nalishiga bog’liq. Tog’ oldi va tog’ vodiylarida chiqindilar shamol ta`sirida 
katta hududlarga yoyiladi. Ohangaron, Chirchiq, Surxondaryo vodiylarida bu jarayon yaxshi 
ifodalangan. Ohangaron vodiysida Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati, Ohangaron tsement 
zavodi, Nurbol, Angren GRES chiqindilarining tarqalish miqyosi, ayniqsa katta hatto Chotqol 
biosfera qo`riqxonasida ham og’ir metallar changlarini uchratish mumkin. Kombinatning faol 
ta`siri 20-25 km gacha yaxshi seziladi. 
Atmosfera havosining ifloslanishi bilan «ishkorli» yog’in-sochin faoliyati, ozon 
qatlamining yupqalashishi, o`zgarishlar kabi muammolarni tarkib topishi aniqlangan. eng 
muhimi aholi sog’ligiga putur etish jarayoni intensivlashmoqda. Turli og’ir metallar ionlari odam 
organizmiga, chorva mollariga havo, suv, o`simlik mahsulotlari orqali o`tib og’ir kasalliklarni 
vujudga keltirmoqda. Benzapiren, kadmiy, simob, qo`rg’oshin, oltingugirt, vannadiy oksidi va 
boshqa moddalar kishi uchun og’ir asorat qoldiradi. Binobarin, havoning chiqindilar bilan 
ifloslanishini oldini olish uchun ma`lum chora tadbirlar majmuasi nihoyatda zarur. Insonning 
xo`jalik faoliyati aksariyat erda amalga oshadi. Er dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik 
negizi. Uzoq tarixiy yillardan beri insonni er boqib kelmoqda, kiyintirmoqda, sog’ligini 
tiklamoqda va hakozo. SHuning uchuy ham erdan turlicha foydalanish jarayonida turli 
muammolar tarkib topmoqda. Ularni barchasini bitta, ya`ni, Er muammosi deb atash mumkin. 
Insoniyat bugun tsivilizatsiya mobaynida 2,5-3,0 mldga erni muomaladan chiqardi. (Kovda 
1985). Hozir ham yiliga o`rtacha 15 mln ga er muomaladan chiqib bormoqda. Er muammosi 
ko`p aspektli, serqirrali va barcha hududlarga taalluqlidir. Erdan oqilona foydalanish dehqonga 
naf beradi, erdan noto`g’ri foydalanish uni qo`ldan ketishiga olib keladi. Erdan foydalanish 


jarayonida yuqorida aytib o`tilgandek tuproq eroziyasi, sho`rlanish, qashshoqlanishga mahkum 
etadi, bu jarayoi tuproq maxsuldorligini kamayib borishiga ta`sir etadi. 
O`zbekistonda sug’orma erlar «oltin» fond hisoblanadi, chunki qishloq xo`jaligidan 
keladigan jami daromadning 95% o`zlashtirilgan erlarga to`g’ri keladi. Lekin sug’orma erlarning 
(4,2 mln ga) yarmidan ko`pi (58%) turli darajada sho`rlangan, u hozirda progressiv o`sish 
yo`nalishda rivojlanmoqda. eng asosiy sabab vohalarda grunt suvlarining yotiq oqimini 
ta`minlanmaganligidir. Mavjud zovur tizimlari (46,7 m ga) dalalardan grunt suvlarini chetga o`z 
vaqtida chiqara olmayapti, boz ustiga 0,5 mln ga maydonda zovur tizimlari umuman yo`q. 
SHuning uchun ham paxta va boshqa ekinlarning hosildorligining kamligi bilan tavsiflanadi. 
Sug’orma erlarning sho`rlanish muammosi eng muhim, eng dolzarb, echimi o`ta zarur 
hisoblanadi, muammoni ijobiy hal qilish uchun barcha imkoniyat, resurs, ilmiy va amaliy 
ishlamalar, ilg’or tajribalar safarbar qilingan, biroq bularning samarasi ko`rinmayapti. eng 
asosiysi mavjud zovur tarmoqlari va tik zovurlar ahvoli talabga to`liq javob bermayapti, ularning 
loyqa, qamish bilan to`lib yotgani, tik zovurlarning samarali ishlamasligi gurunt suvlarini 
kollektorlarga o`z vaqtida chiqib ketishga to`sqinlik qilmoqda. Lekin muammo echimi hal 
bo`lishi lozim. Vohalarda irrigatsiya eroziyasi va deflyatsiyasi hodisalari keng miqyosda 
rivojlangan, bularning har biri alohida muammo hisoblanadi. Respublikadagi sug’orma erlardan 
2,9 mln ga er deflyatsiya va irrigatsiya eroziyasiga uchragan. Buning oqibatida tuproqlarning 
hosildorligi me`yordan ancha past, xar yili paxta, g’alla 
va boshqa ekinlardan kam hosil olinmoqda. Bu muammo sho`rlanishdan keyingi ustivor 
muammo hisoblanadi, bu ham o`z echimini sabrsizlik bilan kutmoqda. Tog’ yonbag’irlaridagi 
eroziya, lalmi erlardagi tuproq yuvilishini e`tiborga olinsa dolzarbligi yanada ortadi. 
Tekislikdagi vohalarda grunt suvlari sathini ko`tarib ketganligi ham eng dolzarb va o`ta 
muhim ekologik muammodir. Sug’orma erlarni zahkashligi er va binolar poydevorini osti 
kommunikatsiyalarning ahvolini og’irlashtiradi, qishloq va ba`zi shaharlarni kanalizatsiya 
tarmoqlari bilan ta`minlash darajasi hali ancha kamligi tufayli ularning sanitariya-gigienik 
holatini yanada murakkablashtiradi. Quduq suvlari va boshqa ochiq havzalar hisobiga ichimlik 
suvi sifatida foydalanayotgan aholi orasida turli kasalliklar tarqalishi tezlashmoqda. Bu muammo 
eng dolzarb va echimi tez fursatlarda hal qilinishi shart. Inson hayotida o`simlik olami beqiyos 
darajada muhim. O`simlik - bu kislorod, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, em-
xashak, tabobat olami, dam olish maskani, dori-darmon, qog’oz va boshqa ko`plab mahsulot 
etkazib beradigan beg’ubor, inson uchun eng zarur tabiat resursi, bioxilma-xillik olam go`zalligi, 
rekreatsiya boyligi. O`zbekiston bu borada o`simlik dunyosining boyligi (4 ming turdan ziyod) 
jihatdan oldingi o`rinlarni egallaydi. 
O`rmonlar respublikada cho`l, tog’ yon bag’irlari va daryo qayirlarida tarqalgan. Tog’ 
mintaqasida 311 ming maydonda o`rmonlar mavjud, shundan 204 ming ga da archa, qolgani 
boshqa turdagi daraxtlar bilan band. Tekislik mintaqasida saksovul va boshqa psammofitlardan 
iborot o`rmonzorlar 2,4 mln ga maydonda mavjud, qayirlardagi tuqayzorlar maydoni 25 ming 
gacha qisqargan, o`rmonlar siyrak, zich o`sgan haqiqiy o`rmon maydonlari kam qolgan, 
daraxtlarning aksariyati kasal, qurigan yoki yarim qurigan. Umuman tog’ yonbag’irlari, tog’ oldi 
qiya tekisliklari, adirlar, qumli tekisliklar, vohalar o`rmon bilan qoplanish darajasi me`yorida 
ancha kam, shuning uchun ham turli tabiiy jarayonlarning rivojlanish makoni juda kam keng va 
ular tezkorlik bilan sodir bo`lmoqda. Vohalarda ihotazorlarning maydoni 40 ming ga atrofida, bu 
raqam aslida loyihaga muvofiq 112 ming ga bo`lishi lozim. Irrigagatsiya tarmoqlari va suv 
omborlari qirg’oqlaridagi ihota daraxtzorlarining hozirgi ko`rsatkichi (7 ming km, kanallar 
yoqalarida ularning uzunligi 200 ming km bo`lishi kerak) talabga mutlaqo javob bermaydi. Cho`l 
va tog’ yaylovlarida o`simlik qoplamining zichligi va em-xashakbop o`tlarning mahsuldorligini 
me`yordan past, ko`proq mol iste`mol qilmaydigan begona o`tlarning maydoni kengayib 
bormoqda. SHuningdek tuproqning eroziyaga berilganligi tufayli o`tlarning egallagan 
maydonlari ham qisqarmoqda, texnogen omillarining erozion ta`sirining hukmdorligi ortmoqda. 
O`simlik qoplami muammosi ekologik muammolar ichida nisbatan faol va tez 
o`zgaruvchan, boshqa omillar ta`sirida yuz beradigan muammolarni shakllanishida O`z ta`sirini 


ko`rsatadi. O`simliklar muammosi ko`p aspektli va serqirrali, uning tarkibida bir necha bor 
aspektli yoki oddiy muammolar mavjud, ularni xammasi xam bir-birlari bilan funktsional 
bog’liq. 
Hayvonot olamining muammolari xam bisyor, o`simliklar muammosi bilan ular bevosita 
bog’liq. Ma`lum o`simlik turlarini yo`qolishi bilan hayvonlar xam boshqa joyga ko`chadi yoki 
qiriladi. Keyingi vaqtlarda brakon’erlar sonining ko`payayotgani, ularni ov qurollari va texnika 
vositalari bilan ta`minlashi hayvonlar muammosining jiddiylashtirmoqda. Tabiiy gaz, neft, suv 
qazib chiqarish uchun burg’ulanayotgan joylarda kar’erlar vujudga kelayotgan hududlarda 
texnogen omil ta`siri nixoyatda kuchli, bu joylarda hayvonlarning (ayniqsa, sudralib yuruvchilar) 
aksariyati qirilib ketmoqda. O`simlik va xayvonot olami muhim ekologik omillar, ularning atrof 
muhit bilan bo`lgan munosabati aslida joy ekologiyasini belgilaydi. Demak, muammo xam ular 
bilan bog’liq, bu borada tashqi ta`sirni optimllashtirish zarur bo`ladi. YAngi konlarni topib, 
xomashyolar chiqarishni tezkorlik bilan bog’liq qator ekologik muammolar yuzaga keladi. eng 
muhim muammo ma`dan konlari olinayotgan xomashyolardan majmuali foydalanish, ya`ni 
barcha asosiy foydali elementlarni ajratib olish, aks xolda ular nes-nobud bo`lishi mumkin. 
Konlarda ma`dangacha bo`lgan qoplama jinslarni yig’ib, ma`lum joyda to`plashi (terikon) 
natijasida katta hudud (yaylov)larni ular band qilib yotadi. Ba`zan yig’ilgan tog’ jinslari tarkibida 
zaharli moddalarni mavjud bo`lishi ularni atrof muxitga yog’in-sochin, shamol ta`sirida 
yoyilishiga olib keladi. Rudani boyitilib, kerakli elementlar olingandan so`ng qolgan shlak, 
klinker va boshka moddalar yig’ilib chiqindi omborxonaga (xvostoxranilshe) saqlanishga 
topshiriladi. Ular ham katta maydonlarni band qiladi, zararli moddalarni mavjudligi tabiiy 
muxitni ifloslaydi. Kar’erlar, otvallar, chiqindi omborxonalari va konlar bilan boglik bulgan 
boshka joylarning tabiiy xususiyatlari degratsiyalashi natijasida u «buzilgan erlar» deb nom 
oladi. 
O`zbekistonda 90-yillarga qadar 16,3 ming ga buzilgan erlar bo`lgan, ularning maydoni 
tobora ortib bormoqda. Konlar (ayniqsa, kar’erlar) ulkan chang makoni, zaharli moddalar 
manbai bo`lganligi uchun ularda ish tugagandan so`ng tez muddatlarda yopilib, oldini oluvchi 
tegishli tadbirlar amalga oshirilishi zarur, aks holda ularning zararli oqibatlari katga miqyosda 
ziyon etkazishi mumkin. O`zbekistonda ishlab chiqarishni tez o`sishi va aholi sonini ortib 
borayotganligi ikkilamchi resurslar muammosini borgan sari jiddiylashtirmoqda, joylarda esa 
keskinlashtirmoqda. Bu toifadagi resurslarni kelib chiqishi jihatdan ikki katta guruxga ajratish 
maqsadga muvofiq: a) sanoat, transport, qurilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi va b) inson 
(aholi) faoliyati.
Birinchi guruhdagi ikkilamchi resurslar ekologik jihatdan ancha xavfli, bu borada suyuq, 
gaz va qattiq xoldagi chiqindilar zararli bo`lishidan tashqari, radioaktivlik xususiyatiga ega. 
Insonning yashash faoliyati bilan bog’liq chiqindilar bu darajada xavfli bo`lmasada tibbiy 
jihatdan, ya`ni turli kasalliklarni tarqalishi, yuqishi, genda asorat qoldirishi va boshqa xil 
murakkabliklar vujudga keltirishi bilan tavsiflanadi. Bizningcha, ikkilamchi resurslarni ekologik 
nuqtai nazaridan o`rganganda muammoning bu aspektiga urg’u berish maqsadga muvofiq. 
Respublikada xar kuni xar bir kishi boshiga o`rtacha 0,7-1,0 kg uy (maishiy) ahlati 
chiqindisi to`planadi, uning tarkibi murakkab: qog’ozdan tortib to og’ir metalgacha bor. Xar yili 
o`rtacha 30 mln m
3
chiqindi yig’iladi, uni bir qismi yoqildi, qismi ko`mildi, oz qismi qayta 
ishlandi. Mahalla, baland qavatli uylar, qo`rg’onlarda ahlat to`planadigan joylar turli kasalliklar 
makoni, ayniqsa yilning issik fasllarida ularning atrof muhitga ta`siri kup marta kuchayadi. 
Binobarin, vaziyat jiddiylashadi, ayniqsa, ularni bir necha kun qolib ketishi, vaziyatni tang holga 
olib keladi. Muammoning ijtimoiy oqibati uni joylarda tez muddatlarda ijobiy hal qilishni taqazo 
etadi. 
Ekologik muammolar markazida aholi sog’ligining xolati turadi, boshqacha aytganda aholi 
sog’ligi ekologik muammolarning mezonidir. Aholi qanchalik sog’lom bo`lsa ekologik vaziyat 
ham inson yashashi uchun shunchalik qulaylikdan darak beradi. Bu borada butun aholi 
sog’ligining holati, 1 yoshgacha bo`lgan go`daklarning xar 1000 bolaga nisbatan nobud 
bo`lganlarni soni, bir yil davomida poliklinikaga qatnaydiganlarning 1000 kishiga nisbatan 


miqdori, bir yil davomida kasalxonalarda davolanganlarning soni (1000 kishiga nisbatan), erkak 
va ayollarning o`rtacha umr ko`rishi, eng ustivor kasalliklar va o`lim, tabiiy o`lim miqdori (har 
1000 kishiga nisbatan) va boshka ko`rsatkichlar vaziyatning tanglik darajasini belgilaydi. 
Aholi sog’ligining tadqiq qilish jarayonida - kasallik turlarining atrof-muhit iflosligi bilan 
qanchalik bog’liqligi to`g’risida aniq xulosa chiqarish lozim. Havo, ichimlik suvi, tuproq, 
o`simlik olamining zararli moddalar bilan ifloslanganligi (REM ning kattaligi) haqida miqdoriy 
ko`rsatkichlar bilan asoslash maqsadga muvofiq, yohud miqdoriy ishlamalarni amalga oshirish 
yaxshi natija beradi. Aholi sog’lig’ini tubdan yaxshilash ekologik muammolarni bosqichma-
bosqich xal kilishga bog’liq. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin