A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


*NUROTA TOG’- YONG’OQZOR DAVLAT QO`RIQXONASI



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116
ekologiya.maruza

6.*NUROTA TOG’- YONG’OQZOR DAVLAT QO`RIQXONASI
. Jizzax viloyati 
Nurota tog’ tizmasi yonbag’irlarida joylashagan. 1975 yilda tashkil etilgan. Maydoni-17752 ga. 
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – 


hayvonlarning 183 turi, shundan 13 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan; - 
o`simliklarning 814 turi, shundan 29 turi O`zbekiston Respublikasi va Qizil kitobiga kiritilgan. 
Qo`riqxonada «Qizil kitob»ga kirgan arxarlar bilan tog’ qo`yi, shuningdek, yovvoyi cho`chqa, 
suvsar va «Qizil kitob»ga kirishi mumkin bo`lgan mitti shunqor va boshqa hayvonlar muhofaza 
qilinadi. Nurota qo`riqxonasining aoosiy vazifasi tog’-dasht mintaqalarini, ayniqsa, Severtsov 
qo`yi ekologiyasini o`rganish va muhofaza qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat. 
7.*ZARAFSHON DAVLAT QO`RIQXONASI. 
Bu qo`riqxona Samarqand shahrining 
Zarafshon daryosi qayirida joylashgan. 1975 yilda tashkil etilan. Maydoni 2352 ga. O`zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi tasarrufida. Qo`riqxonada –hayvonlarning qariyib 170 turi 
uchraydi, shundan 2 turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - 
o`simlikarning 300 turi mavjud. Qo`riqxonani tashkil qilishdan maqsad yo`qolib borayotgan 
chiroyli Zarafshon qirg’ovulini va qimmatli dorivor butasi - chakanda (oblepixa) muhofaza 
qilish, to`qay changalzorini tiklash va yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. 
Qo`riqxonaning nisbatan kichik hududida kariyb 3 turdagi o`simlik o`sadi. Qo`rikxonada 59 
turdagi dorivor va 23 turdagi texnik o`simlik aniqlangan. Qo`rikxonaning faunasi 359 tur bo`lib, 
shundan amfibiyalar - 2, sudralib yuruvchilar - 8, kushlar - 206, sutemizuvchilar - 24 turni 
tashkil qiladi. 1995 yildan beri Zarafshon davlat ko`riqxonasida xongulni ko`paytirish bo`yicha 
ish-lar olib borilmoqda. 1996 yilda Zarafshon davlat qo`riqxonasiga «Baday to`qay» 
ko`rikxonasidan 6 bosh Buxoro bug’usi keltirilgan. Hozirgi paytda ko`riqxona hududida 27 bosh 
xongul yashaydi. Zarafshon davlat ko`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiradi, hamda 
Qo`rikxonalar, milliy tabiiy bog’lar va ovchilik xo`jaliklari boshqarmasi tomonidan boshqariladi. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin