A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Shaharlar havosini ifloslanishi



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116
ekologiya.maruza

Shaharlar havosini ifloslanishi. 
Insonning xo`jalik faoliyati tufayli atmosfera havosi 
tarkibida gaz, chang, qurum, qattiq zarrachalar shaharlarda qishloq tumanlariga nisbatan ko`p. 
eramizning I asridayoq Rim faylasufi Seneka yozadi: "Rimni achchiq, sassiq havosini tark 
etishim bilan o`zimda engil ruhiy tetiklik his etaman". Haqiqatdan ham er yuzasining qaeriga 
joylashmasin shahar havosi og’ir. Keyingi vaqtda har tomonlama taraqqiyot jarayoni, insoniyat 
o`ziga turli qulayliklarni (komfort) ta`minlash oqibatida atrofida tabiat noqulayliklarini keltirib 
chiqardi. Er yuzida urbanizatsiya jarayoni juda tezlik bilan o`sib borishi oqibatida yangi-yangi 
shaharlar paydo bo`lmoqda. Dunyodagi shaharlarning umumiy maydoni 0,5 mln.km kv ni, er 
kurrasi maydonining 0-3%ni tashkil etadi. Dunyo aholisining 45% aholisi 100 mingdan ortiq 
bo`lgan shaharlarda yashaydi. Shahar aholisi Shimoliy Amerikada butun aholining 74%ni, 
Yevropada 69%ni, Buyuk Britaniyada 80%ni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi egallagan 
maydon O`rta Osiyoni 1/3 qismini, butun aholisini 60%ni va shahar aholisining 62% 
O`zbekistonda mujassamlashgan. O`zbekiston Respublikasining aksariyati qishloq joylarida 
istiqomat qiladiki, shahar aholisi 41.9% ni tashkil etadi. Bu Rossiyaga nisbatan 37,7%, 
estoniyaga nisbatan 30% kamdir. 
Yer yuzida aholi zich joylashgan, sanoat va transport rivojlangan yirik shaharlar ko`p. 
Shahar, qishloq va suv havzalarn havosidagi changlar er yuzasining rel’f xususiyati, tuzilishi, 
balandligi, xatto uning geografik o`rniga qarab turli miqdorda uchraydi. Keyingi yuz yil ichida 
dunyodagi yirik shaharlar meterologik stantsiyalar, teleminoralarda, baland uylar tomida 
kundalik kuzatishlar va sun`iy yo`ldoshlardan olingan maxsus fotoaxborotlar asosida kuzatiladi. 
Ma`lum bo`lishicha, katta-kichik shaharlarda havo haroratini atrofga qaraganda baland 
bo`lishligi va o`ziga xos "issiklik" oroli vujudga kelganligi hamda shahar ustida (300-500 metr 
qalinlikda) harorat invertsiyasi kuzatiladi. 
Radiatsiya balansi shahar ustidagi ifloslangan havoda shahar atrofiga qaraganda ancha farq 
qiladi. Masalan, Markaziy Yevropaning bir necha shaharlarida quyosh radiatsiyasining shaharga 
tushishi shahar atrofiga qaraganda 29-36% kam. SHahar havosi tarkibidagi har xil zaharli gazlar, 
ayniqsa antropogen changlar transportlardan, sanoatdan, isitish inshootlaridan, qurilishlardan 
chiqadi. SHaharlarda havo aylanishining (tsirkulyatsiya) sustligi tufayli diametri 4-10 mikron 
changlar 1 km balandlikkachi ko`tarilib, radiusi 10 km bo`lgan maydonga tarqaladi. Diametri 
kattaroq (10 mikrondan katta) bo`lgan changlar uncha yuqoriga ko`tarilmay atrofga yoyilib, 300-
500 metr balandliklarda uchib yuradi va so`ngra shaharga chang, qurum sifatida qaytib tushadi. 
Shahar havosining ifloslanib, chang miqdorining ko`payishp ul’trabinafsha nurlarning o`tishini 
kamaytiradi, bu esa havoda kasal tarqatuvchi bakteriyalarning ko`payishiga sharoit yaratadi. 
Sanoatlashgan katta shaharlarda ba`zan shamol esmasligi oqibatida iflos havoning bir 
necha kun turib qolishi natijasida "smog", ya`ni zaharli gaz va changlardan vujudga kelgan 
achchiq tuman vujudga keladi. Nam dengiz iqlimi mavjud bo`lgan London shahri ustida 
iqlimning namligi tufayli atmosferadagi antropogen chang va gazlar kimyoviy reaktsiyaga 
kirishib, o`ta zaharlashadi va sarg’ish achchiq tuman (smog) vujudga keladi. Kam bulutli, 
shamol kam, ochiq va quruq ob-havo hukm surgan Los-Anjeles shahrida achchiq yoki 
fotokimyoviy achchiq tuman hosil bo`ladi. Chunki, havo ochiq va shamol kam bo`lganligi 
sababli zaharli gaz, tutun va changlar quyosh nuri ta`sirida fotoqimyoviy reaktsiyaga kirishadi, 
natijada achchiq Los-Anjeles tipli tuman vujudga keladi. SHaharda yiliga achchiq tutun (smog)li 
kunlar 100 dan 270 kungacha bo`lib, kishilar salomatligiga juda yomon ta`sir etadi. 
O`zbekiston Respublikasining katta shaharlarnda havonnng tozaligi doimo kuzatib turiladi. 
Lekin shaharlar havosini toza saqlash ustidan nazorat inspektsiyalarining amalga oshirayotgan 
ishlariga qaramay, ba`zi korxonalarda tozalovchi inshootlarning yo`qligi tufayli atmosferaga 
chang, qurum va zaharli gazlarni chiqarib yuborish holati ro`y bermoqda. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin