A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Tuproqning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
ekologiya.maruza

Tuproqning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar. 
Yer resurslarining eng qimmatli qismi 
hosildorlik xossasiga ega bo`lgan tuproq qoplamidir. Tuproq boshqa tabiiy boylik bilan 
almashtirib bo`lmaydigan noyob tabiiy resursdir. Inson qadimdan hozirgacha fan-texnika 
erishgan ulkan muvaffaqiyatlarga qaramay, o`zining yashashi uchun zarur bo`lgan qariyb hamma 
narsani tuproqdan oladi. Hozirgi kungacha tabiiy tuproq o`rnini bosadigan sof sun`iy tuproq 
yaratish mumkinligi isbotlangan emas. O`simliklarni tuproqsiz (gidroponika, plastoponika) 
o`stirish har qancha mukammallashmasin, baribir xech qachon tuproq o`rnini bosa olmaydi. 
So`nggi yillarda sayyoramiz tuproq qoplami tabiiy holatining o`zgarishiga qishloq xo`jalik 
ishlari bilan bog’liq bo`lgan tadbirlar ta`sir etmoqda. Chunonchi, o`rmonli erlarda daraxtlarni 
kesib, haydab ekin ekish; almashlab ekish; erlarni haydab kul’tivatsiya qilish; tuproqka ko`plab 
organik moddalar (torf, go`ng va boshqalar) va mineral ug’itlar (ohak, lyoss, mineral o`g’itlar) 
solish, tuproqnn sug’orish va sho`rini yuvish; zah va botkok erlarni quritib o`zlashtirish; erlarni 
meliorativ holatini yaxshilash; ko`plab mevali va dekorativ daraxtlar o`tqazish; ko`plab mol 


boqish va boshqalar. Qayd qilingan bu ishlarning ta`siri sug’orib ekin ekiladigai erlarda ayniqsa 
kuchli bo`lib, bir tomondan, tuproqning tabiiy holati tez o`zgarsa, ikkinchi tomondan, uning 
unumdorligi optib boradi va tuproqning holati yaxshilanadi. 
Yer sharida, shu jumladan O`zbekistonda sanoatni rivojlanishi, ko`plab yangi qazilma 
konlarpning qidirib topilishi yangi shaxta va kar’erlarini qurishni talab etadi. Bular o`z 
navbatida, qishloq xo`jaligi tasarrufidagi erlar maydonining qisqarib, tuproq holatining 
yomonlashib borishiga sabab bo`lmoqda. Inson o`zining xo`jalik faoliyatida landshaft "oynasi" 
hisoblangan tuproq qoplamiga salbiy ta`sir etib, uning unumdorligini kamaytirib, turli 
hududlarda hosildor erlarni kamayib ketishiga sababchi bo`ldi. Insonpyat tarixi davomida 2 mlrd. 
gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirildi. Har yili sayyoramizda sho`r 
bosish, cho`lga aylanish, emirilish oqibatida 5-7 mln. gektar er maydoni kamaymoqda. 
Inson tuproq koplamiga ijobiy va salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Inson o`zi 
foydalanadigan tuproqning hosildorligini oshirishi, erlarni meliorativ holatini yaxshilash 
mumkin. Inson yana yangi shaharlar va sanoat tarmoqlarini qurib, atrof-muhitni ifloslashishi, 
agrotexnikadan noto`g’ri foydalanib va dehqonchilikni noto`g’ri yuritishi, oson yuviladigan va 
emiriladigan erlarni shudgor qilish, yonbag’irlarni noto`g’ri haydash, sug’oruv me`yorlariga 
amal qilmaslik, bir joyda bir xil ekinni muttasil ekish, joylarda chorva mollarini xaddan tashqari 
ko`p boqish va boshqalar natijasida tuproqni ishdan chikarishi mumkin. Hozirgi fan-texnika 
rivojlangan davrda unumli tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta 
tezroq amalga oshmoqda. 
Hozir Yer sharida eroziyaga uchragan, qayta sho`rlangan va botqoqlashgan, qum bosgan, 
sanoat va kar’erlardan chiqarib tashlangan chiqindilar bilan qoplangan va boshqa erlar maydoni 
4,5-5 mln.kv.km. erni ishg’ol qiladi. Shaharlarning ayniqsa tez o`sishi bilan qishloq xo`jaligiga 
yarokli erlar maydoni qisqarib bormoqda. Hozir Yer sharida sutkasiga jon boshiga 27 t. ortiq 
mineral xom ashyo qazib olinadi va undan umumiy hajmining 2 foizi miqdorida ruda ajratib 
olinadi, qolgan qismi (98%) chiqindi tariqasida atrofidagi qishloq xo`jaligi uchun yarokli erlarga 
tashlanadi. Ochiq kar’er usulida ko`mir va boshqa qazilmalar kazib olish natijasida katta 
maydondagi erlar buziladi. Kar’yer-chiqindilar hisobiga qishloq xo`jaligi oborotidagi erlarni 
qisqarishi O`zbekistonda, ayniqsa Angren va Olmaliq tog’-kon sanoati rayonlarida ham sodir 
bo`lmoqda. X.Vahobovning ma`lumoti bo`yicha (2000 yil): tog’-kon sanoati foydali 
qazilmalarni olishda yiliga 60-70 mln. tonna chiqindini 10000 gektar erga yotqizadi va natijada 
hududlarda o`ziga xos texnogen landshaftlar hosil bo`ladi. SHu sababli o`sha kar’erlar ishg’ol 
qilgan erlarni tezlik bilan rekul’tivatsiya qilish, ya`ni qayta o`zlashtirish lozim. Buning uchun 
o`simliklar ekib qishloq xo`jaligi oborotiga kiritish mumkin. SHunday qilib, kar’er erlar 
chorvachilikda, o`rmonchilikda, ekin ekishda, park xo`jaligida foydalanish maqsadida qayta 
o`zlashtiriladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin