A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116
ekologiya.maruza

Chuchuk suv muammosi. 
Keyingi vaqtlarda Yer yuzi aholisining chuchuk suv bilan 
ta`minlash masalasi dolzarb muammoga aylanmoqda. Chunki, aholi tez sur`atlar bilan o`sishi, 
sanoat va qishloq xo`jaligini shiddat bilan taraqqiy etishi suvga bo`lgan talabni kuchaytiradi. 


Sanoat tarmoqlarida qora metallurgiya, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, 
tsellyuloza - qog’oz sanoati ayniqsa suvni ko`p ishlatadi. 
Yer sharida chuchuk suvga bo`lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda, gidrosferaning 
faqat 2 foizini tashkil etuvchi chuchuk suv daryo, ko`l, aktiv suv almashinish zonasidagi er osti 
suvlari, muzliklarda mujassamlashgan. Chuchuk suv resurslarining 24,0 mln.km
3
hozircha 
insoniyat juda kam foydalanayotgan muzliklarga to`g’ri keladi. CHuchuk suvga bo`lgan talab 
kundan-kunga ortib bormoqda. Shaharlarda 1 kishi sutkasiga 400-600 litr, qishloqlarda esa 100-
200 litr suv sarf qiladi (vodoprovod yo`q erlarda 30-50 litrga to`g’ri keladi). 
A.M.Vladimirovning (1991) ma`lumoti bo`yicha turln qulayliklarga ega bo`lgan yirik shaharlar 
aholisining har bir kishisiga quyidagicha suv taqsim bo`ladi: Moskva va N`yu-York - 600 l/sutk., 
Parij va Sankt-Peterburgda – 500, Londonda 263 l/sut. Yer sharida aholini ko`payishi yangi 
shaharlarni paydo bo`lishi oqibatida suvga bo`lgan talab ortib bormoqda. Masalan, 1950 yildan 
to 1990 yilgacha suvga bo`lgan talab 3 barobar, 1950 yildan to 2000 yilgacha 7 barobar ortdi. 
1970 yilda Yer shari bo`yicha suvga bo`lgan talab 120 km
3
ga etgan. Daryo suvlari Yer sharida 
bpr tekisda tarqalmagan. Dunyo aholisining 72 foizi yashaydigan Yevroosiyoda umumiy daryo 
suvining 31 foiziga yaqini oqadi. Agar Evronada jon boshiga yiliga 4,4 ming m
3
, Osiyoda 6,24 
ming m
3
, Afrikada 13,1 ming m
3
suv to`g’ri kelsa, Janubiy Amerikada 51,5 ming m
3
to`g’ri 
keladi. Er kurrasi bo`yicha har bir kishiga yiliga o`rtacha 11 ming m
3
daryo suvi to`g’ri kelsa, 
maishiy xo`jalik ehtiyojlari uchun bir yilda ishlatiladigan suvning (234000 km
3
) 20 foizi 
butunlay sarflanib ketadi, qolgan 80 foizi ifloslangan yoki yarim tozalangan holda daryolarga
kanal va ariqlarga tashlanadi va chuchuk suvni ifloslab yuboradi. Toshkent shahrida jon boshiga 
sutkada maishiy xo`jaliklar uchun 300 kub litrgacha suv sarflansa, bir yilda 0,2 kub km dan ortiq 
suv kerak bo`ladi. Bu Chirchiq daryosining yillik suv miqdorining fakatgina 3 foizini tashkil 
etadi (Chirchiq daryosining yillik suv miqdori 6,9 kub. km). 
O`rta Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo suv havzalari asosiy suv manbalari hisoblanib, ular 
ekinlarni sug’oradi va aholining ehtiyoji uchun sarflanadi. O`zbekistonda Amudaryo va 
Sirdaryodan tashqari yana Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Ohangaron kabi 
daryo suvlaridan foydalaniladi (Amudaryoning tog’lik hududi suv yig’ish havzasi - 227,0 ming 
km
2
, suv sig’imi 78 km
3
, uzunligi 1440; Sirdaryoning suv yig’ish havzasi 150 km
2
, suv sig’imi 
36 km
3
, uzunligi 2140 km). 
Suvdan xo`jaliklarda foydalanish ikki guruhga bo`linadi: 
1) tabiiy manbalardan suv olib foydalanish yoki suv iste`mol qilish. Bunga aholini, 
maishiy-kommunal xo`jaligini, sanoatni va qishloq xo`jaligini suv bilan ta`minlash kiradi; 2) 
tabiiy manbalardan suv olmasdan foydalanish yoki oqimdan foydalanish. Bunga kema qatnovi
gidroenergiya olish, baliqchilikda foydalanish va yog’och oqizish kiradi.
Hozir O`zbekistonda turli sohalar uchun yiliga 75 km
3
suv sarflanmoqda. SHuning 
yarmidan ko`pi sug’orishga, qolgan qismi sanoat, kommunal xo`jalikda va boshqa sohalarda 
ishlatiladi. Sug’orishga olingan suvning faqat 12 km
3
qaytarma suvga aylanadi, qolgan qismi 
butunlay sarflanib ketadi. O`zbekiston Respublikasida olingan chuchuk suvning 92 foizi qishloq 
xo`jaligida, 6 foizi sanoatda, 0,5 foizi kommunal xo`jaligida, 1,5 foizi bug’lanib ketadi. 
Turkmanistonda esa olingan chuchuk suvning 72 foizi qishloq xo`jaligida, 2 foizi sanoatda, 0,5 
foizi kommunal xo`jaligida sarflansa, 25,5 foizi bug’lanib ketadi.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin