5 yilda yangilab turish ko`zda tutilgan. «Qizil kitob»ning hayvonot dunyosini o`rganish
O`zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya va Parazitologiya instituti zimmasiga
yuklatilgan. Hozirgi kunda «Qizil kitob»ga kiritilgan ayrim turdagi sutemizuvchilar, qushlar,
sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazorat ostidadir. O`zbekiston hayvonot dunyosini
chuqurroq o`rganish natijasida «Qi-zil kitob»ning keyingi nashriga olimlar qoshiqburun va
qorabosh qulog’ichni kiritishni tavsiya etishmoqda. O`zbekiston «Qizil kitobi»da faqat umurtqali
hayvonlar haqida ma`lumotlar keltirilgan. Qayta chop etiladigan «Qizil kitob»da umurtqasiz
jonivorlar vakillarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
O`zbekiston «Qizil kitobi»ning ikkinchi jildya 1984 yilda nashr etildi. Unga davlat
muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 163 tur o`simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitob»dagi
o`simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifiga
binoan 4 toifaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat:
1.
Yo`qolib ketgan yoki yo`qolish arafasidagn turlar.
2.
Yo`qolib borayotgan turlar.
3. Noyob turlar (ma`lum kichik maydonlarda o`zigaxos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez
yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar).
4. Kamayib borayotgan turlar.
«Qizil kitob»ning yangi nashrida muhofazaga olingan o`simlik turlari soni 400 ga boradi.
Unda o`simlik har bir turining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta`rifi, tarqalishi haqida
ma`lumotlar keltirilgan, sxematik xaritada ularning o`sish joyi ifodalangan. SHuningdek, ilmiy
ma`lumotlar asosida ta-biatdagi miqdori va ushbu tur arealining o`zgarish sabablari, tabiiy
sharoitda ko`payish yo`llari, muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida ma`lumotlar bayon etilgan.
SHunday qilib, «Qizil kitob»ning mohiyati shundaki, u nabotot va hayvonot olamining noyob,
yo`qolib ketish xavfi ostida turgan turlar haqida ma`lumot beruvchi hujjatdir. Uning vazifasi
jamoatchilik va . davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishda va
turlar genofondini saqlab qolishga ko`maklashishdan iborat. «Qizil kitob» lar Vatanimizda
o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng muhim xayrli ishlardan biri
bo`lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: