A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


O`zbekiston suvlari va suv havzalari antropogen ifloslanishiga qarab 6 tipga



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
ekologiya.maruza

O`zbekiston suvlari va suv havzalari antropogen ifloslanishiga qarab 6 tipga 
bo`linadi: 
1. Toza suv oqimlari va suv havzalari. Ular asosan tog’lik hududlarda joylashgan bo`lib, 
suvda mineral zarralari kam, biogen elementlar va organik qo`shilmalar kam uchraydi. Suv 
havzalariga xos bo`lgan og’ir metallar va pestitsidlarga o`xshash zararli moddalar me`yordan 
oshmagan (PDK). Pskom, Oqbuloq, qizilsoy, Toshkeskan, Tepekli, Oqsu. 
2. Tog’ oldidagi sust ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Rekreatsion ob`yektlar va 
kichik aholi punktlari ta`sirida ifloslangan. Oqtoshsoy, Ugom, Ohangaron (Angrendan yuqori), 
G’ovasoy, Qashqadaryo, Omonqo`ton, Sazagan, CHorvoq va Hisor suv omborlari. 
3. O`rtacha ifloslangan tog’ oldi va tekislikdagi suv oqimlari va suv havzalari. Ular 
ko`pgina aholi zich joylashgan erlarda mavjud. Biogen, mineral, organik moddalar me`yordan 2-
3 barobar ortiq. Og’ir metallar va neft mahsulotlari me`yordan ortiq. CHirchiq, Ohangaron (o`rta 
oqim), Salarni yuqori qismi, Qorasuv kanali, Qo`qonsoy, Norin, Qoradaryo, Isfaramsoy, 
Marg’ilonsoy, Zarafshon (Samarqanddan yuqori), Tuyabo`g’iz, Janubiy Surxon, CHimqo`rg’on, 
Qayroqqum, Tuyamo`yin suv omborlari, Sirdaryo (Farg’ona vodiysi), Amudaryoni (Termiz-
Nukus) o`rta va quyi oqimlari. 
4. O`rtacha ifloslangan va ifloslangan suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar qishloq 
xo`jaligida foydalanayotgan qadimgi sug’oriladigan erlarda uchraydi. Sanoat oqiziqlari, suvda 
azot minerali, organik modda uchraydi. Me`yordan 3-4 barobar og’ir metall, neft qoldiqlari va 
pestitsidlar uchraydi. CHirchik (CHirchiq sanoat kompleksidan quyi), Qo`qonsoy (Qo`qonning 
quyi qismi), Shimoliy Bog’dod, Siab kollektorlari va boshqalar. 
5. Iflos suv havzalari va suv oqimlari. Ular asosan sho`r tuproqli qishloq xo`jalik erlarida, 
yuqori minerallashgan suvli erlarda joylashgan. Yirik aholi punktlarini quyi qismida joylashgan. 
Bu toifaga kiruvchi suvlar, Amudaryoni - Orolbo`yi zonasi, Buxoro vohasi, Mirzacho`l massivi 
va Farg’ona vohasi. 
Biologik mineral, organik moddalar og’ir metallar va neft qoldiqlari me`yordan 3-5 
barobar ko`p. Keyingi vaqtlarda og’ir metal ionlari (mis, xrom va boshqalar) ko`plab 
uchramoqda. Ular Toshkent shahrini quyi qismida Qopacy (o`ng qirg’oq), Ohangaron, CHirchiq 
daryolari. 
6. Iflos, juda iflos suv oqimlari va suv havzalari. Bunday suvlar yirik aholi punktlariga, 
shaharlariga to`g’ri keladi. Uning suvlarida ko`p miqdorda turli zaharli moddalar uchraydi. Og’ir 


metal me`yordan 40-50 barobar ortiq. Bundaylarga qolgan Chirchiq (Salardan keyin), Salar 
(Toshkent va YAngiyo`ldan so`ng). 
Suv kishi salomatligida va uning xo`jalik faoliyatida katta ahamiyatga ega. Aks holda iflos 
suv turli negativ oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kasalliklarni paydo qiladi, tarqatadi; sanoat 
korxonalaridagi texnologik jarayonga salbiy ta`sir ko`rsatadi, mahsulot sifatini pasaytiradi, 
qimmatbaho asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi, gidrotexnik, temir-beton inshootlarini, suv 
quvurlarini emiradi va juda katta iqtisodiy va ma`naviy zarar etkazadi. 
Suv va suv resurslarining ifloslanishi deyilganda birinchi navbatda insonning salbiy 
faoliyatini ko`z oldimizga keltirishimiz lozim. Suv havzalarining antropogen, ifloslanish 
manbalaridan quyidagilarni sanab o`tish mumkin. Bularga sanoat va maishiy xo`jalik 
korxonalaridan, davolash-sog’lomlashtirish va boshqa tashkilotlardan chiqadigan iflos oqava 
suvlar, yuvuvchi sintetik moddalar, ruda, shaxta, neft’ konlarida yuvilish natijasida oqiziladigan 
iflos suvlar, avtomobil’ va temir yo`l transportidan chiqqan suvlar, yog’och tayyorlash, uni qayta 
ishlash va tashishda hosil bo`ladigan chiqindilar, chorvachilik fermalari va majmuilaridan oqib 
chiqadigan iflos suvlar, qishloq xo`jalik ekinlarini sug’orish natijasida vujudga kelgan oqava 
tashlandiq va zovur suvlar, zaharli kimyoviy moddalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqa.digan 
suvlar, shahar va qishloq, ishchilar shaharchalari hududidan oqib chiqadigan suv manbalarini 
ko`rsatib o`tish mumkin. Ana shunday ifloslanishlar natijasida barcha tirik organizmlar, 
jumladan inson iste`mol qiladigan o`simlik va o`simlik mahsulotlari, hayvon va hayvon 
mahsulotlari tarkibiga zaharli moddalar o`tib, yishilar zarar ko`rishi shubhasiz bir holdir. 
Bu o`rinda respublikamiz hayotiga doir ba`zi bir raqamlarni ko`rsatib o`tish o`rinlidir. 
Masalan, daryo va ariqlardagi suv tarkibida kaliy, kal’tsiy, fosfor organik moddalar, azot 
birikmalarining miqdori yildan yilga ko`payib bormoqda. Salor arig’i, Chirchiq, Zarafshon 
daryolari va boshqa bir qancha suv manbalarida salomatlik uchun xavfli moddalar ko`p 
miqdorda uchraydi. Suv manbalarini ifloslantirmaslikka da`vat qiladigan targ’ibot ishlar ko`lami 
va samarasi juda ham past darajada. Vaholanki, ifloslangan suvlarni tozalash choralarini qo`llash 
natijasida bunday ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish mumkin, albatta. Bunday tozalash 
usullaridan mexanik, kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjuddir. Demak, biz shu 
usullardan unumli foydalanib ish ko`rishga juda katta e`tibor berishni unutmasligimiz kerak. 
Afsuski, hozirgi kunda bunday usullardan to`la foydalanib samarali ishlar qilayotirmiz deb 
bo`lmaydi. Kelgusida toza suv tanqisligi sezilib qolgudek bo`lsa, insoniyat bir qancha 
qo`shimcha choralar ko`rishga majbur bo`ladi. Bunday choralar qatoriga er osti suvlaridan 
foydalanish, muzlik suvlardan foydalanish, dengiz va okean suvlarini chuchuqlashtirib 
foydalanish va nihoyat yomg’ir suvlaridan foydalanish kabi vazifalar kiradi. 
Respublikamizdagi eng katta suv omborlaridan bo`lgan Qayroqqum, Chorvoq, Andijon, 
Kattaqo`rg’on, Janubiy Surxon va boshqalarda chuchuk suvlarning bir qismini saqlash muhim 
ahamiyatga ega. Hozir bunday suv omborlarida 20 km
3
ga yaqin chuchuk suv to`plangan. Lekin 
kelajakda suv havzalaridan tejamkorlik bilan foydalanilmasa, Sirdaryo va Amudaryo suvlarining 
ko`p qismi uvol qilib yuborilsa, Orol dengizining sathi yanada pasayib borishi mumkin. Natijada 
ekologik vaziyat buzilib, Orolbo`yidagi aholi boshiga yanada ko`proq falokatlar yog’ilishi 
mumkin. Shu sababli ham hozirgi kunda Orol muammosini ijobiy hal etish uchun respublika 
prezidenti va hukumati juda jiddiy tadbirlar ko`rmoqda. Bu sohada respublikamizning jahon 
jamoatchiligi, olimlari va hukumatlari bilan hamkorlikda ish olib borishga harakat 
qilayotganligini yuqori baholash kerak.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin