Agroekosistemalar. Agroekosistemalar qishloq xo`jaligida foydalaniladigan ekin
maydonlari, em-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini
o`z
ichiga
oluvchi hududlar majmuidir. Agroekosistemalar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim
ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko`p energiyaga ega bo`lgan mahsulot olishga harakat
qiladi va energetik piramidaning cho`qqisida turadi. Agrofitotsenoz agroekosistemalarning eng
muhim bir qismi hisoblanib, u ma`lum maydondagi madaniy va begona o`tlar majmuidan iborat.
Agrofitotsenozning madaniy, begona o`tlar hamda tup-roqdagi suvo`tlari va mikroorganizmlari
agroekosistemaning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo`lgan
va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun`iy
fitotsenoz deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o`xshash tomonlari va farqlari bor.
O`xshashlik tomonlari quyidagilar: 1. Har ikki jamoada ham quyosh energiyasi avtotrof
organizmlar tomonidan o`zlashtiriladi; 2. Tabiiy va sun`iy jamoalarning turlar o`rtasida o`zaro
aloqa munosabatlari mavjud; 3. Begona o`tlarning turlar tarkibi, tabiiy jamoalarning turlar tarkibi
ham tashqi muhit sharoitlari bilan belgilanadi va ular barqaror (almashlab ekishning ba`zi
bosqichlarida o`zgarsa ham) guruh sifatida ishtirok etadi; 4. ekinlar orasida o`sadigan turlar va
tabiiy tsenozlardagi turlar uchun ham qonuniy ravishda almashinadigan fenologik fazalar
xarakterlidir. Farqlari esa quyidagilardan iborat: 1. Miqdoriy ko`rsatkichi bilan; 2. Dominantlar
agrofitotsenozlarda inson tomonidan kiritiladi va boshqariladi; 3. Tabiiy jamoalarda turlarni turli
strategik tiplarga ajratish mumkin; 4. Agrofitotsenozlardagi begona o`tlar keng ekologik
amplitudadagi va kosmopolit organizmlardir; 5. Agrofitotsenozdagi madaniy o`simlik
populyatsiyasi ma`lum bir navga tegishli bo`lgani uchun yaxshi differentsiallashmagan.
Madaniy o`simliklar jamoasi (agrofitotsenozlar) ekologik nuqtai nazardan eng yuqori
foydali mahsulot berishi va tashqi muhitni eng past darajada ifloslantirishi lozim, shuningdek
tabiiy resurslar saqlab qolinishi kerak. Masalan, paxta dalasi biotsenozini avtomatik boshqarish
qobiliyatiga ega, bu erda bir turlar ikkinchi tur bilan almashinadi va qayta tiklanish yuz beradi.
Natijada hamma organizmlar, soni o`z-o`zidan idora qilinadi. Bahor va yoz oylari boshlarida
paxtada g’o`za shirasi ko`payadi. Ayni vaqtda xonqizlari, yirtqich pashshalar va uchib yuruvchi
afidlar ham ko`paya boradi. Bir turdagi zararkunandalar tamom bo`lishi bilanoq, ularning
kushandalari boshqa zararkunandalarga o`tadi va yoki boshqa tur kushandalarga joy bo`shatib
beradi. SHunday qilib, dalalarda yirtqich burgalar, kanaxo`rlar, stetoruslar kabi o`rgimchak
kanalar bilan oziqlanuvchilar paydo bo`ladi. Albatta, zararkunandalar bilan kurashishga
qaratilgan tabiiy konveyerlar uzilib qolishi mumkin. entomofaglar ham zararkunandalarning
ko`payishini to`xtatib tura olmasligi mumkin. Bunday paytda inson aralashishi zarurdir.
Dalalarni kezib qaysi uchastkalarda qanchadan zararkunanda borligini aniqlash, entomofaglar
etarli uchastkalarda kimyoviy vositalardan foydalanishga shoshilmaslik, kimyoziy ishlovni esa
faqat xavfli o`choqlardagina elkaga osiladigan yoki traktorlarga o`rnatilgan asboblar
yordamidagina o`tkazish kerak. Bu holda zararkunandalar boy joygagina kimyoviy ishlov
beriladi. Qo`shni uchastkalarda esa ularning tabiiy kushandalari tirik qoladi. ekinzorlarga
kimyoviy ishlov berishni biologik usullar bilan chambarchas bog’lash yanada maqsadga muvofiq
bo`ladi. Keyingi vaqtlarda zararkunandalarga qarshi kurashda mikrobiologik preparatlar va
biofabrikalar tashkil qilinmoqda.