A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Suv resurslarini muhofaza qilish chora-tadbirlari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
ekologiya.maruza

Suv resurslarini muhofaza qilish chora-tadbirlari. 
Insoniyat jamiyat taraqqiyoti 
jarayonida tabiiy suv tarkibini o`zgartirdi va o`zgartirib bormoqda. SHuning uchun, iflos suvlarni 
tozalashdagi injenerlik uslublarini yanada takomillashtirish lozim. Iflos suvlarni tozalashda 
asosan uch usuldan: mexanik, kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. Iflos suvlarni 
mexanik usul bilan tozalaganda maxsus qurilmalar suvga qo`shilgan og’ir zarrachalar, suv 
yuzasidagi moy, yog’, neft va boshqa aralashgan moddalarni ushlab qoladi. Iflos suvlarni 
kimyoviy usul bilan tozalash uchun turli reagentlardan foydalaniladi. Reagentlar ba`zi birikmalar 
bilan reaktsiyaga kirishsa, boshqalarni esa zararsizlantiradi. Iflos suvlarni biologik usul bilan 


tozalaganda biokimyovii va mikrobiologik jarayon katta rol’ o`ynaydi. Suvni biologik tozalash 
usuli tabiiy va sun`iy sharoitda ro`y berishi mumkin. Tabiatda suvni mexanik usul bilan 
tozalashda daryo terrasalari va tekis (alohida ajratilgan) maydonlardan foydalaniladi. CHunki, 
iflos suvlar tuproq orqali o`tganda (filtratsiya) zararli moddalar tuproq qatlamida qoladi (suv 
filtratsiyasi uchun 80 sm qalinlikdagi tuproq qoplami etarli). Suv tuproqdan bir necha marta 
o`tgandan so`ng zararsizlanadi. Ba`zi vaqtlarda suvni tozalashda kichik omborlardan ham 
foydalaniladi. Bu holda bir necha suv havzalari bir-biri bilan tutashgan va nishab bo`lishi kerak. 
CHunki, tingan iflos suv bir havzadan ikkinchi bir havzaga o`tganda tozalanib boradi. Iflos suvni 
biologik usulda sun`iy sharoitda tozalash uchun maydonchalarga maxsus qurilmalar quriladi. 
Yirik va o`rta kattalikdagi materiallar ustiga turli qalinlikda aerob mikroorganizmli biologik 
plyonka qoplanadi va iflos suv shu materiallardan o`tkaziladi. Natijada, biofil’tr suvdagi turli 
zararli moddalarni olib qoladi va suvni toza holda chiqaradi. Suvni iflos chiqindilardan holi etish 
va yana inson xizmatiga bo`ysundirish uchun yana o`nlab usullar ishlab chiqildi (suvdagi 
chiqindilarni yoqish, maxsus maydonlarda suvni bug’latish, sho`r suvlarni muzlatish va 
boshqalar). Har bir tozalash usulini amalda qo`llash uchun joyning tabiiy sharoitini ilmiy asosda 
juda yaxshi o`rganish kerak, shundagina qo`llanilgan usul xo`jaligimiz uchun katta foyda 
keltiradi.
Er kurrasidagi okean va dengizlarning sho`r suvlaridan foydalanish muammosi ham 
dolzarbdir. Er yuzasida milliondan ortik aholi suv tanqisligidan qiynaladi. quruqlikning 60% 
qismida suv yo`q yoki etishmaydi. qadimdan inson sho`r suvni chuchuklashtirib, uni o`z ehtiyoji 
uchun foydalanib kelgan. CHuchuk suv olish jarayoni oddiy: sho`r suv issiqlikda bug’latiladi, 
bug’lar sovitilib chuchuk suv olinadi. Hozirgi vaqtda ba`zi davlatlarda sho`r suvdan chuchuk suv 
olish uchun turli majmualar qurilgan. Ulardan har biri sutkasiga 100 tonnadan ortiq chuchuk suv 
beradi. Bunday qurilmalar O`rta SHarqda, AQSH, Qozog’iston kabi mamlakatlarda qurilmalar 
minglab tonnagacha chuchuk suv etkazib beradi (Qozog’istondagi Mingqishloq yarim orolidagi 
qurilma sutkasiga 12000 tonna chuchuk suv chiqaradi). Suv aholi iste`moliga yuborilmasdan 
oldin suvdan foydalanish standartining qat`iy ilmiy talablariga javob beradigan holga keltiriladi 
(suv o`tlarining hidini yo`qotish uchun suv turli ko`mirlardan; suvda kal’tsiy karbonat hosil etish 
uchun marmar parchalaridan o`tkaziladi hamda suvga turli tabiiy minerallar qo`shiladi).
Shunday qilib, hozirgi vaqtda suvdan, umuman tabiiy komponentlardan foydalanishdagi 
barcha qiyinchiliklarga ob`yektiv baho berish va jamiyatimizning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan holda tabiat boyliklaridai to`g’ri foydalanishning 
asosiy yo`lini belgilab olish muhim vazifalardan biridir. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin