A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


*ZOMIN TOG’ ARCHAZORLARI DAVLAT QO`RIQXONASI



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116
ekologiya.maruza

1.*ZOMIN TOG’ ARCHAZORLARI DAVLAT QO`RIQXONASI
. U Turkiston 
tizmasi g’arbiy qismining Shimoliy yonbag’rida, Zomin tog’ida 1900—3500 metr balandlikda 
joylashgan. 1928 yilda tashkil etilgan. Maydoni- 2648 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va 
suv xo`jaligi tasarrufida. Bu erda tog’, dasht, o`rmon va subal’p o`simlik mintaqalari mavjud. 
Qo`riqxona hududida hayvonlarning 152 turi uchraydi, shundan 16 turi O`zbekiston 
Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 700 turi, shundan 13 turi 
O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan. Qo`riqxona hududining katta qismi 


archazordan iborat. Bu erda archaning uch turi uchraydi. O`rmonzorning pastki qismida 
Zarafshon archasi, o`rta qismida, saur archa, yuqori qismida Turkiston archasi o`sadi. 
Qo`riqxonada sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, qushlarning 63 va sutemizuvchilarning 18 
turi mavjud. Sutemizuvchilardan - oq tirnoqli ayiq, to`ng’iz, silovsin, bo`ri, tog’ echkisi, arxar, 
jayra, quyon, qushlardan - kaklik, qirg’iy, burgut, boltayutar, Himolay kurkasi, tog’ qarg’asi, 
sudralib yuruvchilardan - qalqontumshuq ilon, chipor ilonlar yashaydi. Zomin tog’-o`rmon 
qo`riqxonasida archazorlarning tabiiy holati va archa o`rmon mintaqasiga xos tipik tabiiy 
geografik majmularni saqlash ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy resurslar sifatini 
yaxshilash, ularni ko`paytirish shuningdek, archa biologiyasini o`rganish, archazorlarni 
kengaytirish, hayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo`yicha ko`pgina ishlar amalga 
oshirilmoqda. Qo`riqxona har yili o`rmon xo`jaligiga 1,5 tonnadan ko`proq qimmatli archa 
urug’inv etkazib bermoqda. 
2.*CHOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO`RIQXONASI.
Mazkur qo`riqxona 
Toshkent violyati hududidagi Chotqol tizmasining janubiy-g’arbiy qismida dengiz sathidan 
1000—3200 metr balandlikda joylashgan. 1947 yilda tashkil etilgan. . Toshkent violyati 
hokimiyati tasarrufida. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 152 turi uchraydi, shundan 16 turi 
O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 700 turi, shundan 
13 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Maydoni -35724 ga shundan, 
o`rmonlar 6586 ga, dalalar 7047 ga, hovuzlar 81 ga ni tashkil kiladi. Qo`rikxona Toshkent vilo-
yati hududida Chotqol tizmasining g’arbiy qismida joylashgan. Qo`rikxonaning maksadi 
G’arbiy Tyan’-Shyanning tog’li ekotizimlarini saqlash va atrof-muhit holatining ekologik 
monitoringidan iborat. Chotqol qo`rikxonasi florasi 1168 turga ega bo`lib, mintaqa uchun xosdir. 
Bu erda Qo`riqxoka uchun endem bo`lgan 6 tur usadi. Qo`riqxona o`simliklarining 28 turi 
O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Bu erda 44 turdagi sut emizuvchi, 230 dan 
ortiq turdagi qush, 16 turdagi sudralib yuruvchi va 2 turdagi suvda va quruqlikda yashovchi, 3 
mingdan ortiq turdagi umurtkasizlar yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga bir 
turdagi ilon, 10 turdagi qush va uch turdagi sut emizuvchi kirgan. TMXRM Qizil kitobiga 
yo`qolib ketish xavfi ostida ilvirs (Uncia uncia), ko`k cyg’yp (Marmota menzbieri), o`rmon 
sonyasi (Dryomys nitedula), ko`rshapalaklar - kichik va katta takaburunlar (Rhinolophus 
ferrumequinum, Rh. hipposideros) va uch rangli tun-shapalak (Myotis emarginatus); 
qushlardan: tasqara (Aegypius manachus), kuyqa (Falco naumani), qora kaptar (Columba 
eversmanni), oqqanot qizilishton (Dendrocopos leucopterus) kiritilgan. Qo`riqxona hududiy 
ma`muriy organ - Toshkent viloyati hokimligiga bo`ysunadi. YUNESKO MAB Dasturi 
Xalqaro Muvofiklashtiruv kengashining 9-qurultoyida unga biosfera maqomi berildi. 1993 yilda 
belgilangan tartibda xalqaro biosfera rezervatlari tarmog’iga kiritilgan, lekin uning talablariga 
javob bermaydi. Maqomini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 53 yil davomida 
ko`riqxona muhofaza etiladigan hudud maqomida tabiiy muhitning bir qismi, keng tarqalgan yoki 
noyob landshaft shakllari yoki o`simlik va hayvonlar genetik resurslarini saklash joylari sifatida 
tabiatni muhofaza qilish, ilm-fan va ekologik ta`lim uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy 
komplekslar (er, er osti boyliklari, suv, flora va fauna)ni muhofaza qilishga xizmat qilib kelmoqda 
Qo`riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o`rmonlar, archazorlar, al’p 
o`tloqlari kabi landshafg mintaqalari mavjud. Bu erda 600 dan ortiq o`t, 40 ga yaqin daraxt va 
buta o`simlik turlari uchraydi. Qo`riqxonaning deyarli yarmi archazorlardan iborat. Bundan 
tashqari pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg’ay va boshqa o`simlik turlari o`sadi.. Toshli va qoyali 
joylarda kiyik yashaydi. Chotqol qo`riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri — menzbir 
sug’uridir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin