A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Cheklangan chiqindilar me`yori(PDV)



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
ekologiya.maruza

 
Cheklangan chiqindilar me`yori(PDV).
Yangi loyihalashtirilayotgan yoki ishlayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilishda er 
usti atmosfera havosi qatlamining tozaligini ta`minlash uchun cheklangan chiqindilar me`yorini 
aniqlash katta ahamiyatga ega. 
Cheklangan chiqindilar me`yori-bu chiqindining ilmiy-texnikaviy me`yori (normativi) 
bo`lib, ko`rilayotgan chiqindi tashlash manbai yoki shahardagi barcha manbalardan tashlangan er 
usti qatlamidagi havo tarkibidagi zararli moddalar konsentratsiyasi aholi, o`simlik va hayvonot 
dunyosi uchun hisoblangan havo sifat me`yoridan (P.D.K.) oshib ketmaslik shartiga asosan 
aniqlanadi. Cheklangan chiqindilar me`yori quyidagilarga asosan kiritilgan. 
1. Mavjud ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish metodlariga asosan butunlay 
atmosferaga chiqindi tashlashni to`xtatishga erishib bo`lmaydi. 
2. Tashlanayotgan chiqindilarni me`yorlash imkonini beradi. 
3. Chiqindilar miqdorini (aniqlangan) ma`lum cheklangan chegaragacha kamaytirish 
mumkin. Fazoda turli nuqtalarga tegishli bo`lgan cheklangan chiqindilar me`yori va cheklangan 
chiqindilar konsentratsiyasi o`rtasidagi bog’lanishni aniqlash maqsadida chiqindi tashlash 
manbalaridan chiqayotgan va havoda turbilent diffuziya natijasida ta`sir doirasigacha tarqalishi 
yoyilishi qonunlari o`rgatiladi. 
Barcha korxonalar uchun cheklangan chiqindilar me`yorini aniqlash mavjud davlat 
standartlari asosida olib boriladi. Agar korxona joylashgan shahar yoki aholi punkitlarida havo 
tarkibiidagi zararli moddalar konsentratsiyasi-cheklangan chiqindilar konsentratsiyasi>1 bo`lsa 
va cheklangan chiqindilar me`yori ob`yektiv sabablarga ko`ra erishib bo`lmasa, chiqindilarni 
bosqichma-bosqich (cheklangan chiqindilar konsentratsiyasiga etgunga qadar) kamaytirib 
boriladi. Cheklangan chiqindilar me`yoriga erishgunga kadar har bosqichda vaqtinchalik 
kelishilgan chiqindilar(V.K.Ch.) miqdori aniqlanadi. V.K.Ch. korxona eng yaxshi texnologiya 
bilan ishlaganda aniqlanadi. Cheklangan chiqindi me`yori tarkibida shahar va sanoat tugunlari 
atmosfera havosini sog’lomlashtirish uchun chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlar ko`rsatiladi. Korxonalarda chiqindi manbalari va cheklangan chiqindilar me`yoriga 
rioya qilinishi nazorat qilib turiladi. Umumiy nazoratni tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi 
amalga oshirib boradi. Cheklangan chiqindilar me`yori atmosferadi ingridientlarning haroratiga 
qarab, manbaning turiga qarab cheklangan chiqindilar me`yori turli formulalar bo`yicha 
aniqlanadi. M: yaqin joylashgan truba tashlaydigan chiqindilar uchun cheklangan chiqindilar 
me`yori quyidagicha aniqlanadi. 


(
)
3
2
.
.
.
.
N
T
V
r
n
m
F
A
N
С
К
Ч
Ч
М
Ч
Ч
ф
D
×
×
×
×
×
×
-
=
Bu erda:
C
f
-foniy konsentratsiya
N -trubalar soni 
V -tutun gazlarning hajmi-m

/ s
D
T -chiqindi va atrof muhit o`rtasidagi haroratlar farqi. 
Ar -Noqulay ob-havo sharoitini va rel`ef ta`sirini harakterlovchi koeffitsienti
F -Ingridientlarni cho`kish (tinishini) aniqlovchi koeffitsient. (gazlar uchun F q 1)
n,m -Yordamchi parametrlar. 
C
f
-Kuzatuvchi natijasida yoki hisoblash bilan aniqlanadi. 
Atrof muhit ifloslanishining monitoringi-monitoring-atrof muhit holatini kuzatish, 
nazorat qilish tizimi bo`lib, 3 bosqichdan iborat: 
1.Kuzatish, 2-holatini baholash; 3-bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarini prognoz 
qilish. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin