hosil bo`lgan sellar ham vayronagarchiliklarga sabab bo`lib, tuproq eroziyasini yanada
tezlashtiradi. O`zbekistonda suv eroziyasining hamma turlari uchraydi. Ammo, irrigatsiya
eroziyasi alohida ajralib turadi. Chunki, agrotexnikaga rioya qilmaslik, erlarni noto`g’ri
sug’orish, dalalarga suvni ko`p miqdorda berish antropogen omildir. Suv eroziyasi ko`proq tog’
oldi va tog’li hududlarida ro`y bersa, shamol eroziyasi tekisliklarda, cho`llarda kuzatiladi.
Shamol eroziyasi suv eroziyasidan tubdan farq qiladi. SHamol eroziyasi natijasida tuproq
qoplami va uning ona jinsidagi mayda zarrachalarini turli masofalarga shamol uchirib ketadi.
Shamol eroziyasi ikkiga bo`linadi: deflyatsiya (puflayman) va korroziya (tekislayman).
Deflyatsiya natijasida tuproq qoplamining ustki qismi, haydalgan erlarni katta qismi uchirilib
ketiladi va boshka erlarga yotqiziladi. Ba`zan deflyatsiya jarayoni oqibatida o`simlik ildizlari
ochilib qoladi. Korroziya - qum zarrachalari turi tog’ jinslariga urilib, uni charxlaydi, tekislaydi
va silliqlaydi. Korroziya natijasida turli rel’ef shakllarga ega bo`lgan qoya, jar, toshlarni
ko`rishimiz mumkin. Bundan jarayonlarni suv ostida ham uchratish mumkin. SHamol eroziyasi
oqibatida qumlar ko`chib, yangi qum rel`ef shakllari vujudga keladi va qo`shni hududlarga
surilib, bostirib borishi mumknn. Bunday jarayonlarni Markaziy Xitoy, AQSH, Shimoliy
Afrika, Avstraliya va O`rta Osiyoda kuzatishimiz mumkin. Ko`chma qumlarning o`zlashtirilgan
qadimgi vohalarga bostirib kirganligi tariximizdan ma`lum. Quyi Zarafshon, Qarshi cho`li, quyi
Amudaryolarning qadimgi sug’orilgan erlari hozirgi vaqtda ham qum ostida. erozion
jarayonlarni oldini olish; sug’oriladigan, lalmi va yaylov erlarda eroziyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlar majmuasi hozirgi kunda ham qo`llanib kelinmoqda.
Shunday qilib, erozion jarayonlarni rivojlanishining asosiy sabablari faqatgina joyning
tabiiy sharoiti rel’efi, iqlimi. o`simligi va tuproqning xususiyati bo`lib qolmasdan, insonni tog’lik
va tekislik hududlaridan noto`g’ri foydalanish oqibatidir (yaylovlardan noto`g’ri foydalanish,
o`rmonlardan rejasiz foydalanish, o`rmon yong’inlari, kasalliklar va boshqalar, tog’
yonbag’irlarida va tekisliklarda suv va shamol eroziyasiga uchragan erlarni noto`g’ri ishlash).
Eroziyaga qarshi kurashish tadbirlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Dostları ilə paylaş: